O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

xususiy mulk
ijtimoiy 
ishlab chiqarishda muhim rol’ o’ynamagan. 
Ijtimoiy boylikning asosiy hissasi erkin 
jamoachilar Yoki davlat va ibodatxonalar mulki bo’lgan qullar mehnati bilan bunyod 
etilardi. 
E’tibor bering-a, 
qullar faqat davlat va ibodatxonalar mulki bo’lgan. Shu tariqa 
yagona davlat mulki bo’lgan - davlat oliy hukmdor timsolida “jonlijonsiz hamma narsa”ga, 
shu jumladan, o’zining eng yaqin kishilarigacha barcha fuqarolarning ham hayoti, ham 
mulkiga egalik qilardi. Ayni paytda Sharq jamiyati barqaror tabiatga ega bo’lib, tub 
o’zgarishlarga uchramasdi. 
Chunonchi, Qadimgi Misr davlati eramizdan avvalgi IV-III ming yilliklarda paydo 
bo’lib, o’ttiz asrdan ko’proq yashadi. Qariyb ellik asr davomida yashab kelgan Xitoy davlati 
deyarli XIX asr oxirlarigacha jiddiy o’zgarishlarga duch kelmagan. 
Ilgari ta’kidlaginimizdek, g’arb mamlakatlari (g’arb jamiyatlari ham) Sharq 


52 
davlatlaridan ancha keyin paydo bo’lgan, biroq ular ancha tez rivojlangan. Aynan 
Ovrupada ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar (va davlat tiplari) almashinuvi ancha tez yuz 
berdi: quldorlik feodalizm bilan, u esa, o’z navbatida kapitalizm bilan almashdi. 
Shunday qilib, bu davlat tiplarini batafsilroq ko’rib chiqamiz. 
Quldorlik davlati. 
Evropada ilk quldorlik davlatlari eramizdan oldingi IX-VII 
asrlarda, ya’ni Misrdagidan 20 asr keyin paydo bo’ldi. Bu davrga kelib, Shimoliy O’rta Yer 
dengiz bo’yi sharoitlarida qishloq xo’jalik jamoalari barham topib, yerga oilaviy, ya’ni 
xususiy mulkchilik munosabatlari yuzaga keldi. Shu tarzda jamiyatning antagonistik 
(murosasiz) sinflarga bo’linib kyetishi ro’y berdi. Boz ustiga ular (Sharqda bo’lginidek) 
hokimiyat tizimidagi turlicha mavqelari bilan emas, balki ishlab chiqarish vositalariga turli 
munosabatlari bilan bir-birlaridan farqlanardi. Bir sinf yer va mehnat qurollarining, 
shuningdek, ishlab chiqaruvchining o’zi - qulga ham mulk egasi bo’lib qoldi. Faqat ana shu 
ishlab chiqarish vositalarining egasi bo’lgan sinf ommaviy hokimiyatni noqonuniy egallab 
oladi va uni ekspluatatsiya qilinuvchi ko’pchilik qarshiligini bostirish, sinfiy ezish quroliga 
aylantiradi. 
Aytish lozimki, turli mamlakatlardagi qullarning ahvoli birdek emasdi. Jumladan, 
Afinada qulni kaltaklash va o’ldirishni qonun taqiqlardi. Rimda bu man etilmagandi. Shunga 
qaramay, Yana bir bor qulning mutlaqo haq-huquqsiz maxluq - gapiruvchi qurol ekanligi 
haqidagi tasavvurlar mubolag’adan xoli emasligini takrorlashni istardik. Ular mutlaq 
ko’pchilikni tashkil etganligining o’ziyoq ma’lum darajada ular bilan hisoblashishga majbur 
yetardi. Bundan tashqari, quldorlik davlatining turli davrlarida qullarning ahvoli yaxshilanib 
borgan. Qullarning hatto tabiblik va o’qituvchilik vazifalarini ado etgan holatlari tarixdan 
ma’lum. Ularning aksariyati hunarmandchilik bilan shug’ullanib, boylik orttirishgan. 
Bularning hammasiga qaramay, quldorlik tuzumida huquqsizlik hukmron bo’lginini 
aytish kerak. Barcha quldorlik davlatlarida hokimiyat mutlaq hukmron sinf qo’lida bo’lib, 
qullar jamiyatda arzimagan vazifalarni egallashlari mumkin edi. Bu yerda hokimiyatning 
sinfiy tabiati yaqqol ko’zga tashlanib turardi. 
Davlatning vazifalari faqat quldorlar manfaatlari yo’lida, uning umumijtimoiy 
funksiyalari esa, hukmron sinf manfaatlariga muvofiq keladigan darajada amalga 
oshirilardi. Shu bois, quldorlik davlatlarida qullarning qarshilik harakatlari tez-tez sodir 
bo’lib turganligi, ularning quldorlar hokimiyatiga qarshi yirik isyonlarga aylanib ketgan 
hollar tasodif emasdi (Sitsiliyada, Kichik Osiyoda qullarning eramizdan oldingi II asrdagi 
g’alayonlari, eramizdan oldingi I asrdagi Spartak qo’zg’oloni shular jumlasiga kiradi). 
Yana bir xususiyatga e’tiboringizni tortmoqchimiz. Ovrupodagi quldorlik 
davlatlarining ko’pchiligi shahar-respublika sifatida paydo bo’ldi va yashadi. Shu yo’l bilan 
ishlab chiqarish vositalariga egalik qiluvchi mulkdorlarning umumsinfiy irodalarini aniqlash 
yyengilroq bo’lardi. Xususiy mulk, yagona davlat mulkiga asoslangan Sharq davlatlaridan 
farqli o’laroq, ma’lum darajada demokratik islohotlarni o’tkazib turishni taqozo yetardi. 
Mulkka nisbatan teng huquqli kishilar ommasi manfaatlarini muvofiqlashtirib borish ehtiyoji 
ancha murakkab va puxta o’ylangan huquqiy tizimlarning paydo bo’lishiga yordam berdi. 
Bu tizimlarda davlat organlari tomonidan ishlab chiqiladigan qonunlar huquqning asosiy 
manbalariga aylanardi. 
Ko’rib turginimizdek, Sharq jamiyatlariga nisbatan quldorlik davlatlari ancha 
tadbirkorroq bo’lib, ularda keyingi taraqqiyot uchun kerakli zamin yaratilgandi. Shuning 
uchun ham keyinchalik uning asosida feodal jamiyat va unga mos keladigan davlat ham 
paydo bo’ladi. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish