Ixtiyoriy qo‘shimcha (kasbiy) ijtimoiy sug‘urta. Sug‘urtaning bu turi iqtisodiyotning alohida tarmoqlari doirasida yollanma ishchilar uchun uzoq muddatli tarmoqli va jamoa shartnomalari asosida tashkil etiladi. Odatda, ixtiyoriy qo‘shimcha ijtimoiy sug‘urta tizimi xususiy tusga ega bo‘ladi, biroq ularning faoliyati maxsus qonunchilik bilan tartibga solinadi. Unga ko‘ra, sug‘urtalanuvchilar uchun ijtimoiy kafolatlar tizimi yaratiladi, jumladan: bir ish beruvchida ishlashning minimal muddati, ushbu muddat tugagach, ishchida qo‘shimcha himoya turlariga huquqi paydo bo‘ladi. Masalan, pensiya ta’minoti huquqi; sug‘urtalanuvchi o‘z ish joyini o‘zgartirgan holda sug‘urta bo‘yicha qo‘lga kiritgan huquqlari saqlanib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |