Mavzu-8: Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari
Reja:
1.Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari nima .
2.Elementlarning oksidlanish darajasini aniqlash.
3.Oksidlanish nima qaytaruvchi nima
4.Qaytarilish nima oksidlovchi nima
8-sinf kimyo kitobida oddiy va murakkab moddalar tarkibidagi elementlarni oksidlanish darajasini aniqlash, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari va ularni turlari haqida batafsil ma’lumot berilgani uchun bu kitobimizda mav zuni davom ettirib, reaksiya tenglamalarini yarim reaksiya usulida tenglashtirish, oksidlovchi va qaytaruvchining ekvivalent og‘irliklarini topish hamda eritma muhitini oksidlanish qaytarilish reaksiyasiga qanday ta’sir etishini ko‘rib chiqamiz.
Ushbu reaksiya tenglamasini yarim reaksiya usuli bo‘yicha tenglashtirishni ko‘rib chiqamiz. Buning uchun ushbu reaksiyadagi oksidlovchi va qaytaruvchini aniqlab olamiz. Bu tenglamada oksidlovchi nitrat kislota, qaytaruvchi esa mishyak sul혝d hisoblanadi. Elektron balans usuli bilan tenglashtirishda oksidlovchi tarkibidagi N+5 ioni 3 ta elektron qabul qilib, N+2 ionigacha qaytarildi deb qabul qilinar edi. As2S3 tarkibidagi As+3 ioni 2 ta elektron berib, As+5 holigacha, S-2 ioni esa 8 ta elektron berib, S+6 holatigacha oksidlandi deb olinar edi :
Avval oksidlovchining ionini (NO3-) ko‘rib chiqamiz.
Tenglamaning chap tomonida 3 ta kislorod atomi bor. O‘ng tomonida esa 1 ta kislorod atomi. Tenglamadagi kislorod atomlarini tenglashtirib olish uchun, kislotali muhitda kislorod kam tomonga kerakli miqdorda kislorodni o‘zida saqlagan suv molekulasi qo‘shiladi. Ya’ni o‘ng tomonga 2 ta suv molekulasini qo‘shamiz.
Endi vodorod atomlarini tenglashtiramiz. Tenglamaning chap tomonida vodorod atomlari yo‘q. O‘ng tomonida esa 4 ta vodorod atomi bor. Tenglamadagi vodorod atomlarini tenglashtirib olish uchun, kislotali muhitda vodorod kerakli miqdorda vodorodni o‘zida saqlagan vodorod ioni qo‘shiladi. Ya’ni chap tomonga 4 ta vodorod ioni qo‘shamiz.
Chap tomondagi ionlar zaryadlarining arifmetik yig‘indisi +3 ga, o‘ng tomondagilarniki esa 0 ga teng. Chap tomonga 3 ta elektron qo‘shsak, ikkala tomondagi zaryadlar teng bo‘ladi.
Reaksiyaning chap va o‘ng tomonlaridagi suv va gidroksid ionlarini qisqartirib olamiz, ya’ni chap tomonda 15 ta, o‘ng tomonda 24 ta suv molekulalari bor ekan. Ularni qisqartirsak, reaksiyaning o‘ng tomonida 9 ta suv molekulasi ortib qoladi. Xuddi shunday gidroksid ionlarini ham qisqartirish natijasida reaksiyaning chap tomonida 18 ta gidroksid ionlari qoladi.
Bu tenglama oksidlanish-qaytarilish reaksiyasining qisqa ionli tenglamasi bo‘ldi. Endi dastlabki reaksiyadan foydalanib, reaksiya tenglamasini yozamiz. Ion va molekulalarning oldidagi koeffitsiyentlarini esa molekulaning oldiga qo‘ yamiz.
Natijada oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi tenglashganini ko‘rishimiz mumkin.
Oksidlovchini ekvivalent og‘irligini aniqlash uchun oksidlovchini molyar massasini, shu oksidlovchining bir molini qabul qilib olgan elektronlari soniga bo‘linadi.
Qaytaruvchini ekvivalent og‘irligini aniqlash uchun esa qaytaruvchining molyar massasini, uni bir molini bergan elektronlari soniga bo‘linadi.
Masalan:
Ushbu reaksiyadagi oksidlovchi va qaytaruvchi moddalarni ekvivalent og‘irliklarini aniqlashni ko‘rib chiqamiz.
Dastlab ushbu reaksiyani tenglashtirib olamiz.
Yuqoridagi reaksiyada K2Cr2O7 oksidlovchi bo‘lib, KJ esa qaytaruvchidir.Bir mol oksidlovchi (K2Cr2O7) 6 ta elektron qabul qilib oldi. Uni ekvivalent og’irligini aniqlash uchun molyar massasi (294)ni 6 ga bo‘lamiz.
2 mol qaytaruvchi (KJ) 2 ta elektron bergan. Ekvivalent og‘irligini aniqlash uchun 1 mol qaytaruvchini bergan elektronlarini hisoblab olishimiz kerak bo‘ladi:
Qaytaruvchini ekvivalent og‘irligini aniqlash uchun molyar massasi (166)ni birga bo‘lamiz.
Javob: Oksidlovchining ekvivalenti og‘irligi 49, qaytaruvchining ekvivalent og‘irligi 166 ekan.
Yana bir misololni ko‘rib chiqamiz:
Ushbu reaksiyadagi oksidlovchi va qaytaruvchi moddalarning ekvivalent og‘irliklarini reaksiyani tenglashtirmasdan ham aniqlash mumkin. Buning uchun oksidlovchi qabul qilgan va qaytaruvchining olgan elektronlarini aniqlab olamiz.
Oksidlovchi tarkibidagi 1 mol Mn7+ ioni 5 ta elektron qabul qilib olib, Mn2+ holatiga o‘tdi. Demak, bir mol oksidlovchi (KMnO4) 5 ta elektron qabul qilib oldi. Uni ekvivalent og‘irligini aniqlash uchun molyar massasi (158)ni 5 ga bo‘lamiz.
Qaytaruvchi tarkibidagi 2 mol Fe2+ ioni 2 ta elektron berib, Fe3+ holatiga o‘tdi. Demak, 2 mol qaytaruvchi (FeSO4) 2 ta elektron bergan. Ekvivalent og‘irligini aniqlash uchun 1 mol qaytaruvchini bergan elektronlarini hisoblab olishimiz kerak bo‘ladi:
Qaytaruvchini ekvivalent og‘irligini aniqlash uchun molyar massasi (152) ni birga bo‘lamiz.
Javob: Oksidlovchining ekvivalenti og‘irligi 31,6, qaytaruvchining ekvivalent og‘irligi 152 ekan.
Mavzuni mustahkamlash.
1.Oksidlanish qaytarilish reaksiyalari nima?
2.Oddiy holda elementlar reaksiyaga kirishganda oksidlanish darajasi nechiga teng?
3.Gidridlarda Hning oksidlanish darajasi nechiga teng bo’ladi
4.Oksidlovchi nima,qaytaruvchi nima
5.Kislorod qaysi hollarda -2 oksidlanish darajasini namoyon etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |