O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazi



Download 330,09 Kb.
bet95/163
Sana02.01.2022
Hajmi330,09 Kb.
#310300
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   163
Bog'liq
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish

Ijtimoiy sheriklik davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, shu jumladan, tarmoq, hududiy dasturlar, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligidir.

Davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ijtimoiy sheriklik sub’yektlaridir.

Davlat organlarining fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar va diniy tashkilotlar bilan hamkorligi alohida qonunlar bilan tartibga solinadi.

Ijtimoiy sheriklikning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

  • qonunga bo’ysunish;

  • teng huquqlilik;

  • ochiqlik va shaffoflik;

  • hammaboplik;

  • mustaqillik;

  • xolislik;

  • o‘zaro hurmat, manfaatlarning inobatga olinishi va mas’uliyat;

  • majburiyatlar qabul qilishning ixtiyoriyligi.

Ijtimoiy sheriklik quyidagi sohalarda amalga oshirilishi mumkin:

  • aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qo‘llab-quvvatlash va uning ijtimoiy faolligini oshirish;

  • aholining bandligini ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlikni rivojlantirish;

  • atrof-muhitni, aholining sog’lig’ini muhofaza qilish va sog’lom turmush tarzini qaror toptirish;

  • har tomonlama barkamol va sog‘lom yosh avlodni shakllantirish, yoshlarga bilim berish, ularni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash va kasbga yo‘naltirish;

  • onalik va bolalikni, shuningdek, xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotida to‘laqonli ishtirok etishini ta’minlash, sog‘lom oilani shakllantirish;

  • fan, ta’lim, axborotlashtirish, madaniyat va sportni rivojlantirish;

  • aholining huquqiy bilimlari, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolik jamiyati va demokratik huquqiy davlat asoslarini mustahkamlash;

  • millatlararo, madaniyatlararo totuvlik va fuqarolar totuvligi g‘oyalarini mustahkamlash, ko‘p asrlik, an’anaviy ma’naviy-axloqiy hamda tarixiy-madaniy qadriyatlarni tiklash va saqlash;

  • iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish;

  • jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish.

    1. Ijtimoiy sheriklikning asosiy shakllari

Ijtimoiy sheriklikning asosiy shakllari quyidagilardan iborat:

  • nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi;

  • nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi;

  • nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari vakillarining davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlari faoliyatida ishtirok etishi;

  • ijtimoiy sheriklik sub’yektlari tomonidan birgalikda tadbirlar, maslahatlashuvlar va muzokaralar o‘tkazilishi;

  • ijtimoiy sheriklik sub’yektlari tomonidan ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida bitimlar va shartnomalar (bundan buyon matnda bitimlar va shartnomalar deb yuritiladi) tuzilishi, birgalikdagi loyihalar va rejalarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishi;

  • ijtimoiy sheriklik sub’yektlari o‘rtasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, axborot almashish.

Davlat organlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ- huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini ularning roziligiga ko‘ra jalb etishi mumkin.

Davlat organlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ- huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda manfaatdor nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan takliflar to‘plashni amalga oshiradi.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini jalb etgan holda davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari:

  • ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha tashabbuslar bilan chiqishda, tegishli takliflar va loyihalarni tayyorlashda ishtirok etishga, shuningdek, ularni ko‘rib chiqish uchun vakolatli davlat organlariga kiritishga;

  • ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik ekspertizasini o‘tkazishda, ishlab chiquvchilar bilan kelishuvga ko‘ra, ularning jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishda ishtirok etish, loyihalar yuzasidan takliflarni ishlab chiqish, ularni 193

to‘plash va umumlashtirishni amalga oshirish, shuningdek, ushbu takliflarni ko‘rib chiqish uchun vakolatli davlat organlariga kiritishga;

  • birgalikda tadbirlarni tashkil etish va o’tkazish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarida belgilangan vazifalarni hal etishga qaratilgan loyihalar, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan davlat organlariga takliflar kiritishga;

  • ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlarning ro‘yobga chiqarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, uning yakunlari bo‘yicha takliflar tayyorlash hamda ularni vakolatli davlat organlariga kiritishga haqli.

Davlat organlari nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining tashabbuslari hamda takliflarini ko‘rib chiqishi shart.

Ijtimoiy sheriklik sub’yektlari:

  • konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlar, jamoatchilik muhokamalari, hasharlar, festivallar, sotsiologik so‘rovlar shaklida va boshqa shakllarda birgalikda tadbirlar;

  • bitimlar va shartnomalar tuzish, birgalikdagi loyihalar hamda rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, birgalikda tadbirlar tashkil etishga qaratilgan maslahatlashuvlar va muzokaralar o‘tkazishi mumkin.

Maslahatlashuvlar va muzokaralar birgalikdagi uchrashuvlar va jamoatchilik muhokamalarini tashkil etish, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarining fikrlarini so‘rash, ular ishtirokida davlat organlari huzurida ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlari tuzish yo‘li bilan o‘tkaziladi.

    1. Ijtimoiy sheriklik tizimini rivojlantirishda
      davlatning roli


Ijtimoiy sheriklik davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan, tarmoq, hududiy dasturlarni, shuningdek, 194

normativ-huquqiy hujjatlar hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligidir.

Mamlakatda ijtimoiy sheriklik tizimining holati uning ijtimoiy yo‘naltirilganligi, ya’ni qanday darajada ijtimoiy davlatligi bilan belgilanadi. Davlatning ijtimoiy xususiyati birinchi marta 1949-yil Germaniyaning Asosiy qonunida e’lon qilingan. Ushbu xususiyat davlat jamiyatga xizmat qilishini va asossiz ijtimoiy tafovutlarga barham berish yoki ularni imkon qadar kamaytirishga harakat qilishini nazarda tutadi9.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 14-moddasida “Davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko'zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi”10, deb belgilab qo'yilgan. Ushbu umumiy qoidadan O'zbekiston davlatining quyidagi Konstitutsiyaviy burchlari kelib chiqadi: insonlar sog'lig'ini muhofaza qilish, mehnatga haq to'lashning

kafolatlangan eng kam miqdorini belgilash, oila, onalik, otalik va bolalik, nogironlar va qariyalar davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishini ta’minlash, ijtimoiy xizmatlar tizimini rivojlantirish, davlat pensiyalari, nafaqalar va ijtimoiy himoya qilishning boshqa kafolatlarini belgilash.

Ijtimoiy davlatda, eng avvalo, mehnatga layoqatli aholining maksimal darajadagi ish bilan bandligi; ishlab chiqarish kuchlarining jamiyat manfaatlarida rivojlanishi va mehnat unumdorligini oshirish; yollanma xodimlarning iqtisodiy va ijtimoiy-mehnat muammolarini hal qilishda ishtirok etishini nazarda tutadigan iqtisodiy demokratiya, ijtimoiy boqimandalik omillarini istisno qilgan holda shaxsning rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish, jamiyatning qatlamlarga bo‘linishi va daromadlar darajasida asossiz ravishdagi tafovutlarga yo‘l qo‘ymaydigan tarzda daromadlarni barcha toifadagi va qatlamdagi fuqarolar o‘rtasida oqilona taqsimlash ko‘zda tutiladi. Ijtimoiy davlat jamiyatning mehnatga layoqatsiz a’zolari haqida, ularga keksalikda moddiy farovonlik yuqori darajada bo‘lishi bilan ta’minlangan ijtimoiy va madaniy hayotda imkon qadar uzoq vaqt ishtirok etishni kafolatlaydigan g‘amxo‘rlikdir.

Ijtimoiy davlat ijtimoiy sheriklikning rivojlangan institutlari, ya’ni bozor iqtisodiyoti amal qiladigan rivojlangan jamiyatga xos bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarning o‘ziga xos turlarisiz mavjud bo‘la olmaydi. Ijtimoiy munosabatlarning mazkur turi, eng avvalo, umumiy, bir-biriga aynan o‘xshash qiziqishlardan tashqari, bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy intilishlar bilan tavsiflanadi. Shu bilan bir paytda, ushbu munosabatlar qarama-qarshilikka emas, balki ijtimoiy murosa, hamjihatlik, ijtimoiy sheriklik tomonlarining o‘ziga xos manfaatlarini amalga oshirishda maqbul muvozanatni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, bunda tadbirkor, mulk egasi barqaror foyda olishni, yollanma xodimlar esa ushbu jamiyat mezonlari bo‘yicha munosib sanalgan turmush sharoitlarini ta’minlay oladi.

Ijtimoiy sheriklik davlat tuzilmalari, tadbirkorlik sub’yektlari va jamoat birlashmalarining o‘zaro manfaatli uchburchagidir (1.2-rasm).


Download 330,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish