O‘rta maxsus professional ta`limi I. A. Karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi angren kon metallurgiya texnikumi



Download 1,44 Mb.
bet92/109
Sana29.04.2022
Hajmi1,44 Mb.
#594436
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   109
Bog'liq
Kimyo

Yangi mavzu bo‘yich savollar.
1.Kimyoviy reaksiyalar borish jarayoniga ko‘ra necha guruhga bo‘linadi.
2.Qaytar reaksiyalar nima
3.Qaytar reaksiyalar nima
4 Kimyoviy muvozanat nima
5.Qayday reaksiyalarda kimyoviy muvozanat chapga siljishi mumkin.
6.Qaytar va qaytmas reaksiyalarga misollar yozing.

Mavzu-12: Organik kimyo tuzilish nazariyasi,asosiy tushuncha va qonunlari
Reja:
1.Organik kimyo rivojlanish bosqichlari.
2.A.M.Butlerov nazariyalari.
3.Izomeriya hodisasi
4.Organik birikmalarning nomlanishi.
5.Organik birikmalar reaksiya turlari.
Qadim davrlardanoq insonlar xo`jaliklarida nafaqat mineral, balki o`simlik va hayvonlardan olinadigan moddalardan harn foydalanib kelishgan. Bu moddalar oziq-ovqat, kiyim-kechak va insoniyatning rivojlanib borishi jarayonida dori-darmon, bo`yoq, pardoz-andoz vositalari va boshqalarni tayyorlash uchun ishlatilib kelingan. Insonga o`simlik va hayvon mahsulotlari bo`lgan: qand, yog`-moy, efir moylari, bo`yovchi va kayfiyatni o`zgartiravchi moddalar qadim davrlardan ma'lum. Barcha sanab o`tilgan moddalar faqat o`simlik va hayvon hayotiy faoliyati yoki ularni qayta ishlash mahsulotlari bo`lib, shuning asosida «organik moddalar» tushuuchasi paydo bo`lgan va ularni o`rganuvchi bo`lim organik kimyo deb atala boshlagan.Olimlar orasida uzoq vaqtlar organizmlar hayotiy faoliyatidan ajratib olingan moddalarning tuzilishini aniqlash va sintez qilish imkoni yo`qligi, organik moddalar alohida «hayotiy kuch» orqali vujudga keladi (vitalistik ta'limot; "vis vitalis"-hayotiy kuch) degan xato fikr shakllanib qoldi. Lekin, keyiuchalik bu xato fikrdan voz kechishga majbur qiluvchi dalillar olina boshlandi.Insonga dastlab ma'lum bo`lgan organik moddalar: sirka, vino, shakar,efir moylari, bo`yoqlar.Organik birikmalar tarkibiga kiruvchi elementlar: uglerod, vodorod,kislorod, azot, fosfor, oltingugurt.Dastlab organik moddalardan - oksalat kislota va mochevina sintezlangan (nemis olimi F.Veler, 1824-1828).Anilin sintezi (rus olimi N.N.Zinin, 1832).Sirka kislotasi sintezi (nemis olimi G.Kolbe va ingliz olimi Franklend,1848).Sun'iy yog`simon modda sintezi (fransuz olimi MBertlo, 1854).Shakarsimon modda sintezi (rus olimi A.M.Butlerov, 1861).Natijada, olimlar, organik moddalarning vujudga kelishida noorganik moddalar Vujudga kelishidagi qonuniyatlarga amal qilinishini tushunib yetishdi.Hozirgi vaqtda organik kimyoni uglerod birikmalari kimyosi deb atash va organik moddalar sifatida uglerodning boshqa elementlar bilan birikmalarini tushunish qabul qilingan. Uglerodning ba'zi birikmalariga (oksidlari, karbidlari, karbonat kislota va uning tuzlari) tipik noorganik moddalar xususiyatlari xos bo`lgani uchun ular noorganik kimyo kursida ko`rib chiqiladi.Organik moddalar soni millionlar bilan hisoblanadi. Organik moddalar o`simlik va hayvonlar organizmini tas ikkil qiluvchi asosiy material hisoblanadi.Organik moddalar noorganik moddalarga nisbatan beqarorroq, ular qizdirilganda oson o`zgaradi, ko`pchiligi yonuvchan. Ularning tarkibiga albatta uglerod va vodorod kirganligi uchun yonish jarayonida karbonat angidrid va suv hosil bo`ladi.Organik moddalar orasidagi kimyoviy reaksiyalar noorganik moddalarga nisbatan sekinroq boradi,Hozirgi vaqtda o`simlik va hayvon organizmlarida uchrovchi ko`plab moddalar (vitamin, gormon, bo`yoqlar) hamda tirik tabiatda uchramaydigan moddalar (sun'iy va sintetik tolalar, sintetik kauchuk, plastmassalar, qishloq xo`jaligi zararkunan-dalariga qarshi kurashish vositalari, antibiotiklar, dori-darmonlar va b.) sintez qilib olingan.Tarkibi bir xil bo`lsa-da, xossalari bir-biridan farq qiluvchi moddalar ham mavjudmi?A.M.Butlerovning kimyoviy tuzilishi nazariyasidagi asosiy qoidalar.Kimyoviy tuzilish molekulalarda atomlarning birikish va o`zaro ta'sir etish fartibi ekanligi.Izomeriya.Modda xossalarini molekulaning kimyoviy tuzilishiga bog`liqligi.Kimyoviy tuzilish nazariyasining ahamiyati.Organik birikma va organik kimyo tushuuchalarini 1827-yilda shved kimyogari I.Ya.Berselius kiritgan. U organik kimyoni o`simlik yoki hayvonlardan olinuvchi moddalar kimyosi deb e'tirof etdi.Har qanday fanning asosini nazariya tas ikkil qiladi. Har qanday nazariyaning kuchini ma'lum dalillarni tushuntirish va yangilarini oldindan aytib berish imkoniyati belgilaydi.Organik kimyoning ilmiy asosini kirayoviy tuzilish nazariyasi tas ikkil qiladi.1858-1861-yillarda rus olimi A.M.Butlerov Parij va Shpeyer (1861-yil 16-sentabr) shaharlarida kimyoviy tuzilish nazariyasi asoslariga doir ma'ruza qilgan:1. Atom va molekulalar real mavjud. Atomlar molekulada tartibsiz holda emas, balki valentliklariga mos ravishda ma'Ium izchillikda bir-biri bilan kimyoviy bog`lar orqali birikadi. 2. Moddaning xossalari nafaqat sifat va miqdoriy tarkibga, balki molekulalarning kimyoviy tuzilishiga ham bog`liq. 3. Molekuladagi atom yoki atomlar guruhi bir-biriga bevosita va bilvosita ta'sir ko`rsatadi.A.M.Butlerovning kimyoviy tuzilishi nazariyasidagi asosiy qoidalarni to`liqroq ko`rib chiqarniz.Biriuchi holat. A.M.Butlerovgacha olimlar bitta moddaning tarkibini bir necha formula bilan ifodalash mumkin va modda tuzilishini bilib bo`lmaydi degan fikrga ega edilar. A.Kekule birgina sirka kislotasining 2O ta formulasidan foydalangan. Ko`pchilik olimlar esa real atom va molekulalar mavjudligiga umuman ishonmaganlar. o`sha vaqtlarda organik moddalar soni ko`pligi, ularda valentlik tartibi qoidalari saqlanishi kabi bir qaucha dalillar tushuntirilmagan edi.A.M.Butlerov atom va molekulalar mavjudligining realligidan kelib chiqib, o`sha vaqtda ma'lum bo`lgan ilmiy dalillarni umumlashtirdi.1823-yilda YuXibix va F.Vyoller tomonidan izomeriya hodisasi ochildi.1876-yilda J.Dyuma va P.Buley tomonidan organik moddalarni radikallar asosida biriuchi tuzilish nazariyasi taklif etildi.Elementlar valentligining ochilishi (E.Franklend, 1858).Uglerodning to`rt valentliligi aniqlanishi (A.Kekule, 1857).Uglerod atomlarining bir-biri bilan bog`lana olish qobiliyatininganiqlanishi (A.Kuper, A.Kekule, 1857 ). Atomlarning ulanish kimyoviy kuchini belgilash uchun valentshtrixining kiritilishi (A.Kuper, 1858).«Atom» va «molekula» tushuuchalarining aniqlashtirilishi va ajratilishi (Karlsruedagi xalqaro syezd, 1860).A.M.Butlerov moddaning kimyoviy tuzilishi tushuuchasini kiritdi. Molekuladagi atomlar bog`lanishi ketma-ketligini (tartibini) kimyoviy tuzilish deb atadi.Organik birikmalarda uglerod to`rt valentli bo`lib, uglerod atomlari to`g`ri, tarmoqlangan, yopiq zanjir hosil qilib birika oladi.A.M.Butlerov har qanday organik modda faqat bitta tuzilish formulasi bilan ifodalanuvchi aniq kimyoviy tuzilishga ega deb qat'iy ta'kidladi.Masalan, etan, etilen va asetilen molekulalarida atomlarning bog`lanish tartibi quyidagicha tasvirlanishi lozim: Struktura formulasi asosida moddaning ko`p xossalarini aytib berish mumkin.Ma'lum birikmaning kimyoviy tuzilishi uning kimyoviy xossalarini va hosil bo`lish reaksiyalarini o`rganish yo`li bilan aniqlanishi mumkin.Ikkiuchi holat. A.M.Butlerovgacha izomerlar mavjudligi va izomeriya hodisasini tushuntirib bera olmaganlar.Bir xil molekular massa siTat va miqdoriy tarkibga ega, lekin kimyoviy tuzilishi, fizik va kimyoviy xossalari turlicha bo`lgan moddalar - izomerlar deb ataladi.A.M.Butlerov bu hodisani tushuntirib bera oldi. Uning ta'kidlashicha izomerlar Iturlicha tuzilganligi uchun turli xossalarga ega bo`ladi.
xususiyatlariga quyidagilarni keltirish mumkin:
1. Organik birikmalar tarkibida uglerodning borligi va uning boshqa el-
ementlar bilan hamda boshqa uglerod atomlari bilan kovalent bog‘lar orqali
birikishi natijasida uzun uglerod zanjirini hosil qila olishi;
2. Organik birikmalarning tarkibida uglerod va vodorod borligi uchun,
ular yonganda karbonat angidrid va suv hosil bo‘ladi;
3.Suyuqlanish va parchalanish harorati anorganik birikmalarga nisbatan ancha past;
4. Organik moddalar anorganik moddalarga nisbatan beqaror, harorat
ta’sirida oson o‘zgaradi;
5. Organik birikmalar ko‘pchilik anorganik birikmalardan farq qilib dissotsialanmaydi va noelektrolitlar hisoblanadi;
6. Organik reaksiyalar anorganik moddalar orasidagi reaksiyalarga nisbatan sekin boradi. Chunki organik birikma kovalent bo‘g‘lar orqali bog‘langan;
7. Organik birikmalarda izomeriya hodisasi uchraydi



Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish