26-mavzu: Konstitutsiya bosh- qomusimiz.
Ta’limiy maqsad: Bolajonlarni vatanga bo’lgan mehr muhabbatini oshirish,konstitutsiya kuni xaqida bilimlarini oshirish.
Tarbiyaviy maqsad: Vatanga bo’lgan faxr tuyg’ularini shaklantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: Atrof olamdagi yani bayramlar xaqidagi bilimlarini rivojlantirish. Mustaqil fikrlashni, intelektual saloxiyatini oshirish.
Kutilayotgan natijalar: bolada konstitutsiya bosh qomusimiz ekanligi xaqida ilk tasavvurlar xosil bo’ladi.
Kerakli jixozlar : O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog’i , tamg’asi, xaritasi ,rasmi,multimedia vositalari.
Til va nutq markazi:
Faoliyatning borishi
Tarbiyachi:Assalomu alaykum aziz bolajonlar!
Barchangizga ma’lumki Respublikamiz bo’ylab,Vatanimiz O’zbekistoning Konstitutsiya kuni keng miqyosda ko’tarinki kayfiyatda nishonlanmoqda,biz xam bolajonlar bugungi faoliyatimizni Vatanimizning konstitutsiya kuniga bag’ishlab o’tkazamiz. Shu baxonada vatanimizni madx etuvchi she’rlarimizni yodga olamiz.
Qani bolajonlar Vatan o’zi nima ? Vatan deganda nimani tushunasiz ?
bola: Vatan bu uyimiz .
bola: Vatan bu mahallamiz.
Bola : Vatan bu bog’chamiz .
Bola:Vatan bu O’zbekistonimiz .
Bola: Onajonim issiq bag’ri Vatanligin bilaman,
Otam mehri qaynoq tafti,Vatanligin bilaman!
O’z bag’rida ulg’aytirgan beshik menga Vatandir,
Shu yurtnig ostonasi beshak menga Vatandir.
Tarbiyachi: Raxmat bolajonlar! Vatanimizni judayam chiroyli tarifladingiz.Endi qomusimiz haqida xam bir eslab olaylik.
bola: Huquq va burchlarimiz mujassam unda
Undagi satrlar suyanchdir kunda
O’z himoyasiga olgan bizlarni
Hatto yo’rgakdagi o’g’il qizlarni
U bizning bosh qomusimizdir
Millatimiz shani nomusimizdir
2-bola: Adolatni bitgan yo’llarimizga
Xaqiqatni aytgan tillarimizga
O’z o’rni kuchini doim bildirgan
Qonunlarga qatiy amal qildirgan
U bizning bosh qomusimizdir
Milatimiz shani nomusimizdir .
3-bola: Huquq buzarlarga qo’llagan chora
Hatosini anglab yetsa deb zora
No poklarga jazo tortirgan xam u
Adolatni qaror toptirgan xam u
U bizning bosh qomusimizdir
Millatimiz shani nomusimizdir
Tarbiyachi : raxmat bolajonlar ,endi qomusimiz zar varag’larini bir varoqlab ko’raylikchi.
1-modda:O’zbekiston suveren demokratik respublika .Davlatning “O’zbekiston Respublikasi va O’zbekiston “degan nomlari bir manoni anglatadi.
Mexr ko’zda muhabbatda, O’zbekiston nurli bo’ston
Noming sening tilda doston
Olam ichra yagonasan
Noming ulug’ mardonasan!
4- modda : O’zbekiston Respublikasini davlat tili O’zbek tilidir .
O’zbek tilim,
Jonu dilim.
Sensan mening ,
Baxt iqbolim.
5-modda : O’zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlangan o’z davlat ramzlari bayrog’i,gerbi va madxiyasiga ega .
Qora o’tmish qoldi ortda,
Doril omon kunlar yurtda .
Porla millat bayrog’i.
Tarbiyachi:Bolajonlar endi,dam olish daqiqasini o’tkazib olsak.
Ta’limiy harakatli o’yin.
“Bayrog’ni top”.
(Stol ustiga turli davlatlarning bayrog’larini maketlari qo’yiladi.Bolalar bayrog’lar orasidan O’zbekiston bayrog’ini topib olishlari kerak bo’ladi.)
6-modda:O’zbekiston Respublikasi Poytaxti –Toshkent shaxri.
O’lka ko’pdir dunyoda,
Bir biridan ziyoda.
Lekin Toshkentdan go’zal,
Shaxar bormi dunyoda.
8- modda: O’zbekiston xalqini millatidan qatiy nazar O’zbekiston Respublikasining fuqorolari tashkil etadi.
Kuchlimisan-kuchsizmisan,
Oqmi qora qizil tan.
Baxtli bo’lishga huquqi
Barchamizga berilgan.
Tarbiyachi : Bolajonlar O’zbekiston Davlat Suverineteti inson huquqlari, burchlari va majburiyatlari haqida ham aytib o’tay.
40-modda:Xar bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega .
Issiqlik juda baland ,
O’ynamoqga yo’l qo’ymas.
Xuquqim bor shifokorni,
Yordamga chaqirsam bas.
41-modda : Xarkim bilim olish xuquqiga ega .Bepul umumiy ta’lim
olish davlat tamonidan kafolatlanadi.
Kichik qo’limda kitob,
Yo’l olamiz maktabga .
Xar bolaning xuquqi bor,
Maktab degan tartibga .
50-modda:Fuqorolar atrof tabiiy muxitga extiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar .
Tabiat bizni onamiz,
Biz xam uni sevamiz.
Har bir qarich yeriga,
Mexrimizni beramiz.
64- modda: Ota onalar o’z farzandlarini voyaga yetgunga qadar boqish va tarbiya qilishga majburdirlar .
Dunyoga keldingmi bas,
Bilgin o’z huquqingni.
Faxrlanib tanigin
O’zingni o’z ismingni
Yolg’iz yashash juda og’ir
Mehriboning bo’lmasa
Yasha deydi bizga huquq
Ota onang bag’rida .
Yakuniy qism:
Tarbitachi:Ofarin bolajonlar,faoliyatim davomida juda faol ishtrok etdingiz.O’ylaymanki konstitutsiyamiz xaqidagi bilimlarimizni yana bir bor mustaxkamlab oldik . Kelinglar endi faoliyatimizni doskamizga jamoa bo’lib bayrog’imizni,rangli qog’ozlardan yasalgan gullar bilan yasash bilan tugallaymiz.
Qo’shimcha qism : Multimedia vositasi orqali O’zbekiston Respublikasining davlat madxiyasi tinglanadi va birgalikda ijro etiladi.
Etiborga molik jihati:Bolajonlar o’z xuquq va majburiyatlarini bilib oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |