Sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlashda sud ajrimi yoki
tergovchining qarorini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar
Sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlashda sud ajrimi yoki tergov-
chining qarorida ishning fabulasi, ekspertiza tayinlash uchun
sabablar, uni o‘tkazish kimga topshirilayotganligi, ekspertiza orqali
hal qilishi kerak bo‘lgan masalalar ko‘rsatilishi lozim.
Qarorning kirish qismida jinoyat ishining nomi, raqami,
ekspertizaga yuborilgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi,
jinoyat kodeksining jinoyat sodir etganlik uchun jazo nazarda tutilgan
moddasi ko‘rsatiladi.
Qarorning tavsiflash qismida ekspertizaga yuborilgan shaxs
g‘ayriqonuniy harakatlarning mohiyati va uning ruhiy holatidan
shubhalanish uchun asoslar keltiriladi. Shu yerning o‘zida ekspertiza
o‘tkazish topshirilayotgan ekspertlar ishlaydigan muassasa
ko‘rsatiladi.
Ekspertiza o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror yoki ajrimda eng muhim
bo‘limni ekspertiza orqali hal qilish uchun qo‘yilgan savollar tashkil
qiladi. Masalan, ayblanuvchilarni sud-psixiatriya ekspertizasidan
o‘tkazishda quyidagi savollar qo‘yilishi mumkin:
– ayblanuvchi ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan paytida ruhiy
kasallik bilan og‘riganmi? Agar og‘rigan bo‘lsa, aynan qaysi kasallik
bilan?
– ruhiy buzilish (kasallik) mavjud bo‘lgan taqdirda ushbu shaxs
o‘z harakatlariga hisob berishi yoki huquqbuzarlik sodir etish paytida
harakatlarini boshqarishi mumkinmidi, ya’ni uning aqli rasomidi?
–
mazkur shaxs ko‘zdan kechirish paytida ruhiy kasallikka
chalinganmidi? Agar chalingan bo‘lsa, aynan qaysi kasallikka?
– mavjud ruhiy kasallikning xususiyati qanday va kelgusida
qanday rivojlanishi taxmin qilinadi? Ruhiy kasallik ekspertiza
o‘tkazilayotgan shaxsni o‘z harakatlari uchun hisob berish yoki ularni
boshqarish imkonidan mahrum qilmaydimi?
– agar ruhiy kasallik mavjud bo‘lsa, ushbu shaxs qanday tibbiy
choralar ko‘rishga muhtoj?
12
Ish xususiyatlaridan kelib chiqib, boshqa savollar ham qo‘yilishi
mumkin, masalan, ilgari o‘tkazilgan xulosalarning, ilgari psixiatriya
kasalxonalarida aniqlangan kasallik tashxislarining asosliligi,
ayblanuvchining o‘zini kasal qilib ko‘rsatish imkoniyati va hokazo.
Amaliyotda savollarni noto‘g‘ri qo‘yish hollari ham tez-tez
kuzatiladi. Masalan, fuqaroning vafot etganidan keyin qoldirgan
vasiyati tufayli yuzaga kelgan kelishmovchilik natijasida sud
tomonidan tayinlangan ekspertiza chog‘ida sud ajrimida uning
vasiyatni imzolash paytidagi emas, balki o‘limidan avvalgi aqli
rasoligi masalasi qo‘yiladi; ayblanuvchiga nisbatan esa uning jinoyat
sodir etish paytidagi emas, balki ungacha bo‘lgan aqli rasoligi
masalasi qo‘yiladi.
Ruhiy kasallik jinoyat sodir etganidan keyin boshlangan hollarda
ekspertlar oldiga kasallik qanday xususiyatga egaligi (vaqtinchalik
yoki surunkali) ayblanuvchi ushbu kasallik tufayli sud oldida turishi
va jazo o‘tashi mumkinmi yoki yo‘qmi, degan savol qo‘yiladi. Aqli
noraso deb topilgan shaxslarga nisbatan ham, jinoyat sodir etganidan
keyin kasal bo‘lib qolgan shaxslarga nisbatan ham ekspertlar oldiga
ularga qanday tibbiy choralar qo‘llanishi mumkinligiga oid savol
qo‘yilishi kerak.
Agar guvohlar yoki jabrlanuvchining ruhiy jihatdan sog‘lomligi
masalasida shubha yuzaga kelsa, ekspertlar oldiga ushbu ko‘rsatuvlar
ruhan sog‘lom kishinikimi yoki ruhiy bemornikimi, degan savol
qo‘yiladi.
Jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari va kasalliklari tufayli jinoyat ishi
uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar va hodisalarni to‘g‘ri idrok
eta olmaydigan va ular haqida to‘g‘ri ko‘rsatmalar bera olmaydigan
shaxslar guvoh sifatida so‘roq qilinmaydilar. Ularning ko‘rsatma-
lariga kasal odamning ko‘rsatmalariga bo‘lganidek munosabatda
bo‘lish lozim.
Psixiatr ekspertlar oldiga mutaxassisning tushuntirishlarini talab
qiladigan boshqa, masalan, kasallikning boshlanish vaqti, uning
keyingi kechish xususiyati, tuzalish imkoniyatlari haqidagi aniqlik
kirituvchi masalalar ham qo‘yilishi mumkin.
Psixiatr ekspertlar oldiga ularning vakolatiga kirmaydigan
savollar, masalan, jinoyat motivlari, jazo choralari haqida, yoki
13
ayblanuvchi aqli noraso deb hisoblansa, institutda o‘qishni davom
ettira oladimi, degan savollar qo‘yilishi mumkin emas. Ekspert oldiga
qo‘yilgan barcha masalalar aniq, tushunarli bo‘lishi va imkon qadar
tasdiq yoki inkor javobi olinadigan tarzda ifodalanishi lozim. Agar
tergovchi psixiatriya sohasida yetarli bilimga ega bo‘lmagani bois
ekspertga taklif etilayotgan savollar ro‘yxatini tuzishda qiynalsa, u
dastlab psixiatr bilan maslahatlashib olishi mumkin.
Tergovchi ayblanuvchiga uning huquq va majburiyatlarini
tushuntirib, ekspertiza tayinlash haqidagi qaror, shuningdek ekspert
xulosasi bilan tanishtirishga majbur. Agar bemorning ruhiy holati
bunga imkon bermasa, sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlash haqidagi
qaror ham, ekspert xulosasi ham ayblanuvchiga e’lon qilinmaydi.
Ozodlikdan mahrum qilish joylari ma’muriyati mahkumlarni sud-
psixiatriya ekspertizasiga yubora turib, odatda ekspertlar oldiga
mahkum ruhiy holatiga ko‘ra ozodlikdan mahrum qilish joylarida
bo‘lishi va jazo o‘tashi mumkinmi, degan savol qo‘yadi. Bu
shaxslarni tekshirish ko‘pincha ruhiy kasallik alomatlari ularda ilgari
ham aniqlanganligidan dalolat beradi. Bunday hollarda kasallikning
boshlanish vaqtini aniqlash muhim, chunki shaxsning jinoyat sodir
etish paytidagi ruhiy holatini baholash shu bilan bog‘liq. Ekspertlar
arxivdagi jinoyat ishining materiallari, ish joyidan olingan
tavsifnomalar, mahkumlarda ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishidan
avvalroq ruhiy kasallik alomatlari bo‘lgani haqidagi tibbiy
guvohnomaga ega bo‘lgan hollarda mazkur savolga ijobiy javob
olinishi mumkin.
Agar sud-tergov organlari takroran huquqbuzarlik sodir etgan
mahkumlarni psixiatriya ekspertizasiga yuborsalar, ushbu shaxslar-
ning oxirgi ijtimoiy xavfli qilmishiga nisbatan aqli rasoligi va ilgari
chiqarilgan hukm bo‘yicha jazo o‘tay olishi haqidagi masala
qo‘yiladi. Ayblanuvchini javobgarlikka tortishdan avval boshlangan
surunkali ruhiy kasallik mavjud bo‘lganida ekspertlar nafaqat
qo‘yilgan savollarga javob berishlari, balki subyektning o‘z
harakatlari uchun hisob berish va birinchi ijtimoiy xavfli qilmishni
sodir etgan vaqtda ularni boshqarib turish qobiliyatini baholashlari
ham kerak.
14
Sud-psixiatriya amaliyoti tajribasi ekspertiza o‘tkazish chog‘ida
ko‘pincha ish uchun muhim va ekspertiza qilinayotgan shaxsning
ruhiy holati bilan bog‘liq bo‘lgan, ammo ular bo‘yicha tergovchi va
sud savol qo‘ymagan holatlar uchrab turishidan dalolat beradi.
Bunday hollarda ekspertlar o‘z xulosalarida ana shu savollarga javob
berishga haqlidirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |