O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


muayyan muddatga saylab qo’yadigan organlar tomonidan amalga



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

muayyan muddatga saylab qo’yadigan organlar tomonidan amalga 
oshiriladigan boshqaruv shakli
dir. Respublika ham monarxiya singari muayyan tarixiy 
xususiyatga ega. Boshqaruv respublika shaklining bir qancha turlari mavjudligi tarixdan 
ma’lum. Ular quldorlik sharoitlaridayoq namoyon bo’la boshlagan edi. 
Demokratik respublika Afina davlatida (eramizgacha V-IV asrlar) mavjud bo’lgan. 
Buni jamiyatning ijtimoiy tarkibi, quldorlikning shu yerga xos xususiyati, ya’ni ozod 
afinaliklarni qulga aylantirishning istisno etilganligi, quldor jamoalar bo’lganligi, davlat 
boshqaruvining samarali tizimi mavjudligi bilan izohlash mumkin edi. 
Sparta (eramizgacha V-IV asrlar) va Rim davlati (eramizgacha V-II asrlar) 
aristokratik respublikalar hisoblanadi. Davlat sifatida ular ko’proq aholining aristokratik 
qismi manfaatlarini ifodalardi. 
Kapitalizm davri 
parlamentar (parlament) respublikasi hamda prezidentlik 
respublikalarni
vujudga keltirdi. 
Parlamentar respublika
larning
boshqalardan farq qiluvchi xususiyati hokimiyat 
pog’onalarida kelishmovchiliklarning bo’lmasligidir. Zero, ijroiya hokimiyati boshlig’i (bosh 
vazir) va uning mahkamasi parlament, to’g’rirogi, parlament a’zolarining ko’pchiligi 
tomonidan tayinlanadi va nazorat qilinadi. Hukumat qonun chiqaruvchilar ko’pchiligi 
qo’llab-quvvatlab turgan muddatlardagina o’z vazifalarini bajara oladi. Bunday 
ko’pchilikdan mahrum bo’lganda esa, mazkur hukumat iste’foga chiqishga majbur bo’ladi. 
Odatda, parlament respublikalarida prezident katta rol o’ynamaydi: ijroiya hokimiyati go’yo 
qonun chiqaruvchi hokimiyatning davomi sifatida ish olib borishi tufayli hokimiyat 
tarmoqlari o’rtasida vujudga kelishi mumkin bo’lgan ixtiloflarning oldi olinadi. 
Biroq, parlament respublikasi ham kamchiliklardan xoli emas. Partiya tizimining o’ta 
mayda bo’laklarga bo’linib ketganligi shunday kamchiliklardan biridir. Mazkur hol parlament 
koalitsiyalarining ham maydalashuviga, bu esa, o’z navbatida hukumatning beqarorligaga 
olib keladi. Muayyan sharoitlarda, hatto ozchilikni tashkil etuvchi ekstremistik partiyalar 
ham, parlament ko’pchiligi koalitsiyasining bir qismi bo’lib qolishi mumkin. Bu esa, 
mamlakatga ijroiya va qonun chiqaruvchi hokimiyatlar o’rtasidagi ziddiyatlardan kam 
bo’lmagan jiddiy salbiy oqibatlar keltirishi mumkin. 
Boz ustiga, parlament respublikasida shu parlament oddiy ko’pchiligi kuchi bilan 
mustabidlikni yaratish ehtimoli istisno etilmaydi. Boshqacha qilib aytganda, boshqaruv 
parlament shaklining samaradorligi va barqarorligi parlamentdagi o’rinlar uchun kurash olib 
boruvchi siyosiy partiyalar tabiatiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish