Bolalar javobi: Kema
Tarbiyachi: Endi kema so’zini bo’g’inlarga ajrataylik!
1-bola: Ke-ma ikki bo’g’indan iborat
Tarbiyachi: Barakalla, endi bolajonlar xammamiz birgalikda kema rasmini chizamiz. Chizish uchun bizlarga nimalar kerak bo’ladi?
Bolalar javobi: oq qog’oz va qalamlar
Tarbiyachi: Barakalla kim chizgan kema chiroyli chiqar ekan. Kemani chizishida biz qanday shakldan foydalanamiz?
Bolalar javobi: Yarim doira shaklidan
Tarbiyachi: Raxmat. Bolalar qayiq, kema, paravozlardan nimalar uchun foydalanamiz qani kim menga aytadi?
1-bola: qayiqdan o’tirib baliq tutish uchun
2-bola: kemada katta-katta yuklarni tashish uchun
3-bola: paravozda sayrga chiqishda, atrofni kuzatishda
Tarbiyachi: To’g’ri bolajonlar bizga suv osti transportlari xam juda kerak ekan! Bolalar kelinglar endi birgalikda lego o’yinchoqlarimizdan foydalanib qayiqcha yasaymiz.Tarbiyachi birgalikda qayiqcha yasaydilar mashg’ulotga faol qatnashgan bolalarni rag’batlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |