O‘rta maxsus professional ta`limi I. A. Karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi angren kon metallurgiya texnikumi



Download 1,44 Mb.
bet91/109
Sana29.04.2022
Hajmi1,44 Mb.
#594436
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   109
Bog'liq
Kimyo

Yangi mavzu bo‘yicha savollar
1.Kimyoviy reaksiya nima?
2.Kimyoviy reaksiya tezligi nima
3.Kimyoviy muvozanatga ta`sir etuvchi omillarni sanab bering
4.Kimyoviy reaksiya tezligiga bosim,harorat,konsentratsiyani ta`sirini izohlang.
5.Katalizator haqida tushuntirib bering.

Mavzu-11: Qaytar va qaytmas reksiyalar.
Reja:
1. Kimyoviy reaksiya nima .
2.Qaytar reaksiyalar
3.Qaytmas reaksiyalar
4.Kimyoviy muvozanat.

Idishga azot va vodorodni solamiz va idish qopqog‘ini berkitamiz. Ma’lum sharoit hosil qilinganda azot va vodorod molekulalari o‘zaro ta’sirlashib, ammiak molekulasini hosil qila boshlaydi.



Natijada idishda azot va vodorodning miqdori kamayib, ammiakning miqdori ortib boradi. Shu bilan birgalikda azot va vodorod molekulalarini bir-biri bilan ta’sirlashish ehtimolligi kamayadi. Endi azot va vodoroddan ammiak hosil bo‘lishi o‘rniga, ammiak molekulasi parchalanib, azot va vodorod molekulalari hosil bo‘la boshlaydi. Ya’ni reaksiya teskari yo‘nalishda boradi.

Kimyoviy reaksiyalarni 2 guruhga bo‘lishimiz mumkin:
1. Qaytar reaksiyalar;
2. Qaytmas reaksiyalar.
Faqat bir yo‘nalishda boradigan va reaksiyaga kirishayotgan boshlang‘ich moddalar oxirgi mahsulotlarga to‘liq aylanadigan reaksiyalar qaytmas reaksiyalar deyiladi. Qaytmas reaksiyalar shunday reaksiyalarki, reaksiya natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlar parchalanib yoki o‘zaro reaksiyaga kirishib dastlabki moddalarni hosil qilmaydi. Mis metallining konsentrlangan nitrat kislota bilan reaksiyasida olingan mahsulotlardan, ya’ni azot (IV) oksid, mis (II) nitrat va suvni o‘zaro reaksiyaga kirishtirib metall holidagi misni olib bo‘lmaydi.

Shuningdek temir va oltingugurtni reaksiyaga kirishtirib olingan temir (II)
sulfid shu haroratda yana temir metali va oltingugurtga parchalanmaydi.

Shuning uchun bu reaksiyalar qaytmas reaksiyalar hisoblanadi. Ular dastlabki moddalardan birontasi tugamaguncha, ya’ni oxirigacha davom etadi.
Bir vaqtning o‘zida bir-biriga teskari ikki yo‘nalishda boradigan reaksiyalar qaytar reaksiyalar deyiladi.
Qaytar reaksiyalarda kimyoviy jarayon qarama-qarshi tomonda sodir bo‘ladi. Ya’ni, avval reaksiya mahsulotlari va ayni daqiqada reaksiya mahsulotlaridan dastlabki moddalar ham hosil bo‘ladi. Qaytar reaksiyalarning tenglamalarida chap va o‘ng qismlari orasida qarama-qarshi tomonlarga yo‘nalgan ikkita strelka qo‘yiladi. Oltingugurt (IV) oksidi suv bilan reaksiyaga kirishib, sulﭨd kislota hosil qiladi:


Muvozanat konstantasi eksperimental yo‘l bilan aniqlanadi. Uning son qiymati berilgan haroratdagi muvozanat holatiga baho beradi. Muvozanat konstantasining qiymati qancha katta bo‘lsa, reaksiyada mahsulot miqdorlari ko‘p, agar uning qiymati kichik bo‘lsa, dastlabki modda(lar)ning miqdori ko‘pligini ko‘rsatadi. Muvozanat konstantasi moddalarning konsentratsiyalariga bog‘liq emas, dastlabki moddalarning miqdorlari kamaysa, tegishli mahsulot miqdori ortadi, ya’ni biror moddaning konsentratsiyasi o‘zgarishi, boshqa moddalarning konsentratsiyalari o‘zgarishiga olib keladi. Muvozanat konstantasi haroratga bog‘liq.
Demak, kimyoviy muvozanat holatida boshlang’ich moddalar konsentratsiyalarining ko‘paytmasi reaksiyadan keyingi hosil bo‘lgan moddalar konsentratsiyalarining ko‘paytmasiga teng bo‘ladi.
Kimyoviy muvozanat vaqtida harakat to‘xtamaydi, vaqt birligi ichida qancha mahsulot parchalansa, xuddi o‘shancha mahsulot hosil bo‘ladi. Kimyoviy muvozanat dinamik (harakatchan) xususiyatga ega bo‘lgani uchun u tashqi omillar ta’sirida o‘zgaradi.
Kimyoviy muvozanat holatiga reaksiyaga kirishayotgan moddalarning konsentratsiyasi, harorat, gazsimon moddalar uchun esa bosim ham ta’sir ko‘rsatadi. Bu parametrlardan bittasi o‘zgarganda muvozanat buziladi va reaksiyaga kirishayotgan barcha moddalarning konsentratsiyalari yangi muvozanat qaror topguniga qadar o‘zgaraveradi, bu muvozanat konsentratsiyalarning boshqa qiymatlarida qaror topadi. Reaksiya sistemasining bir muvozanat holatidan boshqasiga o‘tishi kimyoviy muvozanatning siljishi (yoki surilishi) deyiladi.
Muvozanatning siljishi 1884-yilda kashf etilgan Le-Shatelye prinsipiga bo‘y sunadi. Le-Shatelye prinsipi quyidagicha ta’riflanadi: Kimyoviy muvozanat holatida turgan sistemada tashqi sharoitlardan biri (harorat, bosim yoki konsentratsiya) o‘zgartirilsa, muvozanat tashqi ta’sirni kamaytiruvchi reaksiya tomoniga siljiydi.
Harorat, moddalar konsentratsiyasi va bosim o‘zgarishi kimyoviy muvo-
zanatni siljitishi mumkin.
Kimyoviy muvozanatga konsentratsiyaning ta’siri. Muvozanatda turgan sistemada biror moddaning miqdorini oshirsak, muvozanat o‘sha moddaning miqdorini kamaytiruvchi tomonga siljiydi, va aksincha, modda miqdorini kamaytirganimizda muvozanat o‘sha moddaning miqdorini ko‘paytiruvchi tomonga siljiydi. Fikrimizni quyidagi muvozanatda turgan sistemada o‘rganamiz:
aA + bB = cC + dD
Kimyoviy muvozanatga bosimning ta’siri
Kimyoviy reaksiyada gaz holatidagi moddalar ishtirok etsa, bosim ham ahamiyatga ega bo‘ladi, chunki bosimning o‘zgarishi gaz moddalar uchun konsentratsiyaning o‘zgarishi demakdir. Qattiq moddalarga bosim ta’sir etmaydi. Muvozanatning siljishiga bosimning ta’sirini aniqlash uchun tenglamaning chap va o‘ng qismlaridagi gaz holidagi moddalarning molekulalar sonini hisoblab chiqish kerak. Muvozanatda turgan sistemaning bosimi oshirilsa, kimyoviy muvozanat oz sondagi molekula hosil bo‘ladigan reaksiya tomonga, ya’ni hajm kamayishiga olib keladigan reaksiya tomonga siljitadi. Bosim pasayganda esa ko‘p sondagi molekulalar hosil bo‘ladigan reaksiya tomonga siljiydi. Masalan:

Reaksiya tenglamasi asosidagi hisoblashlardan ko‘rinib turibdiki to‘g‘ri reaksiya sodir bo‘lganda ( moddalardan mos ravishda: 2 mol SO2 va 1 mol O2 olingan bo‘lsa) hajm 67,2 litrdan 44,8 litrgacha kamayadi. Demak, bosim oshirilishi hajm kamayishiga olib keladi va to‘g‘ri reaksiyani tezlashtiradi.
Yana bir misolni ko‘rib chiqamiz:

Bu reaksiyaning o‘ng tomonida ikki molekula, chap tomonida esa to‘rt molekula bor. Shu idishning bosimi oshirilsa, kimyoviy muvozanat molekula kam tomonga, ya’ni o‘ng tomonga, ammiak hosil bo‘lishi tomong a siljiydi. Bosim kamaytirilganda esa molekula ko‘p tomonga, ya’ni am miak parchalanishi tomonga siljiydi.
Agar qaytar reaksiya tenglamasida chap qismdagi molekulalar soni o‘ng qismdagi molekulalar soniga teng bo‘lsa, bunday muvozanatdagi sistemaga bosimni o‘zgarishi ta’sir qilmaydi. Masalan,

reaksiyaning muvozanat holatiga bosimni o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatmaydi, chunki reaksiyaning o‘ng va chap tomonida ikkitadan (teng sondagi) molekula mavjud.
Temir aralash oksidning Fe3O4 is gazi CO bilan reaksiyasida temir va karbonat angidrid hosil bo‘ladi. Birinchi qarashda reaksiyaning ikki tomoni dagi molekulalar soni har xil, chap tomonda 1+4=5, va o‘ng tomonda 3+4=7 ta. Lekin qattiq moddalarga (Fe3O4 va Fe) bosim ta’sir etmasligini hisobga olgan holda, faqat gaz moddalar (CO va CO2) koeffitsiyentlari yig‘indilarini solishtirsak (4 va 4 ) ularning ozaro teng ekanligiga, shu sababli reaksiya muvozanatiga bosim ta’sir etmasligiga amin bo‘lamiz. Qattiq moddalarga bosim ta’sir etmasligini yodimizdan chiqarmasligimiz lozim!


Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish