O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Mahkumlarni ekspertizadan o‘tkazish



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/61
Sana31.05.2022
Hajmi0,53 Mb.
#623145
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61
Bog'liq
2012-sud-psix-yallayev-lot unlocked

Mahkumlarni ekspertizadan o‘tkazish 
Shaxs ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan va jazoni 
o‘tash vaqtida ruhiy yoki boshqa og‘ir kasallikka chalingan taqdirda 
sud ozodlikdan mahrum qilish joylari ma’muriyati yoki prokurorning 
taqdimnomasi bo‘yicha kamida uch nafar shifokordan iborat 
shifokorlar hay’atining xulosasi asosida mahkumni tegishli rejimga 
ega bo‘lgan maxsus psixiatriya yoki boshqa somatik kasalxonaga 
joylashtirish va hatto ozodlikdan mahrum qilish muassasalarida 
bundan keyin jazo o‘tashdan ozod qilish haqida ajrim chiqarishga 
haqlidir. 
Agar axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxs surunkali ruhiy 
yoki boshqa og‘ir kasallikka chalingan bo‘lsa, sud barcha hollarda 
sud va axloq tuzatish xususiyatiga ega bo‘lgan choralarni tibbiy 
yo‘sindagi ijtimoiy himoya choralari bilan almashtirish haqida ajrim 
chiqaradi. 
Sud qarori chiqarilishi uchun asos bo‘lib joylardagi shifokorlar 
hay’atining mahkumda ruhiy kasalliklar mavjudligi haqidagi xulosasi 
hisoblanadi. Bunday shifokorlar hay’atlarining mahkumlarni tek-


26
shiruvdan o‘tkazishni sud-psixiatriya ekspertizasi sifatida baholanishi 
mumkin emas. Jazoni ijro etish muassasalarining shifokorlari o‘z 
ma’muriyatining topshirig‘i bo‘yicha harakat qiladilar va shu bois 
ekspertlar huquqlariga ega emasdirlar. Ular faqat mahkumlarni 
tekshiruvdan o‘tkazadilar va o‘tkazilgan tibbiy tekshiruv natijalari 
bo‘yicha xulosa beradilar. 
Agar sud ular xulosalarining to‘g‘ri va asosli ekanligiga shubha 
qilsa, o‘z ajrimi bilan psixiatr mutaxassislardan iborat tarkibda sud-
psixiatriya ekspertizasi tayinlaydi. 
Psixiatriya ekspertizasi oldida turgan mahkumlarga nisbatan 
vazifalar quyidagi savollarga javob berishdan iboratdir: 
– ushbu shaxsda ruhiy kasallik mavjudmi? Uning tashxisi, ruhiy 
buzilishlarning chuqurligi va barqarorligi qanday? 
– 
ushbu mahkum jazoni ijro etish muassasasida bo‘lishi 
mumkinmi? 
– u jazoni ijro etish muassasasining psixiatriya kasalxonasida 
davolanishi kerakmi yoki ruhiy kasalligining chuqurligi va og‘irligi 
sababli majburiy davolashni to‘xtatish mumkinmi? 
– majburiy davolash to‘xtatilganida bundan keyin qanday tibbiy 
tadbirlar o‘tkazilishiga muhtoj (umumiy kasalxonaga yuborish, 
shifokor kuzatuvida qarindoshlariga vasiylikka berish)? 
Odatda chuqur surunkali ruhiy kasallikni yoki uning noxush 
oqibatlarni namoyon etgan shaxslarni majburiy davolash to‘xtatiladi, 
chunki jazoni bunda qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. 
Kelajakda tuzalishi kutilayotgan, vaqtinchalik xususiyatga ega 
bo‘lgan va tez o‘tib ketayotgan ruhiy kasalliklarga boshqacha qarash 
lozim. Bunday kasalliklari borligi aniqlangan mahkumlar qilmishlari 
uchun jazoni davolanib bo‘lganlaridan so‘ng o‘taydilar. 
Mahkumning aqli rasoligiga oid masalada psixiatr ekspert 
xulosasiga bo‘lgan zarurat ozodlikdan mahrum qilish joylarida sodir 
etilgan yangi jinoyatlar munosabati bilan yangi sud ishlari bo‘yicha 
yuzaga kelishi mumkin. Bu masala odatdagi umumiy belgilangan 
asoslar orqali hal qilinadi. 


27

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish