O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazi



Download 330,09 Kb.
bet94/163
Sana02.01.2022
Hajmi330,09 Kb.
#310300
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   163
Bog'liq
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish

9.1-jadval

Toshkent shahar ishsizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish o’quv markazida o’qitilayotgan kasb-hunarlar ro’yxati

T/r

Kasb-hunarlar

T/r

Kasb-hunarlar

1.

Elektrpayvandchi

16.

Shaxsiy kompyuter ta’mirlovchisi

2.

Gazpayvandchi

17.

Yengil kiyim tikuvchisi

3.

Ofis menejeri

18.

Uyali telefon ta’mirlovchisi

4.

Santexnik

19.

Tikuvchi (porter va pardalar)

5.

Duradgor

20.

Poyafzal ta’mirlovchi

6.

Ish yurituvchi

21.

1S buxgalteriya dasturi

7.

EHM operatori

22.

MS offise 2003/2007 dasturlovchi

8.

Uqalovchi

23.

Elektr tarmoqlari montyori

9.

Dasturlovchi

24.

Suvoqchi

10.

Sartarosh

25.

Bo’yoqchi

11.

Tadbirkor

26.

Milliy kiyim tikuvchi

12.

Oshpaz-qandolatchi

27.

Gilam to’quvchi

13.

Buxgalter

28.

Popopchi

14.

Tikuvchi-operator

29.

Kashta tikuvchi

15.

Internet asoslari

30.

Zardo’z

Mehnat bo’limlarida ro’yxatdan o’tgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarni kasbga tayyorlashda moliyaviy ta’minlash ish bilan ta’minlashga ko’maklashuvchi davlat jamg’armasining ana shu maqsadlari uchun nazarda tutilgan mablag’lar hisobidan oshiriladi.

Ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish uchun mo’ljallangan sarf-xarajatlar quyidagilardan tarkib topadi:

  • o’qituvchilar, ishlab chiqarish ta’limi ustalari (yo’riqchilari) va xalq ustalarining mehnatiga haq to’lash;

  • o’quv yurtlari, korxonalarning o’quv bo’linmalaring malaka imtihonlari komissiyasi a’zolarining mehnatiga haq to’lash;

  • boshqa hududlardan kelib o’qiyotgan fuqarolarning transport va

mehmonxonada yashashlari uchun sarflangan xarajatlar;

  • o’qish davrida qonunchilik tomonidan belgilangan miqdorda

stipendiyalar to‘lash;

  • o’quv reja va dasturlari, o’quv-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqarish va xarid qilish uchun to’lanadigan mablag’lar;

  • jihozlar, boshqa ashyoviy zaxiralarni qisman xarid qilish, zarur o’quv ishlab chiqarish maydonlarini ijaraga olish, o’quv va korxonalarning xizmatlaridan foydalanish uchun haq to’lash;

  • ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tashkil qilish va amalga oshirish bilan bevosita bog’liq bo’lgan o’zga xarajatlar.

Ish bilan ta’minlashga ko’maklashuvchi davlat jamg’armasi hisobidan ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish 184

uchun mablag’ xarajatlari smetasi joriy tartibda mehnat bo’limlari tomonidan tasdiqlanadi.

    1. Ishsizlarni ijtimoiy muhofaza qilishning xorijiy tajribalari

Bozor iqtisodiyoti asoslangan mamlakatlarda ishsizlarga moddiy yordam ko‘rsatish tizimi XX asr boshlaridan shakllana boshlagan. Birinchi jahon urushi yillari oldidan va bevosita undan so‘ng ishsizlik bo‘yicha ijtimoiy nafaqalar tizimi Belgiya (1900-y.), Fransiya (1905 y.), Norvegiya (1906-y.), Daniya (1907-y.), Buyuk Britaniya (1911-y.), Gollandiya, Ispaniya, Italiya (1919-y.), Germaniya (1921-y.) kabi davlatlarda joriy etilgan.

Yana bir guruh mamlakatlar shu kabi tizimlarni 30-yillar va ikkinchi jahon urushi yillarida joriy etgan, bular: AQSH (1934-y.), Shvetsiya (1934-y.), Kanada (1940-y.), Meksika (1943-y.), Yaponiya, Avstraliya va Urugvay (1944-y.). Urushdan keyingi yillarda ishsizlik bo‘yicha nafaqalarni Misr (1951-y.), Nikaragua (1955-y.), Braziliya (1965-y.), Argentina (1969-y.) mamlakatlari joriy etdi. Hozirgi kunda ishsizlarga moddiy yordam ko‘rsatish tizimi deyarli barcha bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlarda mavjud.

Jahon sotsialistik tizimi parchalanib ketgandan so‘ng ishsizlik bo‘yicha sug‘urtalash uning tarkibida bo‘lgan mamlakatlar uchun ham zarur bo‘lib qoldi. Jumladan, Chexiya, Slovakiya va Ruminiyada tegishli qonunlar 1991-yil, Bolgariyada esa 1989-yil qabul qilingan, Polshada ishsizlarga yordam bo‘yicha qonunlar (1991-yildan 1994-yilgacha) amal qildi.

Rivojlangan mamlakatlarda ishsizlik bo‘yicha sug‘urtalash jamg‘armalari ish beruvchilar va xodimlarning badallari hisobiga shakllanadi. Ular ishtirokining ulushi ish beruvchi uchun teng yoki kattaroq bo‘lishi mumkin. Masalan, Germaniyada ish beruvchilar ham, ishchilar ham ish haqining 3,25 foizidan to‘laydi. Buyuk Britaniyada ishchilar 2-10 foiz, ish beruvchilar 3-10 foiz, Fransiyada mos ravishda 3,01-3,60 foiz va 5,13-5,26 foiz, Yaponiyada 0,4 foiz, sanoatda 0,75 foiz, mavsumiy ishlarda 0,95 foiz, qurilishda 10,5 foizni tashkil etadi (bu o‘rinda iqtisodiyotning ushbu tarmog‘i bilan bog‘liq quruvchilar o‘rtasida uzoq vaqt davomidagi ishsizlik nazarda tutiladi). Ishsizlik bo‘yicha sug‘urtalash jamg‘armasidagi davlat ulushi Yaponiyada 25 foiz, Finlyandiyada 47,5 foizni tashkil etadi. Boshqa rivojlangan mamlakatlarda ishsizlik holatida to‘lovlar bo‘yicha sug‘urta jamg‘armalarini shakllantirishda davlat ishtirok etmaydi.

Ishchilar maoshidan badallarni joriy etishning maqsadi ularning haq to‘lanadigan ishga nafaqat joriy moddiy holatning manbayi, balki kutilmagan hodisalarga zaxira sifatida manfaatdorligini kuchaytirishdan iborat. Shunga qaramasdan, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlarning bir qatori, jumladan, AQSH (bir qancha shtatlar bundan mustasno) va Italiya ishchilarning ishsizlik bo‘yicha sug‘urtalash jamg‘armalariga badal to‘lashlarini ko‘zda tutmaydi.

Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armalari mamlakatlarning budjetidan soliq ajratmalari hisobiga shakllanadi. Ulardan nafaqalar, odatda, yagona miqdorlarda to‘lanadi. Ushbu jamg‘armalardan nafaqa oladigan ishsizlar ikki guruhga bo‘linadi. Birinchisiga, ishsizlik bo‘yicha sug‘urtalash nafaqaga bo‘lgan huquqni beruvchi zarur shartlarga to‘liq to‘g‘ri kelmaydiganlar kiradi. Bu, avvalambor, o‘quv yurtini bitirgandan so‘ng ilk bor ishga joylashayotgan shaxslar yoki ishdagi uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng mehnat faoliyatini tiklash niyatida bo‘lgan insonlardir. Bu toifaga, asosan, kichik yoshdagi bolalari bo‘lgan ayollar hamda bandligi tasodifiy xarakterga ega vaqtinchalik ishchilar kiradi. Ular da’vo qilishi mumkin bo‘lgan ko‘maklashuv bo‘yicha nafaqalar yagona pul summasida to‘lanadi yoki minimal ish haqiga yo‘naltirilgan.

Ikkinchi guruhga ish haqiga mutanosib nafaqalarni olish huquqini yo‘qotgan ishsizlar kiradi. Bunday ko‘maklashuv nafaqalarini to‘lash muddati cheklanmagan yoki sug‘urta nafaqalaridan ko‘ra sezilarli darajada yuqori. Qator mamlakatlarda, masalan, Avstraliyada mazkur ishsizlar uchun moddiy yordam turi yagona hisoblanadi. Bu yerda ko‘maklashish bo‘yicha nafaqalar ehtiyojlikni tekshirgandan so‘ng qat’iy miqdorlarda taqdim etiladi. Ular ishsizning yoshi va oilaviy holatiga ko‘ra o‘zgarib turadi. Xuddi shunday tizim Yangi Zelandiyada ham mavjud. U nafaqa to‘lanishini 2 haftadan 4 haftagacha kutish davrini nazarda tutadi. Belgiyada ko‘maklashish bo‘yicha nafaqalar ishsizlarning alohida toifasi uchun kafolatlangan minimum moddiy yordam hisoblanadi, buning qatorida ilgarigi maosh asosida hisoblangan va taxminan ular miqdorining 60 foizini tashkil etadigan ishsizlik bo‘yicha sug‘urtalash nafaqalarining umumiy tizimidan iborat. Fransiyada ishsizlik bo‘yicha nafaqalarni to‘lashning ikki tizimi mavjud. Birinchisi yollash bo‘yicha ishchilar uchun ishsizlikka oid sug‘urtalash tizimidir. Ikkinchisi bahamjihat tizimi deb nomlanishi mumkin: u mehnatga layoqatli aholining alohida toifalari uchun ko‘maklashish tamoyiliga ko‘ra amal qiladi, ular qatoriga yosh bolali yolg‘iz onalar, harbiy xizmatdan qaytganlar, sobiq mahbuslar, sug‘urta nafaqasini olish huquqini yo‘qotgan uzoq muddat davomida ishsiz bo‘lganlar kiradi. Hamjihatlik tizimi bo‘yicha to‘lovlar miqdori qat’iy hajmda belgilanadi hamda ular yosh va oilaviy holatga ko‘ra o‘zgarib turadi. Nafaqa miqdori har 6 oyda qayta ko‘rib chiqiladi. 12 yil stajga ega 59 yoshdan katta bo‘lgan shaxslar ishsizlikka oid ko‘maklashish nafaqasini pensiya yoshiga to‘lgunga qadar (65 yoshgacha) olishlari mumkin.

Ko‘plab mamlakatlarda (Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya) ko‘maklashish bo‘yicha nafaqalarni to‘lash bu kabi nafaqalarni olishga da’vogar shaxslarning ehtiyojlik darajasini tekshirishni nazarda tutadi.

Xitoyda mamlakatning provinsiyalari qonunchiligi bilan belgilangan sug‘urtalash va ko‘maklashishning aralashgan tizimi amal qiladi. Bu yerda ishsizlik bo‘yicha nafaqalar fondi ish beruvchilar badallari hisobiga shakllanadi (ish haqi fondining 0,6-1 foizi). Nafaqa to‘lanishining davomiyligi ish stajiga bog‘liq: ishchida bir yildan 5 yilgacha staji mavjudligida nafaqa bir yil davomida to‘lanadi, 5 yil va undan ko‘p bo‘lganda ikki yil mobaynida to‘lanadi.

Ijtimoiy sug‘urtalash tizimi bo‘yicha ishsizlikka oid nafaqalarni korxonada muayyan vaqt ishlagan va odatda, ishsizlik bo‘yicha nafaqalar fondiga sug‘urta to‘lovlariga ega xodimlar oladi. Bu o‘rinda ishsiz qolgan xodimlar agar ular o‘z xohishiga ko‘ra emas, balki ish beruvchi tomonidan bo‘shatilgan, ishda nomaqbul harakatlarga yo‘l qo‘ymagan hamda mehnat va ishlab chiqarish intizomini buzmagan bo‘lsalar, unda ular nafaqa olishga da’vogarlik qilishlari mumkin.

Maoshni ishsizlik bo‘yicha nafaqa bilan qoplash foizii mamlakatlar bo‘yicha turlicha, masalan: Yaponiyada - 60-80 foiz (kam haq to’lanadigan xodimlar uchun yuqoriroq qoplash foizii nazarda tutilgan), Shvetsiyada - 75 foiz, AQSHda - 50 foiz, Germaniyada - 67 foiz (bolalari yo‘q xodimlar uchun 60 foiz), SHveysariyada - 79,2 foiz (qaramog‘ida bo‘lganlar bo‘lsa). Sobiq sotsialistik mamlakatlarda maosh o‘rnini qoplash miqdori Bolgariyada - mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ish haqining 60foizi, Vengriyada - ishsizlikning dastlabki yilida ishchi ish haqining 70foizi va ikkinchi yilda - 50 foiz, Polshada - 36 foiz, Chexiyada - birinchi uch oy ishsizlikda 60 foiz va 50 foiz keyingi uch oy mobaynida, Ruminiyada - so‘nggi 3 oy ishlash davomidagi ish haqining 50 foizi miqdorida (agar ishchi 5 yildan kam bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lsa, unga nafaqa to‘lanadi, 5­15 yil stajga ega shaxslarga esa nafaqa 5 foiz oshiriladi, 15 yil va undan yuqori stajga egalarga yana 5 foiz oshiriladi) to‘lanadi.

Aksariyat bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlarda maoshni qoplashning maksimal foizi 60 foizni tashkil etadi. Bu inson va uning oilasi turmush darajasi keskin tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun yetarli hisoblanadi, qayta malaka oshirish yoki mehnat bozoridagi ehtiyojlarga javob beruvchi yangi mutaxassislikni egallashga mablag‘ beradi. Amalda shu namoyon bo‘lmoqdaki, agar xodim ishsiz bo‘lib qolib, o‘z daromadining katta bo‘lmagan qismini yo‘qotsa, u odatda ish izlashni paysalga soladi va buning ustiga yuqori maoshga da’vo qilmaydi, natijada bu ham uning ishga joylashishini qiyinlashtiradi.

Mamlakatlar bo‘yicha ishsizlikka oid nafaqani to‘lash davomiyligi ham turlicha. Masalan, AQSHda bu 26 haftaga teng (nomaqbul bandlik holati mavjud shtatlarda bu davr yana 13 haftaga oshiriladi). Buyuk Britaniyada nafaqa 6 oy davomida to‘lanadi. Germaniya va Fransiyada nafaqa to‘lash davomiyligi sug‘urta staji va xodim yoshi bilan bog‘liq bo‘lib, tegishli ravishda 78-832 kunni va 4-27 haftani tashkil etadi. Shvetsiyada 55-64 yoshdagi shaxslarga nafaqalar to‘lash davomiyligi 300 va 450 kunga teng. Yaponiyada 45 yoshgacha bo‘lgan doimiy xodimlar ishsizlik bo‘yicha nafaqani 240 kungacha bo‘lgan muddat davomida olish huquqiga ega, 45-65 yoshda esa 30 kungacha, 45 yoshgacha bo‘lgan 188

vaqtinchalik ishchilar esa nafaqani 180 kun davomida olishga, 45-65 yoshda 210 kungacha olish huquqiga egadirlar. Shveysariyada nafaqani to‘lash davomiyligi yoshga bog‘liq: 50 yoshgacha bo‘lgan ishsizga 150 kun, 50-60 yoshdagiga 250 kun va 60 yoshdan katta bo‘lganlarga 400 kun davomida to‘lanadi.

Bolgariyada nafaqa to‘lash davomiyligi yoshga bog‘liq, Vengriyada bu muddat 2 yilga teng, Ruminiyada - 270 kun, Polshada - 12 oy (25 yillik ish stajiga ega ayollar uchun va 30 yillik ish stajiga ega erkaklar uchun nafaqa to‘lash davomiyligi 18 oygacha uzaytiriladi).

Qator mamlakatlarda nafaqalar ishsizlikning birinchi kunidan to‘lanadi. Masalan, Buyuk Britaniya va Norvegiyada 3-kunlik, Shveysariya va Isroilda 5 kunlik, Italiyada 7 kunlik, Venesuelada 1 oylik kutish davri nazarda tutilgan.

Ayrim mamlakatlarda ishsizlarga moddiy yordam ko‘rsatish tizimi mavjud emas. Bunday mamlakatlar qatoriga Nikaragua, Pokiston, Paragvay, Suriya, aksariyat Afrika mamlakatlari kiradi. Bir xil mamlakatlarda qonun bo‘shatilgan ishchilarga ish beruvchi yordam ko‘rsatishini talab qiladi. Jumladan, Meksikada qonunchilikda ish beruvchi bo‘shatilgan xodimga yakuniy nafaqani 3 oylik ish haqi miqdoriga ushbu ish beruvchi qo‘lida ishlagan har yili uchun 20 kunlik ish haqini qo‘shgan holda to‘lash belgilangan. Turkiyada ish beruvchi bo‘shatilgan xodimga har bir ishlagan yili uchun 30-kunlik, Hindistonda 15 kunlik ish haqini to‘lashi shart. Braziliya, Chili kabi mamlakatlarda ishsizlik bo‘yicha nafaqalarni to‘lash fondiga badallar faqat davlat tomonidan kiritiladi. Shu bilan birga, qator rivojlanayotgan mamlakatlarda rivojlangan bozor iqtisodiyoti davlatlardagilarga o‘xshash tizimlar mavjud. Masalan, Urugvayda ishsizlarga nafaqa ish haqining 50 foizi miqdorida to‘lanadi, qaramog‘ida shaxslar bo‘lgan ishsizlarga esa 180 kun davomida yana qo‘shimcha 20 foiz to‘lanadi. Venesuelada ishsizlik bo‘yicha nafaqa ish haqining 60 foiz miqdorida 13 hafta davomida to‘lanadi, alohida holatlarda esa ushbu davr 26 haftagacha uzaytirilishi mumkin. Tunisda ishsizlik bo‘yicha nafaqa minimal ish haqiga teng va 3 oy davomida to‘lanadi.

Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida ishsizlarga ko‘maklashish tizimlari ko‘p jihatdan rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlari bilan o‘xshashdir. Lekin mazkur mamlakatlarda ishchilar, umuman, hech narsa to’lamaydi (Bolgariya, Polsha, Ruminiya) yoki kam foizi (Chexiyada ishchilar - 0,4 foiz, Ruminiya va Slovakiyada - 1 foiz) to’laydilar. Ishsizlik bo’yicha nafaqalar to‘lash fondlari ushbu mamlakatlarda deyarli ish beruvchilar tomonidan shakllantiriladi, chunki ular ishchilar ish haqi fondidan yuqori foizi ajratadilar: Bolgariya, Vengriya, Ruminiyada - 5 foiz; Polsha, Slovakiya va Chexiyada - 3 foiz. Davlat mazkur mamlakatlarda tanqislik yuzaga kelganda, ularni qoplaydi.

Qator mamlakatlarning qonunchiligida ishsiz kishi qaramog‘ida shaxslar mavjudligida ishsizlik bo‘yicha nafaqani oshirish ko‘zda tutilgan. Masalan, Finlyandiyada ehtiyojlikni tekshirishni nazarda tutuvchi bazaviy nafaqani to‘lash tizimi bo‘yicha ishsiz kishi kuniga 118 marka oladi, bir bola mavjudligida nafaqa 24 markaga, ikki nafar bolada esa 35 markaga, uchta va undan ko‘p bo‘lganda, 45 markaga oshiriladi. Agar xodim sug‘urtalash tizimi bilan qamrab olingan bo‘lsa, kuniga 118 marka nafaqaga qo‘shimcha ravishda yana o‘z ish haqining 42 foiz miqdorida mablag‘ oladi. Xodim qancha ko‘p ish haqiga ega bo‘lgan bo‘lsa, u shuncha ko‘p miqdorda qat’iy nafaqalar va ish haqiga nisbatan kam summani (20 foiz) oladi. Qaramog‘ida bo‘lganlarga to‘lovlarni amalga oshirish ham bazaviy nafaqa to‘lash tizimi kabidir. Ispaniyada maksimal nafaqa 170 foiz minimal professional ish haqiga teng, bolalar mavjudligida - 220 foiz tashkil etadi. Bolalar mavjudligida minimal nafaqa minimal ish haqiga teng, ular bo‘lmaganda, minimal ish haqining 75 foizini tashkil qiladi. Norvegiyada nafaqa kunlik ish haqining 0,2 foizdan kuniga maksimum 438 kron miqdorida belgilanadi. Har bir bola uchun kuniga yana qo‘shimcha 6 kron to‘lanadi. Agar ishsiz ishga joylasha olmasa, bolalarga qo‘shimcha to‘lovlar kuniga 12 krongacha oshiriladi.

Nazorat va muhokama uchun savollar



  1. “Ishsizlik” tushunchasiga ta’rif bering.

  2. Davlat ishsiz shaxslarga nimalarni kafolatlaydi?

  3. Ishsizlarga moddiy yordam ko‘rsatish tizimi qachon shakllangan?

  4. Ishsizlarni ijtimoiy muhofaza qilish mexanizmi nimalardan iborat?

10-bob. IJTIMOIY MUHOFAZA SOHASIDA SHERIKLIK
MUNOSABATLARI


    1. Ijtimoiy sheriklik va uning sub’yektlari


Download 330,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish