O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

«siyosiy (davlat) idora usuli»
tushunchasini batafsil ko’rib chiqish vaqtida yaxshiroq tushunib olamiz. Shunga qaramay, 
hozirgi kunda davlat hokimiyati tashkiloti uch qism - boshqaruv, davlat (siyosiy) tuzilishi 
hamda davlat (siyosiy) idora usuli - birligidan tashkil topadi, degan konsepsiya keng 
tarqalgan. 
 
2-§. Boshqaruv shakli 
Avval - boshdanoq, davlatni nazariy jihatdan tushunib yetishda boshqaruv shakli 
alohida o’rin tutishini ta’kidlashni istardik. Qonuniyat shuni taqozo etadi. Davlatga 
uyushgan jamiyatda davlat hokimiyatini kim va qanday amalga oshirishini aynan shu shakl 
belgilab beradi. Bu masala insoniyatni juda qadimdan to’lqinlantirib keladi. Arastuning o’zi, 
undan keyin Aflotun ham qadimgi dunyoda davlat hokimiyatini tashkil yetish va uni 
boshqarishning xilma-xil shakllarini o’rganar ekanlar, bu davlatlarni kim va qanday 
boshqarishi, ya’ni boshqaruv shakli mezoni bo’yicha davlatlar tasnifini ishlab chiqishga 
urinishgan. 
To’la asos bilan aytish mumkinki, ko’p asrlar davomida nazariy siyosiy-huquqiy 
tafakkur ko’plab, ba’zan bir-biriga sira o’xshamaydigan davlatlarni zo’r berib o’rganishni 
davom ettirib keldi. Olimlar o’z izlanishlarida davlat shakllaridagi eng muhim jihatni ajratib 
olib, ularni tasvirlab berish, tahlil yetish, baholashga va iloji bo’lganda bu shakllarni 
rivojlantirish istiqbollarini oldindan aytib berishga urinardilar. Avgustin, Forobiy, Gobbs, 
Monteske, Lokk, Russo, Radishchev va boshqalarning asarlarida davlat shakllari haqidagi 
bilimlarni umumlashtirish va tizimlash, ularning vujudga kelish va rivojlanishining tub 
ildizlariga yetib borishga ko’p urinib ko’rilgan. 
Aynan shuning uchun, agar Arastu va Aflotun davrlarida nazariy siyosiy-huquqiy 
tafakkur boshqaruvning u Yoki bu shaklini belgilab beruvchi sabablarni aniqlashga urinib, 
asosan boshqaruv xilma-xil shakllarini tasvirlash yo’lidan borgan bo’lsalar, XX asrda esa, 
siyosiy-huquqiy tafakkur marksistik nazariya doirasida boshqaruv shaklini (formatsiyadan 
kelib chiqqan holda) davlat xili bilan, jamiyatning sinfiy tarkibi, iqtisodiy bazisi kabilar bilan 
bog’lab tushuntirishga intiladi. 
Boshqaruv shaklini (biz yuqorida aytib o’tgan davlat shakli uch qismidan birini) 
aniqlashda marksistik nazariya davlat hokimiyati u Yoki bu tuzilishini tavsiflovchi ijtimoiy-
sinfiy belgisini asosiy belgi sifatida ajratib ko’rsatardi. U boshqaruv shaklini mazkur 
davlatning ijtimoiy-sinfiy mohiyatining, siyosiy mazmunining, sinfiy kuchlar amaldagi 
nisbatining tashqi ifodasi sifatida ta’riflardi. Bu chizmaga ko’ra respublika sinfiy kuchlarning 
bir xil nisbatida paydo bo’lsa, monarxiya boshqa nisbatida vujudga keladi. 
Albatta, jamiyatning sinfiy tuzilishi, sinfiy manfaatlarning to’qnashuvi, sinfiy kuchlar 
nisbatini hech kim inkor etmaydi, ular hayotda mavjud bo’lib, davlat tuzilishiga, eng 
avvalo, hokimiyat tizimi qanday shakllarda tashkil topgini va amal qilishiga, davlatni kim 
boshqarishiga ta’sir etadi. Biroq, ayni paytda, davlat sinfiy belgisi ahamiyatini oshirib 
yuborishga o’rin yo’q. Biz yuqorida bunday yondashuv uslubiy jihatdan noto’g’ri bo’lib, 
aksariyat hollarda ko’pgina narsalarni tushuntirib bera olmasligiga misollar keltirgandik. 
Yana bir bor shu masalaga to’xtalamiz. Bunday yondashuvda boshqa bir qancha omillar: 


67 
tarixiy an’analar, milliy ruhiyat, diniy ong, madaniy muhit, jamiyatni o’ta g’oyaviylashtirish 
va siyosiylashtirish darajasi, ekologiya va ko’pchilik boshqa omillar masalani o’rganish 
doirasidan tashqarida qolib ketadi. 
Hozirgi vaqtda fanimiz, shu jumladan, davlat va huquq nazariyasi jamiyat rivojining 
marksistik ta’limoti umumiy inqirozi bilan bog’liq uslubiy inqirozdan asta-sekin xalos bo’lib 
bormoqda. Bu - davlat tuzilishining asosiy xususiyatlaridan biri sifatida boshqaruv shaklini. 
Yanada chuqurroq va asosliroq tushunish, ushbu shakllarning chuqur o’ylangan tasnifini 
taqdim yetish, ular rivojining real istiqbollarini oldindan aytib berish imkonini beradi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda boshqaruv shaklining quyidagi ta’rifini taklif 
etamiz: 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish