O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Sud psixiatriyasining predmeti va vazifalari, protsessual



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/61
Sana31.05.2022
Hajmi0,53 Mb.
#623145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
2012-sud-psix-yallayev-lot unlocked

Sud psixiatriyasining predmeti va vazifalari, protsessual
va tashkiliy asoslari 
Psixiatriya – ruhiy kasalliklarni o‘rganish, davolash va ularning 
oldini olish bilan shug‘ullanuvchi tibbiy fan. Psixiatriyaning sud 
ishlari bo‘yicha psixiatriya ekspertizasi masalalariga doir qismi sud 
psixiatriyasi deb ataladi. Sud psixiatriyasining vazifasi ruhiy 
buzilishlarni jinoyat hamda fuqarolik huquqi va protsessining 
muayyan normalariga nisbatan o‘rganishdir. 
Protsessual normalarga ko‘ra, faqat psixiatr shifokorgina sud 
psixiatriyasi eksperti bo‘lishi mumkin. Sud-psixiatriya ekspertlari 
tariqasida odatda shifoxonalarda psixiatriya tajribasini to‘plagan, 
psixonevrologiya yo‘nalishidagi davolash muassasalarida ishlovchi 
shifokorlar jalb etiladilar.
Ekspert-psixiatr malakasining darajasi uning ilmiy bilimlari, 
psixiatriya davolash muassasasidagi ish staji hamda amaliy ekspertiza 
tajribasining borligi bilan belgilanib u jinoyat va fuqarolik huquqi 
asoslarini ham bilishi kerak. Shu bois sud psixiatriyasi ekspertizasini 
tibbiy muassasalarning ekspert psixiatrlari yoki surishtiruvni amalga 
oshirayotgan shaxs, tergovchi, prokuror, sud tayinlagan psixiatrlar 
o‘tkazadilar. Ushbu ekspertlar sud-tergov organlarining chaqiruvi 


7
bo‘yicha yetib kelishlari va oldilariga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha 
xolisona xulosa berishlari shart. 
Ekspertiza o‘tkazish chog‘ida ekspert o‘ziga savol tarzida 
qo‘yilmagan, ammo ish uchun ahamiyatli holatlarni aniqlasa, o‘z 
xulosasida ularni ko‘rsatishga haqlidir. Ekspert oldiga qo‘yilgan 
masala uning maxsus bilimlari doirasidan chiqadigan bo‘lsa yoki 
unga berilgan materiallar xulosa chiqarish uchun yetarli bo‘lmasa, 
ekspert ekspertiza tayinlagan organga xulosa chiqarishning imkoni 
yo‘qligi haqida yozma ravishda xabar beradi va ekspertiza 
o‘tkazishda rad etishining sabablarini batafsil bayon etadi. 
Sud-psixiatriya ekspertizasini o‘tkazayotgan psixiatr shifokor 
quyidagilarga haqlidir: 
– ekspertiza mavzuiga doir ish materiallari bilan tanishish; 
– sud, prokuror, tergovchi yoki surishtiruv o‘tkazayotgan shaxsga 
xulosa berish uchun zarur bo‘lgan yangi materiallarni talab qilib olish 
haqida iltimoslar qo‘zg‘atish; 
– surishtiruvni amalga oshirayotgan shaxs, tergovchi, prokuror va 
sudning ruxsati bilan so‘roq qilish hamda boshqa tergov va sud 
harakatlarini o‘tkazish paytida ishtirok etish, ekspertiza o‘tkazishga 
doir savollar berish. 
Ekspert ish yuzasidan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan tergov 
materiallarini, shuningdek sud-psixiatriya ekspertizasi chog‘ida 
olingan ma’lumotlarni oshkor etishga haqli emas. Bunday 
ma’lumotlarni u faqat tergov va sud organlariga ularning talabiga 
ko‘ra aytadi. 
Dastlabki tergov yoki surishtiruv yoxud ekspertiza ma’lu-
motlarini oshkor etganlik uchun ekspert jinoiy javobgarlikka tortiladi. 
Bila turib yolg‘on xulosa berganlik, xulosa berishdan voz kechganlik 
yoki bo‘yin tovlaganlik, shuningdek ish materiallari va ekspertiza 
xulosalarini oshkor etganlik uchun javobgarlikka tortilishi haqida 
ekspert oldindan ogohlantiriladi. Bu haqda ekspert tilxat beradi. Ji-
noyat qonunlarida ekspertni yolg‘on xulosa berishga majbur etganlik 
yoxud moddiy manfaatdorlikka undaganligi uchun javobgarlik 
nazarda tutilgan. 


8
Ekspertiza dalolatnomasi komissiyaning barcha a’zolari tomoni-
dan imzolanadi va muassasa boshlig‘i yoki ekspert xizmat yuzasidan 
bo‘ysunuvchi boshqa mansabdor shaxslarning tasdiqlashi talab 
etilmaydi. Komissiyaning har bir a’zosi ekspertizaning ayrim 
xulosalari yoki umumiy xulosaga qo‘shilmagan taqdirda, o‘z fikrida 
qolishga haqlidir. Bunday vaziyatda u ushbu fikrini yozma shaklda 
alohida bayon etadi. 
Psixiatr ekspertlarning huquq va majburiyatlar masalalari bilan 
psixiatriyaning deontologik muammolari chambarchas bog‘liqdir. 
Har qanday klinik fanda bo‘lgani kabi, sud psixiatriyasi uchun ham 
klinik deontologiya – bemor manfaatlari yo‘lida amalga oshiriladi-
gan, uning ruhiyatini ayaydigan, ba’zi hollarda esa to‘liq bo‘lmagan 
tibbiy ishning zararli oqibatlarini bartaraf etadigan qoidalari 
majburiydir. 
Ixtisoslashgan psixiatriya yordami ko‘rsatiladigan, tadqiqotlar-
ning zamonaviy laboratoriya va instrumental usullari keng qo‘llani-
ladigan sharoitda shifokor va bemorning bevosita muloqoti alohida 
ahamiyat kasb etadi. Psixiatr shifokor bilan ekspertizaga jalb qilingan 
shaxs o‘rtasida aloqa o‘rnatish shifokordan nafaqat katta mahorat 
balki, birinchi navbatda insoniylik va insonparvarlikni talab qiladi. 
Sud-psixiatriya ekspertizasida deontologiya tekshiriluvchi shaxsga 
o‘zini oqlagan va umumiy psixiatriya klinikasida yo‘l qo‘yiladigan 
hamda tekshiriluvchiga ma’naviy va jismoniy azob bermaydigan 
usullar qo‘llanilishini talab qiladi. 
Ekspert hamda kasalxona shifokori hal etishiga to‘g‘ri keladigan 
amaliy vazifalar bir-biridan keskin farq qiladi. Shifoxonada, 
psixonevrologiya dispanserida ishlovchi psixiatr tashxis qo‘ygach, 
ushbu bemorni davolash uchun zarur bo‘lgan tadbirlarining asosiy 
yo‘nalishlarini belgilaydi.
Sud psixiatriya-eksperti esa tashxis qo‘ygach, sud yoki 
tergovning taklifiga muvofiq huquq sohasiga kiradigan aqli rasolik 
haqidagi asosiy masalani hal qilishga o‘tadi. Ushbu holat uni nafaqat 
yaxshi klinik tayyorgarlikka ega bo‘lishga, balki jinoyat qonunlari 
asoslarini, jinoyat, jinoyat protsessual kodekslarning ekspertlar ishi 
va ekspertiza vazifalarini tartibga soluvchi moddalarini bilishga, 
tergov materiallaridan savodli foydalana olishga majbur qiladi. 


9
Ekspertizadan o‘tkazilayotgan shaxsga individual yondashuv ekspert 
shifokorga (shuningdek tergov va sud xodimlariga) muayyan 
darajada psixolog bo‘lish majburiyatini yuklaydi. Ekspert 
tekshirilayotgan shaxsga savol berayotganida savol-javoblar shakli, 
suhbat xususiyati tekshiriluvchining aqli, ta’lim-tarbiya darajasiga 
mos tarzda so‘zlashi lozim. Bunda betakalluflik, qo‘pollik yoki 
aksincha, tilyog‘lamalik, notabiiy suhbatga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish