17
tekshiruvining eng ko‘p tarqalgan turi hisoblanadi. Barcha ekspertiza-
larning deyarli 70 % oxirgi qaror chiqaradigan ambulatoriya sud-
psixiatriya ekspertizalari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Ambulatoriya sharoitda guvohlantirishni ruhiy jihatdan sog‘lom
shaxslarga nisbatan ham (ularning ijtimoiy xavfli
qilmish sodir etish
paytidagi holatini baholashda, ruhiy sog‘lomligi shubha uyg‘otgan
taqdirda) o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Ko‘pincha bunday
ekspertizalar alkogoldan mastlik paytida huquqbuzarlik sodir etgan
shaxslarga nisbatan o‘tkaziladi. Ambulatoriya ekspertizasi ruhiy
kasal ekanligi ko‘rinib turgan shaxslarni guvohlantirishda asosli
hisoblanadi. Agar ambulatoriya guvohlantirishi chog‘ida uzil-kesil
xulosa berishning imkoni bo‘lmasa, komissiya statsionar sharoitida
kuzatish zarurligini aytadi.
Statsionar sharoitidagi sud-psixiatriya ekspertizasi
psixiatriya
institutlari va kasalxonalarida, statsionarlari bo‘lgan
psixiatrik klini-
kalarda o‘tkaziladi. Ba’zi bir psixiatrik kasalxonalarda sud-psixiatriya
ekspertizasi uchun maxsus bo‘linmalar ajratilgan. Kuzatish
tugaganidan va tekshirilayotgan shaxs statsionarda bo‘lgan vaqtida
olingan barcha ma’lumotlar o‘rganilganidan keyin ekspert komis-
siyasi o‘z xulosasini beradi. Statsionar ekspertizasini o‘tkazuvchi
muassasalardagi doimiy ekspert komissiyalari ham uch
nafar shifokor
(rais, ikki nafar komissiya a’zosi)dan iborat tarkibda tashkil etiladi.
Bunda ulardan biri, ya’ni tekshiruvdan o‘tkazilayotgan shaxsni
doimiy kuzatayotgan shifokor ma’ruzachi bo‘ladi. Statsionar sharoi-
tida kuzatish muddati 30 kundan oshmasligi kerak. Bu muddatda
shaxsning ruhiy holati haqida uzil-kesil xulosa chiqarishning
imkoni
bo‘lmasa, ekspert komissiyasi tajriba muddatini uzaytirish zarurligi
haqida yozma ravishda asoslantirilgan qaror chiqaradi. Mazkur
qarorning nusxasi ekspertiza tayinlagan organga yuboriladi.
Statsionar sharoitidagi ekspertiza odatda kasalligini aniqlash va
tashxis qo‘yish qiyin bo‘lgan shaxslar uchun, simulyatsiya (mug‘om-
birlik) yoki aggravatsiyada shubha bo‘lganida, shuningdek laborato-
riya tadqiqotlari o‘tkazish zarur bo‘lganida amalga oshiriladi.
Kasalxonaga statsionar ekspertiza o‘tkazish uchun shaxs tergov
organlarining qarori mavjud bo‘lganidagina yoki ekspertiza o‘tkazish
haqida sud ajrimi bo‘yicha qabul qilinishi mumkin. Agar statsionar
18
sharoitda ekspertiza o‘tkazishga yuborish
hujjat bilan rasmiylash-
tirilmagan yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan bo‘lsa va tekshiruvdan
o‘tkazilayotgan shaxsni zudlik bilan qabul qilish uchun tibbiy
ko‘rsatma bo‘lmasa, kasalxona ma’muriyati uni qabul qilishni rad
etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: