Adolat (arabcha “adolat” - odillik, to’g’rilik) axloq va huquqning me’yoriy kategoriyalaridan biri bo’lib, mavjud ijtimoiy voqelik inson mohiyatiga va huquqlariga mos yoki mos emasligini ajratishda mezon bo‘lib xizmat qiladi. Adolat barchaning qonun oldida tengligi va qonunning barchaga teng tegishliligidir.
Aliment (lot. - qaramog’ida, boqimidagi) - qonun bo’yicha bir shaxs ikkinchisiga berishi majburiy yoki ixtiyoriy ravishda to’lanadigan mablag’. Aliment bo’yicha asosiy majburiyatlar - nikoh, qarindoshlik, ota-ona, asrab olish kabi oilaviy munosabatlar hisoblanadi. Aliment olish huquqiga balog’atga yetmagan bolalar, mehnatga layoqatsiz balog’at yoshidagi bolalar, ayrim hollarda mehnat qila olmaydigan keksalar haqlidirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |