O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazi



Download 330,09 Kb.
bet89/163
Sana02.01.2022
Hajmi330,09 Kb.
#310300
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   163
Bog'liq
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish

8.2-jadval

Mehnatni muhofaza qilish sohasida himoya bilan ta’minlashning iqtisodiy-


huquqiy va tashkiliy mexanizmi


Mehnat sharoitlari zararli va xavfli bo’lgan ish joylarida ishlab chiqarish bilan bog’liq jarohatlanish va kasb kasalliklarini profilaktika qilish choralari

Ishlab chiqarish bilan bog'liq sabablarga ko'ra ishchilarning mehnatga layoqatliligini yo'qotish hollaridagi ijtimoiy himoya

Ishga joylashayotganda

Ish jarayonida

Mehnat sharoitlari zararli va xavfli bo’lgan ishlarda ishlab chiqarish bilan bog’liq jarohatlanish va kasb kasalligiga uchrash xatarining yuqori darajalari haqida ogohlantirish

Tashkilot ma’muriyati (ishga oluvchilar) tomonidan ish joylarida mehnat uchun xavfsiz sharoitlar yaratilishi

Tibbiy muassasalar tomonidan kasb kasalligiga uchrashning dastlabki bosqichlaridayoq ishchilarda mehnatga layoqatlilikning yo'qotilishini aniqlash va boshqa ishga o'tishini ta’kidlash

Ishchilar bilan tezkor mehnat shartnomasi tuzishda kasb kasalligi xatarini imkon qadar kamaytiruvchi muddatni tanlash va belgilash

Ishchilarni samarali va ishonchli jamoa va individual himoyalanish bilan ta’minlash

Mehnatga layoqatlilikni yo'qotgan ishchilar va ularning oilalarining iqtisodiy himoyasini ta’minlovchi tashkilotlarga ijtimoiy sug'urta xarajatlarini qoplash

Ishga joylashayotganlarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish

Ma’muriyat tomonidan ishchilarni muntazam tarzda tibbiy ko'rikdan o'tkazishning ta’minlanishi

Kasbiy tayyorgarlik va tavsiyalar

Ma’lum davrlarda tavsiyalar berish va kasbiy tayyorgarlikni tashkil etish

Ishlab chiqarishda jarohatlanganlarning tibbiy, ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiyasini tashkil qilish

Xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish mexanizmini ikkita - ijtimoiy-iqtisodiy va moddiy-ashyoviy tuzilmalar yordamida tasniflash mumkin.

Xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlari tarkibi quyidagilardan iborat (8.1-rasm):

  1. Ijtimoiy-mehnat munosabatlari - ijtimoiy kafolatlar:

  • ish vaqti davomiyligini tartibga solishni ta’minlovchi: mehnat va dam olish tartiblari, mehnat yoshi chegaralari, pensiya ta’minoti huquqiga ega bo‘lish uchun mehnat stajining eng kam miqdori, ishga qabul qilishning eng kichik yosh davri. Ijtimoiy-mehnat tizimi kafolatlarining ishlab chiqilishidagi asosiy yondashuv sifatida Xalqaro Mehnat Tashkilotining konvensiya va tavsiyalari olinadi;

8.1-rasm. Mehnat jarayonida xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish


mexanizmlari


  • moddiy jihatdan ta’minlovchi kafolatlangan eng kam ish haqi miqdori, mehnatga haq to‘lashning ta’rif setkalari, tashkilot hisobidan ta’tillar, mehnatga layoqatligini yo‘qotish bilan bog‘liq holda eng kam miqdordagi yordam puli va nafaqalar;

  • mehnat yuklamalari miqdori - jismoniy yuklama, mehnat intensivligi va bir maromdaligi, ish tezligi, mehnatni me’yorlash;

  • kasbiy-ta’lim va axborot ta’minoti - ishchilarning kasbiy tayyorlarligi tizimining mavjudligi, ayniqsa, kasb xatari yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish va kasblarda.

  1. Tibbiy:

  • dastlabki va davriy tibbiy ko’riklardan o’tkazish, birinchi tibbiy yordamni tashkil etish;

  • ishlab chiqarishda jarohatlangan xodimlarni davolash, mehnat layoqatligini yo‘qotilganini (shu jumladan, ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasb kasalligi sababli) aniqlash tizimi.

  1. Kompensatsiya-reabilitatsion:

  • ishlab chiqarishda mehnatga layoqatligini yo‘qotgani uchun moddiy ta’minlash (kompensatsiyalash);

  • ishlab chiqarishda jarohatlanganlarning tibbiy, ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiyasi;

  • salomatlikka kasb xatari yuqori bo‘lgan ishlab chiqarishda imtiyoz va kompensatsiyalar to‘lash (qo‘shimcha ta’til, qisqartirilgan ish kuni, muddatidan oldin tayinlanadigan pensiya).

  1. Tashkiliy-nazorat:

  • ish joylarida mehnatni muhofaza qilish holatlarini ekspertiza qilish;

  • ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar tekshiruvini tashkil etish.

Xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishning moddiy-ashyoviy mexanizmlari ishlab chiqarish sohasining moddiy-ashyoviy elementlari, ijtimoiy infratuzilma, mehnat muhofazasi, gigiyenasi va tibbiyoti kabilardan tashkil topgan guruh bo‘lib, ular insonning mehnat faoliyati jarayonidagi ijtimoiy himoyalanishining ma’lum darajasini belgilaydi.

Xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishning ushbu mexanizmlari guruhini quyidagicha turkumlash mumkin:

  • ijtimoiy muhofazaning texnik mexanizmlari - ishlab chiqarish fondlarining mexanizatsiya va avtomatlashtirilish darajasi, mehnatning jamg‘arma va energiya bilan ta’minlanganligi, asosiy ishlab chiqarish bo‘linmalarining holati (ularning jismoniy va ma’naviy eskirganligi), mehnat gigiyenasi va xavfsizlik texnikasi talablariga mehnat qurollari va ish joyining javob berish darajasi; xodimlarni individual va jamoa tarzda himoyalash vositalarining mavjudligi va xavfsizlik texnikasiga javob berishi;

- ijtimoiy-maishiy infratuzilma: sanitar-maishiy infratuzilmaning (dush, kiyinish xonasi, ovqatlanish joyi) mavjudligi va sanitariya talablariga javob berishi.

Ta’kidlash joizki, mazkur elementlarning ikkita katta guruhga (ijtimoiy- iqtisodiy va moddiy-ashyoviy) tasniflanishi ularning tarkibi va o‘zaro bog‘lanishi haqida tasavvur hosil qiladi.

8.3. Xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishda Xalqaro Mehnat Tashkilotining


o‘rni


Aholini ijtimoiy muhofaza qilish muammolari alohida mamlakatlar vakolati hisoblanmaydi. Muammoning aksariyat qismi insoniyat sivilizatsiyasining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi tufayli xalqaro ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun bu muammolar bilan turli xalqaro tashkilotlar - Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) singari mustaqil tashkilotlar faol shug‘ullanadi.

XMT ijtimoiy tinchlikni qaror toptirish va saqlash, inson huquqlarini muhofaza qilish, ijtimoiy-mehnat munosabatlarini boshqarish va mehnat sohasidagi bir qator o‘ziga xos masalalarni hal qilish maqsadida tashkil etilgan. U o‘z faoliyati mobaynida muzokara jarayonini rivojlantirish, yuzaga keladigan ijtimoiy-mehnat muammolari va nizolarni muzokaralar va bitimlar asosida bartaraf qilish va ko‘pincha mehnatning aniq muammolarini hal etish borasida katta tajribaga ega hamda beqiyos amaliy ishni amalga oshirgan. XMT ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish, sog‘lom ijtimoiy-mehnat munosabatlarini qaror toptirishda zarur bo‘ladigan organlar va mexanizmlarni yaratish hamda mustahkamlashda hukumatlar, tashkilotlar, xodimlar va tadbirkorlarga yordam ko‘rsatadi.


Download 330,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish