Turli mushak guruhlarining kuch qobiliyatlarini rivojlantirish uchun mashqlar.
Taklif etilayotgan mashqlar katta mushak guruhlarini ishga tushiruvchi, ta’sir mashg‘ulotlari, alohida mushak va mushaklar guruhlari uchun mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi. Gantellar, shtanganlar, rezina va qo‘l ostidagi yasama predmetlar sport anjomi sifatida qo‘llanilishi mumkin.
\
Bo‘yin mushaklari uchun mashq:
♦ boshni oldinga qilgan holda tayanib, kaftlarni bilan polga tiralib, bo‘yinni oldga-orqaga va yon tomonlarga bukish. Kurash ko‘prigida turib bo‘yinni oldga-orqaga bukish.
♦ devorga bosh bilan tayanib turgan holda bo‘yinni olg‘a-orqaga va tomonlarga bukish. Boshni erkin tutib chalqancha yotgan holda, peshonaga og‘irliklar qo‘yib bo‘yinni tomonlarga bukish.
♦ boshni erkin tutib qorin bilan yotgan holda boshga og‘irliklar qo‘yib yuqoriga va pastga ko‘tarib tushurish.
Do'stlaringiz bilan baham: |