O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

Prezidentlik respublikasi
boshqaruv shakli sifatida birinchi navbatda saylab 
qo’yilgan davlat boshligi bir vaqtning o’zida hukumat rahbari ham bo’lishi bilan farq qiladi. 
Prezidentning o’zi parlament roziligi bilan shu hukumatni tuzadi va zarurat tug’ilganda uni 
tarqatib yuborish huquqiga ega bo’ladi. Butun xalq tomonidan saylangan prezident 


70 
umummilliy manfaatlar ifodachisi, millat ramzi bo’lishi (har qalay shunday bo’lishi kerak 
ham) boshqaruv prezidentlik shaklining ijobiy tomonidir. Mazkur shakl butun vakolatni bir 
shaxsga beradi va u favqulodda holatlarda mas’uliyat va rahbarlikni o’z qo’liga oladi. 
Boshqaruvning prezidentlik shakli, odatda, parlament shakliga nisbatan yuqoriroq 
darajadagi siyosiy barqarorlikni ta’minlaydi. Zero, prezident konstitutsiyada belgilab 
qo’yilgan qat’iy muddatga saylanadi. 
Prezidentlik boshqaruv shaklining zaif joylari ham mavjud. Boshqaruvning parlament 
shaklidan farqli o’laroq, u hokimiyatning ijroiya va qonun chiqaruvchi tarmoqlari o’rtasidagi 
ziddiyat va mojarolarni, shuningdek, konstitutsiyaviy inqiroz ehtimolini istisno etmaydi. 
Bunday vaziyat, chunonchi, prezident bilan parlament ko’pchiligi boshqa-boshqa partiyalar, 
siyosiy oqimlarga mansub bo’lgan vaqtlarda yuzaga kelishi mumkin. 
Shunday qilib, boshqaruvning parlament va prezidentlik shakllaridan birini tanlash 
yagona, ammo beqaror rahbariyat (parlament boshqaruvi) bilan barqaror, lekin ikki 
hokimiyat o’rtasidagi ixtiloflarni istisno etmaydigan rahbariyatdan birini tanlash degan 
ma’noni anglatadi. 
Bundan tashqari, prezidentni saylashning eng matlub uslubi o’zi bormikan? Ularning 
har biri o’zining kuchli va zaif tomonlariga ega. Shu munosabat bilan prezidentlik 
saylovlarining ahamiyati oshib boradi. To’g’ridan-to’g’ri saylovlar eng sodda va demokratik 
saylovlardir. Bundan tashqari, prezidentlik hokimiyati qonunchilik hokimiyatiga juda katta 
qaram bo’lib qolishi ham mumkin (masalan, favqulodda holat sharoitlarida prezidentni 
ikkinchi muddatga qayta saylash tartibini olib ko’ring). 
Davlat boshqaruv tizimi qotib qolgan emas, balki tarixiy taraqqiyot jarayonida 
muqarrar ravishda o’zgarib, yangilanib turadi. 
Dunyodagi davlatlar boshqaruv shakllari ko’p ming yillik tarixga ega bo’lib, jamiyat 
taraqqiyoti asosida takomillashib, mazmun jihatidan mukammallashib borgan. Buni 
O’zbekiston davlat boshqaruvi misolida ko’rish mumkin. Konstitutsiyamizga muvofiq 
O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatini tashkil yetishning asosiy tamoyillaridan biri 
- xalq hokimiyatchiligidir. Respublikada xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir. 
Xalq davlatni boshqaruvni bevosita Yoki saylab qo’yilgan o’z vakillari orqali amalga 
oshiradi. 
Mustaqillik tufali O’zbekistonda davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali 
tizimi shakllantirila boshlandi. «Prezidentlik boshqaruv usuli - shu tizimning o’zagidir»
3

Davlat boshqaruvining prezidentlik shakli O’zbekistonda tasodifiy ravishda yuzaga 
kelmadi. Davlat boshqaruvining bu zamonaviy va samarali shaklini yuzaga keltirishda 
xalqimizning davlatchilik sohalaridagi ko’p ming yillik tarixiy tajribalari, diyorimizning 
muayyan shart-sharoitlari, xalqning an’analari va mentaliteti, o’ziga xos xususiyatlari, 
shuningdek, hozirgi zamon ilg’or davlatlarining tajriba va yutuqlari zaruriy ravishda nazarda 
tutilgan. 
Jahon tarixiy tajribasi prezidentlik usuli davlat boshqaruvining eng maqbul, xalq 
manfaatlari - ehtiyojlariga javob beradigan qulay tizimlaridan ekanligini ko’rsatib turibdi. 
«1995 yilga ma’lumotga ko’ra, Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo 186 davlatdan 140 
tasida Prezident lavozimi mavjud bo’lib, ularning aksariyati prezidentlik respublikasidir. 
Bular AQSh, Fransiya, Argentina, Braziliya, Meksika, Rossiya Federatsiyasi, Gonduras, 
Gimbiya, Urug’vay va boshqalardir»
4

O’zbekistonda joriy etilgan davlat boshqaruvi prezidentlik usulining mazmun-
mohiyati, asosiy tamoyillari, o’ziga xos xususiyatlari, Prezidentning huquqiy maqomi, 
vakolatlari Respublika Konstitutsiyasi - Asosiy Qonunda, Oliy Kengashning sakkizinchi 
3
Каримов И.А. Ўзбекистан: миллий истиқлол, иқтисод, сиѐсат, мафкура, 1-tom. Т., ««O’zbekiston”», 1996, 37-bet. 
4
Мустақиллик. Изоҳли илмий-оммабоп луғат. Т., «Шарқ» нашриѐт-матбаа концерни Бош таҳририяти, 1998, 41-
bet. 


71 
sessiyasida 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
saylovi to’g’risida»gi Qonunda bayon etilgan. 
-Asosiy Qonunning 90-moddasida belgilab qo’yilishicha, «O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti lavozimiga o’ttiz besh yoshdan kichik bo’lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, 
bevosita saylovgacha kamida 10 yil O’zbekiston hududida muqim yashagan O’zbekiston 
Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq 
O’zbekiston Respublikasining Prezidentini bo’lishi mumkin emas. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti O’zbekiston Respublikasining fuqarolari 
tomonidan umumiy, teng va to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish 
yo’li bilan besh yil muddatga saylanadi. Prezidentni saylash tartibi O’zbekiston 
Respublikasining qonuni bilan belgilanadi». 
Xalqimizning sodiq o’g’loni, fidoyi farzandi, taniqli davlat, siyosat va jamoat arbobi 
Islom Abdug’anievich Karimov 1990 yil 24 martda Respublika Oliy Kengashida O’zbekiston 
Prezidenti yetib saylandi. 1991 yil 31 avgustda Islom Karimov tomonidan O’zbekiston 
davlat mustaqilligi e’lon qilindi. 
O’zbekiston davlat mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab Islom Karimov 
mamlakatda huquqiy demokratik davlat qurish, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini 
vujudga keltirish, davlatimiz va jamiyatimizning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy-
ma’naviy, huquqiy asoslarini mustahkamlash, kelajakda O’zbekistonning buyuk davlatga 
aylanishini ta’minlash bo’yicha qat’iy va izchil siyosat yurgizib kelmoqda. 
Islom Karimov 1991 yil 29 dekabrda muqobillik asosida o’tgan umumxalq saylovida 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. Saylovchilarning 86 foizidan ko’prog’i 
Islom Karimov uchun ovoz berdilar. 1995 yilning mart oyida o’tkazilgan umumxalq 
referendumida esa Islom Karimovning prezidentlik vakolatlari 2000 yilgacha uzaytirildi. 
Konstitutsiyaning XIX bobida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yuksak 
vakolatlari to’la ifodalangan. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89-moddasida belgilab qo’yilginidek, 
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti O’zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi 
hokimiyat boshlig’idir. Prezident ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi. 
Konstitutsiyaning 93-moddasiga binoan O’zbekiston Respublikasining Prezidenti 
fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va Qonunlarga rioya etilishining 
kafilidir. O’zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yahli tligini 
muhofaza yetish, milliy davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish 
yuzasidan chora-tadbirlar ko’radi. Mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda 
Uzbekiston Respublikasi nomidan ish ko’radi. Muzokaralar olib boradi. 
Prezident ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi; respublika 
oliy hokimiyat va bosh-qaruv organlarining bahamjihat ishlashini ta’minlaydi; O’zbekiston 
Respublikasi vazirliklarini, davlat qo’mitalarini hamda davlat boshqaruvining boshqa 
organlarini tuzadi va tugatadi, shu masalalarga doir Farmonlarni Oliy Majlis tasdig’iga 
kiritadi. 
Oliy Majlisga Konstitutsiyaviy sud raisi va a’zolari, Oliy sud raisi va a’zolari, Oliy 
xo’jalik sudi raisi va a’zolari, O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat 
qo’mitasining raisi lavozimlariga nomzodlarni takdim etadi. Viloyatlar, tuman, shahar va 
xo’jalik sudlarining sudyalarini tayinlaydi va lavozimlaridan ozod etadi. Favqulodda 
vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) 
yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini ko’zlab, O’zbekiston Respublikasining butun 
hududida Yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi. 
Prezident respublika Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo’mondoni hisoblanadi. Qurolli 
Kuchlarning oliy qo’mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy 
unvonlarni beradi. Amnistiya to’g’risidagi hujjatlarni qabul qiladi va O’zbekiston 


72 
Respublikasining sudlari tomonidan hukm qilingan fuqarolarni afv etadi. Milliy xavfsizlik va 
davlat nazorati xizmatlarini tuzadi, ularning rahbarlarini tayinlaydi va lavozimlaridan ozod 
etadi hamda o’z vakolatlariga kiradigan boshqa masalalarni hal qiladi. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 95-moddasiga ko’ra Prezident davlat 
boshlig’i sifatida zarurat tug’ilgan chog’da, Konstitutsiyaviy sud bilan bamaslahat, Oliy 
Majlisni tarqatib yuborishi va uch oy mobaynida yangi parlament saylovlarini belgilashi 
mumkin. 
Prezident zarur bo’lganda, 93-moddaga muvofiq respublika boshqaruv 
organlarining, shuningdek, hokimlarning qabul qilgan hujjatlarini to’xtatadi va bekor qiladi. 
Prezident o’z vakolatlarini bajarishda boshqa hokimiyat tarmoqlaridan mustaqildir. 
Shunday qilib, O’zbekistonda Prezident Islom Karimov rahbarligida kuchli hokimiyat 
- davlat boshqaruvi qaror topdi. 
Respublika fuqarolari davlat mustaqilligidan keyin o’tgan qisqa vaqt ichida 
O’zbekistonda erishilgan ulkan tarixiy yutuqlarni, iqtisodiyot, siyosat, madaniyat, 
ma’naviyat, ma’rifat, huquqiy ta’lim-tarbiya bobida qo’lga kiritilgan ijobiy natijalarni, jahon 
hamjamiyatida uning obro’-e’tiborining ortib borayotginini haqqoniy ravishda Prezident 
Islom Karimovning ilmiy-amaliy faoliyati bilan bog’laydilar. 
O’zbekiston davlati Prezident Islom Karimov rahnamoligida olis kelajakni ko’zlab, 
buyuk davlatlar safida bo’lish niyati bilan rivojlanib bormoqda. «O’zbekiston xalqi kelajakka 
ishonch bilan qaraydi. U eng avvalo o’z kuchlariga, o’zining boy tabiiy, iqtisodiy 
resurslariga ishonadi, sihat-salomatlik, baxt-saodat, boylik va madaniyatga o’z yo’li bilan 
keladi. Ulug’ kelajak - oldinda. Va u bizning - O’zbekiston fuqarolarining baxt-saodati 
yo’lida olib borayotgan mushtarak ishimizga kuch-quvvat, gayrat baxsh etadi»
5


Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish