1. Kimyoviy korroziyatushuntiring?
. 2 .Elektrokimyoviy korroziya tushuntiring?
3.Ingibitorlar deb nimaga aytiladi?
4.Elektroliz nima?
5.Elektroliz jarayoni nima uchun kerak.
Mavzu-10: Kimyoviy reaksiya tezligiga ta`sir etuvchi omillar.Oraliq nazorat ishi. Reja: 1. Kimyoviy reaksiya tezligi nima . 2.Kimyoviy reaksiya tezligiga ta`sir etuvchi omillar. 3.Kimyoviy reaksiya tezligiga harorat,konsentratsiyaning ta`siri 4.Kimyoviy reaksiya tezligiga bosim katalizator ta`siri 5.Oraliq nazorat ishi Kimyoviy reaksiya – zarrachalar (molekula, atom, ionlar) dan yangi zarrachalar hosil bo‘lishidir. Ba’zi bir kimyoviy reaksiyalar juda tez sodir bo‘ladi, boshqalari esa sekin borganligi tufayli bir necha soat yoki bir necha kun davom etishi mumkin. Juda tez boruvchi reaksiyalar ko‘pincha portlash bilan boradi. Poroxning yonishi, ichki yonuv dvigateli silindrida 15:1 nisbatda aralashtirilgan havo va benzin (mos ravishda)ning yonishi juda tez boruvchi reaksiyalarga misol bo‘la oladi. Bariy xlorid va sulfat kislotasining eritmalari aralashtirilganda ham oq cho‘kma juda tez fursatda hosil bo‘ladi.
Temir korroziyasi juda sekin kechadi.
Uning mahsulotini ko‘rish uchun ancha uzoq vaqt kutish kerak.
Reaksiyaning o‘rtacha tezligi – bu reaksiyaga kirishayotgan moddalarning yoki reaksiya natijasida hosil bo‘layotgan mahsulotning konsentratsiyasini ma’lum vaqt birligi ichida o‘zgarishidir. Reaksiya o‘rtacha tezligini aniqlashda quyidagi formula qo‘llaniladi.
Reaksiya tezligiga ta’sir etuvchi omillar
Reaksiya tezligi bir nechta omillarga bog‘liq bo‘lib, ulardan birinchisi modda tabiatidir.
Ishqoriy metallar qatoriga kiruvchi kaliy va litiyni suv bilan reaksiyasida vodorod gazini hosil qilish xususiyatiga ega. Lekin ikkala reaksiya bir-biridan tezligi bo‘yicha farq qiladi.
Kaliy suv bilan reaksiyaga kirishganda vodorod juda tez sur’atda ajralib chiqa boshlaydi va hattoki ajralib chiqishi bilan yonib ketadi.
Kaliy va litiyning har xil tezlikda reaksiyaga kirishishi ularning tabiati ya’ni elektron berish xossasi bilan izohlanadi. Kaliy atomini radiusi kattaroq bo‘lgani uchun uni elektronni berishi litiyga nisbatan tezroq amalga oshadi.
Reaksiyani tezligi moddalarning konsentratsiyasiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Bosim o‘zgarishi faqatgina yopiq sistemada boruvchi reaksiyalarga ta’sir o‘tkazadi.
Hajmni o‘zgarishi bosimning o‘zgarishiga olib keladi. Ya’ni hajm kamayganda bosim ortadi. Hajm necha marta kamaysa, bosim shuncha marta ortadi va shu sistema ichidagi barcha gaz moddalarni molyar konsentratsiyalari ham shuncha martaga ortadi. Hajm oshganda esa bosim kamayadi, bu gaz moddalar konsentratsiyasini kamayishiga olib keladi.
Bosim va hajm gaz modda konsentratsiyasini o‘zgartirishini hisobga olsak, bu omillar ta’sirini konsentratsiya o‘zgarishi sifatida qabul qilib, tezlikning konsentratsiyaga bog‘liq bo‘lgan formulasi yordamida reaksiya tezligi necha marta o‘zgarishini aniqlasa bo‘ladi.
Misol uchun quyidagi reaksiyani ko‘rib chiqaylik:
Reaksiya tezligiga haroratning ta’siri.
Reaksiya tezligining haroratga bog’liqligi Vant Goff qonuni yordamida tushuntiriladi. U quyidagicha ta’rifga ega:
Harorat har 10° ga (Kelvin K° yoki Selsiy C°) o‘zgartirilganda (oshirilganda yoki kamaytirilganda) reaksiya tezligi 2 – 4 marta o‘zgaradi (ortadi yoki kamayadi). Harorat ortsa reaksiya tezlashadi, harorat pasayganda reaksiya sekinlashadi. Haroratning har 10°C ( yoki 10°K ) o‘zgarishida tezlikni necha marta o‘zgarishini ko‘rsatuvchi songa reaksiyaning harorat koeffitsiyenti deyiladi. Agar temperatura 10°C ga ortganida tezlik 4 marta oshsa, ushbu reaksiya uchun harorat koeffitsiyenti “4” ga teng bo‘ladi.
Haroratning tezlikka bo‘lgan ta’sirini quyidagi formula bilan ifodalasa bo‘ladi.
Katalizator
Kimyoviy reaksiyaning tezligi unda katalizator ishtirok etish yoki etmasligiga ham bog’liq. Katalizatorning ishtiroki reaksiyani tezlashishini quyidagi tajribada ko‘rib chiqamiz:
Probirkaga oz miqdorda H2O2 (vodorod peroksid) solib qizdiramiz. Kislorod ajralib chiqayotganligini tekshirish maqsadida probirkaga cho‘g‘lantirilgan tayoqcha tushirib ko‘ramiz. Tayoqcha yonmaydi. Bu kislorod ajralmayotganidan emas, balki reaksiya sekin borayotganligi uchun, ajralayotgan kislorod miqdori kam bo‘lib cho‘g‘lanib turgan tayoqchani yondirish uchun yetarli emasligi tufayli yuz beradi.
Agar probirkaga oz miqdorda marganes (IV) oksidini kukun holigacha maydalab solsak, shu zahoti ajralayotgan pufakchalar soni keskin ko‘paygani seziladi, shu probirkaga cho‘g‘lantirilgan tayoqchani solsak u yorqin alanga bilan yona boshlaydi. Marganes (IV) oksidi kislorod ajralib chiqishi tezligini bir necha barobar oshiradi. Reaksiya tugab bo‘lgach probirkada qolgan marga nes (IV) oksidi miqdori o‘zgarmaganligini sezish mumkin. Katalizator reaksiya davomida sarflanmaydi.
Reaksiya tezligini oshiruvchi, shu bilan birga reaksiya davomida sarflanmay qoladigan moddalar katalizatorlar deyiladi.
Reaksiya tezligini sekinlashtiruvchi moddalar ingibitorlar deyiladi.