4-§. Normativ-huquqiy aktlar
Normativ huquqiy akt - davlat vakolatli organlari tomonidan o’rnatiladigan yoki
ma’qullanadigan huquqiy aktdir. Normativ-huquqiy akt deganda, davlat vakolatli
organining ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan, umumiy majburiy tusdagi
qoidalarni o’rnatuvchi, o’zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi huquq ijodkorlik akti tushuniladi.
Ma’lumki, davlat organlari huquqiy aktlarni chiqaradilar, lekin barcha huquqiy aktlar
ham normativ huquqiy akt bo’la olmaydi. Faqatgina umumiy huquq va majburiyatlarni
o’rnatuvchi, o’zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi aktlargina normativ-huquqiy akt bo’la oladi.
Normativ-huquqiy aktlarda yangi huquqiy normalar belgilanadi, amaldagi normalar
o’zgartiriladi yoki bekor qilinadi. Demak, normativ-huquqiy aktlar quyidagi xususiyatlarga
ega:
1) Umumiy majburiy qoidalarni o’rnatadi, o’zgartiradi va bekor qiladi;
2) Normalar bilan belgilangan huquq va burchlar ifoda etiladi;
3) Ularda o’rnatilgan normalarning majburiyligi va bajarilmagan taqdirda kelib
chiqadigan huquqiy oqibatlar belgilanadi.
Normativ-huquqiy aktlar faqatgina davlat hokimiyati va davlat boshqaruv organlari
tomonidan chiqariladi. Normativ-huquqiy aktlar, o’z xususiyatiga va ularni chiqargan davlat
organlarini vakolatiga bog’liq bo’lgan yuridik kuchiga qarab tasniflanadi. Normativ-huquqiy
akt huquqni qo’llash va huquqni sharhlash aktlaridan farq qiladi. Normativ-huquqiy aktning
asosiy shakli qonundir. Qonun -huquqning yozma holda ifodalangan shaklidir. «Qonun -
jamiyat huquqiy tizimining eng muhim tarkibiy qismi, huquqni ifoda etishning oliy
shaklidir»
1
.
Qonun davlat nuqtai nazaridan eng muhim deb hisoblangan ijtimoiy munosabatlarni
mustahkamlovchi, rivojlantiruvchi va tartibga soluvchi normativ-huquqiy aktdir yoki
boshqacha tarzda ifodalaganda, ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, bevosita xalq
irodasini ifodalovchi, belgilangan tartibda davlat hokimiyatining oliy vakillik organi
tomonidan yoki referendum yo’li bilan qabul qilinadigan va oliy yuridik kuchga ega bo’lgan
normativ aktdir.
O’zbekiston Respublikasida normativ-huquqiy aktlarning quyidagi turlari mavjud:
1) qonunlar (Konstitutsiya, konstitutsiyaviy qonunlar va joriy qonunlar);
2) Prezident Farmonlari, qaror va farmoyishlari;
3) Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari;
4) davlat va xo’jalik boshqaruv organining qaror, buyruq va yo’riqnomalari.
5) mahalliy vakillik va ijroiya organlarining qarorlari.
5-§.
Do'stlaringiz bilan baham: |