O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazi



Download 330,09 Kb.
bet27/163
Sana02.01.2022
Hajmi330,09 Kb.
#310300
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   163
Bog'liq
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish

2.2-jadval

Majburiy ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy yordam tavsiflarining mutanosibligi

Ijtimoiy sug’urta

Ijtimoiy yordam

Moliyalash, odatda, ishchi va ish beruvchilarning sug’urta badallari hisobiga davlat aralashuvi ehtimoli bilan amalga oshiriladi

Davlat budjeti hisobidan moliyalanadi

Ishtirok etish majburiy. To’lovlar badallaridan shakllangan sug‘ urta jamg’armalari dan to’lanadi

Qonunchilikka ko’ra, to’lovlar muhtojlarning ma’lum toifalariga beriladi

Aksariyat hollarda qo’shimcha mablag’ talab qilinmaydi, chunki jamg’armalarning bir qismi daromad olish maqsadida sarmoya qilinadi

Muhtojlikka baho berilishida shaxslarning mulki miqdori aniqlanadi. Ba’zida ma’lum jihatlar qayd etilmaydi (katta miqdorda bo'lmagan shaxsiy mablag')

Shaxsning nafaqa puli olish huquqi; uning muhtojligi qayd etilmagan tarzda olishi mumkinligini tasdiqlovchi hujjatlar asos bo’ladi

Nafaqa berishdan maqsad - shaxsning daromadlari miqdorini ma’lum minimumgacha yetkazish, bunda boshqa omillar ham inobatga olinadi (oila kattaligi, majburiy to'lovlar)

To’lov va nafaqalar miqdori shaxs kimligi (beva, nogiron va h.k.) yoki qancha daromad topishi bilan bog’liq

Nafaqa miqdori oldingi ish haqi yoki hayot darajasi bilan bog'liq emas

Ishlab chiqarishda sodir bo’lgan baxtsiz hodisalarni sug’urtalash sxemalari, odatda,

Ijtimoiy yordamning farovon turmush tarzi bilan umumiy jihatlari mavjud, biroq ijtimoiy

to’laligicha ish beruvchi tomonidan moliyalanadi

yordam nochorlikning keskin shakllari va ijtimoiy kamsitilishga yo‘l qo’ymaslik muammosini hal etishga qaratilgan

Sug‘urtani (shaxsiy va majburiy sug‘urtalarni) ijtimoiy himoyaning boshqa institutlaridan farqlovchi tomoni shundaki, bu shaklda sug‘urtalangan shaxs faqatgina avval sug‘urta qilingan va sug‘urta zarurati tasdiqlangan shart bilan mablag‘ olishi mumkin. Umuman olganda, boshqa shartlar qo‘yilmaydi. Mazkur holat muhtojlikni tekshirish zaruratidan ozod qiladi.

Ijtimoiy sug‘urta tizimi boshqa ijtimoiy himoya tizimlaridan (ijtimoiy yordam, shaxsiy sug‘urta) uning asosini kelgusida paydo bo‘lishi ehtimoli mavjud ehtiyojlarning turlari tashkil qilganligi (ish haqining o‘rnini qoplash, kasallik,

baxtsiz hodisa, keksalik tufayli) bilan farqlanadi, shuningdek, u mehnat munosabatlari (ish bilan band aholining majburiy sug‘urtalanishi),

sug‘urtalanganlarning o‘z huquqlarini amalga oshirishlarining ijtimoiy kafolatlari bilan ham chambarchas bog‘liqdir.

Shaxsiy sug‘urta hamda ijtimoiy yordam institutlari bunday masalalarni hal etishga qodir emas. Shaxsiy sug‘urta aholi katta qismining sug‘urta badallarini to‘lashga imkoni yo‘q. Davlat budjeti tomonidan ta’minlanadigan ijtimoiy yordamning ham moliyaviy imkoniyatlari cheklangan va u faqatgina jamiyatning mehnatga layoqatsiz a’zolari uchun mo‘ljallangan.

Shaxsiy sug‘urtada sug‘urta to‘lovlari miqdori individual ravishda shartnoma asosida belgilansa, ijtimoiy sug‘urtada bu hol qonunlar asosida ijtimoiy xavf-xatar mexanizmlari va usullari yordamida amalga oshiriladi.

Ijtimoiy sug‘urta tizimlarini moliyalashtirish amaliyoti shaxsiy sug‘urta omillaridan xoli tarzda shakllantiriladi. Shaxsiy sug‘urtada shaxsning sug‘urta badallari sug‘urtalanuvchilarga berilayotgan mablag‘ bilan ekvivalent bo‘lishi lozim. Ijtimoiy sug‘urtada yig‘ilgan mablag‘lar hamjihatlik tamoyilidan kelib chiqqan holda, ya’ni moddiy jihatdan yaxshiroq ta’minlanganlar kam ta’minlanganlarni qo‘llab-quvvatlashlarini ham nazarda tutgan holda taqsimlanadi.

Milliy ijtimoiy himoya tizimlarining turli usullarda shakllanishini bir qator omillar bilan izohlash mumkin. Jumladan: mamlakatlarning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanish darajasi, ularning geografik joylashuvidagi xususiyatlar, davlat tuzilishi shakli, madaniy va tarixiy an’analari, fuqarolik jamiyatining mavjudligi va hokazolar. Bunda ijtimoiy himoyaning milliy tizimlari evolyutsion rivojlanishi davomida ularning turli shakllari o‘ziga xos uslublarda bir-birlarini to‘ldirib kelgan, shuning natijasida xususiy, jamoa-guruh, davlat himoyasi shakllarining turli kombinatsiyasi hosil bo‘lib, u ijtimoiy himoya modelini shakllantirgan. Ijtimoiy himoya modellarining xos xususiyatlarini belgilovchi eng muhim omil bu mablag‘larni ijtimoiy himoya maqsadlariga qayta taqsimlash mexanizmlari bo‘lib, o‘z navbatida ular ishchi kuchining takror barpo etilishi mexanizmlari bilan belgilanadi.

Taniqli shvetsiyalik iqtisodchi olim Esping-Andersen ijtimoiy himoya tizimini quyidagi guruhlarga ajratishni taklif qilgan:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish