Oyoq mushaklari uchun mashg‘ulotlar.
♦ umumiy ta’sir mashqlari. Ko‘kraklar va elkalarda og‘irliklar bilan o‘tirib turish. O‘tirgan holatdan og‘irlik bilan sakrab turish. Og‘irliklar bilan sakrash.
♦ sonni rostlovchi mushaklar uchun mashqlar. Bir oyoq bilan oldinga qadam tashlab, elkalarda og‘irlik bilan o‘tirib turish, orqadagi oyoq tizzada biroz bukilgan. Bir oyoqda o‘tirib turish.
♦sonni bukuvchi mushaklar uchun mashqlar. Qoringa yotgan holda sherikning qarshiligini enggan holda oyoqlarni bukish. Mahkam-langan rezinani oyoqlar bilan cho‘zish.
Do'stlaringiz bilan baham: |