Annuitetlar shartnomasi bo’yicha sug’urtalovchi hayotni sug’urta qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs.
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish davlat tomonidan munosib turmushni, ya’ni jamiyat rivojining zamonaviy bosqichidagi standartlarga mos moddiy ta’minotni va insonning erkin rivojlanishini ta’minlash maqsadida davlat
tomonidan kafolatlanadigan va amalga oshiriladigan huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy tavsifdagi chora-tadbirlar majmuasi.
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimi moddiy yordam ko’rsatish maqsadida aholining turli ijtimoiy-demografik va kasb guruhlari, shuningdek, davlat uchun alohida xizmat ko’rsatgan fuqarolarga taqdim etiladigan ijtimoiy pensiya, nafaqa, kompensatsiya, subsidiya va imtiyozlar tizimidir.
Aholini manzilli ijtimoiy muhofaza qilish aholining, asosan, muhtoj va nochor qatlamlarini ijtimoiy va moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlashga qaratilgan tizimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |