9.2. Milliy iqtisodiyotning o‘sishi
Makro darajadagi iqtisodiy o‘sish o‘zi nima?
Iqtisodiy o‘sish iqtisodiyotning rivojlanishi bo‘lib, yaratilgan
mahsulot va xizmatlarning ko‘payib borishini bildiradi.
Milliy iqtisodiyotdagi iqtisodiy o‘sish yalpi ichki mahsulotning
(YAIM) ko‘payib borishida ifoda etiladi.
YAIM
— bu ma’lum davrda,
masalan, bir yilda iqtisodiyotning barcha ishtirokchilari yaratgan
mahsulot va xizmatlarning bozor narxlarida hisoblangan summasidir.
Uning miqdori, birinchidan, yaratilgan tovar va xizmatlar miqdoriga
va ular birligining narxiga bog‘liq bo‘ladi. Agar mamlakatda 500
mln dona tovar va 100 mln xil xizmat yaratilgan bo‘lib, bir tovarning
o‘rtacha narxi 120 dollar, xizmat narxi 80 dollar bo‘lsa, bunda:
YAIM = 500 mln ½ 120+100 mln ½ 80 =
= 60 mlrd+8 mlrd=68mlrd dollar bo‘ladi.
Mahsulot va xizmatlar miqdori o‘zgarmagan va, hatto, pasaygan
taqdirda narx yuqori bo‘lsa, YAIM summasi ham ko‘p bo‘ladi.
Aksincha, tovar va xizmatlar miqdori o‘sgan holda narx undan ko‘proq
pasayib ketsa, YAIM hajmi kamayadi. Asosiy mahsuloti neft va gaz
bo‘lgan mamlakatlarda bularning narxining oshishi YAIMni
ko‘paytiradi, bular narxi pasayganda aksi yuz beradi.
Nominal
va
real
YAIM farqlanadi. Iqtisodiy o‘sishni haqiqatan
real mahsulotning ko‘payishi ko‘rsatadi. O‘zbekistonda real YAIM
o‘sishi quyidagi chizmada ko‘rsatilgan (oldingi yilga nisbatan foizda):
Nominal YAIM amaldagi joriy narxlarda hisoblangan mahsulot
va xizmatlardir. Uning o‘sishi inflatsiya sharoitida narxning ortishi
hisobidan bo‘lgani uchun mahsulot va xizmatlarni joriy narxda emas,
balki o‘zgarmaydigan taqqosiy narxlarda hisoblash kerak bo‘ladi. Mana
shu real YAIM bo‘ladi.
8 6
O‘zbekistonda real YAIM 2005–2008-y. 25,6% o‘sdi.
Iqtisodiy o‘sishning nisbiy va mutlaq ko‘rsatkichlari bor. Nisbiy
ko‘rsatkich YAIMning o‘sish yoki pasayish sur’atlari bo‘lib, foizlarda
ifodalanadi. Mutlaq ko‘rsatkich YAIM necha foizga emas, balki
qanday miqdorda o‘zgarganini ko‘rsatadi.
Masalan, 2001–2007-yillarda real YAIM 120 milliard dollardan
160 milliard dollarga yetgan. Bunda mutlaq o‘sish 40 milliardga teng
(160—120=40), nisbiy o‘sish esa 25,0 foiz (40x100/160=25%).
Iqtisodiyot uchun YAIMning mutlaq o‘sishi, ya’ni qanday
miqdorda o‘sgani muhimroq, chunki bu ishlab chiqarishning ko‘lamini
bildiradi. Masalan, 3 mamlakatning har birida YAIM 10 foiz o‘sdi,
lekin ulardagi bir foizning real miqdori har xil, shu bois 10 foizning
ahamiyati bir xil bo‘lmaydi. 10 foiz o‘sish «A» mamlakatda YAIMning
15 milliard dollarga, «B» mamlakatda 12 milliard dollarga, «C»
mamlakatda esa 18 milliard dollarga ko‘payganini bildiradi. Demak,
1 foiz o‘sishning vazni har xil: 1,5, 1,2 va, nihoyat, 1,8 milliard
dollarga teng. Xullas, iqtisodiy o‘sishga baho berganda, uning foiz
ko‘rsatkichlari bilan chegaralanish kifoya qilmaydi. Buning uchun
uning amaldagi mutlaq hajmi qancha ekanligini bilish ham muhimdir.
Jahonda yirik, o‘rtacha, kichik va o‘ta kichik mamlakatlar
mavjud. Ularning YAIM va aholisi bir xil emas. Xitoy bilan
Qozog‘istonni, O‘zbekiston bilan AQSHni, Òurkmaniston bilan
Rossiyani YAIM hajmi jihatidan solishtirib bo‘lmaydi, chunki bu
mamlakatlarning iqtisodiy qudrati turlicha. Shuni hisobga olib, YAIM
aholi jon boshiga nisbatan hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich esa YAIMning
mutlaq hajmiga va aholi soniga bog‘liq. Bir mamlakatda YAIM hajmi
boshqa mamlakatga nisbatan ortiq bo‘lgan holda, aholining ko‘pligi
tufayli jon boshiga hisoblangan YAIM ko‘rsatkichi past bo‘lishi
mumkin.
Aholi jon boshiga yaratilgan YAIM iqtisodiy taraqqiyotni va aholi
turmush darajasini ifodalaydi.
Uni (
Wj
) aniqlash uchun real mahsulot hajmi (
Wq
) aholi soni
(
Ni
)ga bo‘linadi, ya’ni
Wj
=
Wd
:
Ni
. Buni aniq misolda ko‘rib chi-
qamiz. 2006-yili Germaniyada real YAIM 2852,3 mlrd dollar, aholi
esa 82 mln nafar edi. Bunda:
2852,3
Wj =
= 34784,1 dollar
82
Xuddi shu yili Hindiston YAIM 3787,0 mlrd dollar, aholisi 1095
mln nafar edi. Demak:
3787,0
W j=
= 3458,4 dollar
1095
8 7
Demak, Germaniya iqtisodiy darajasi Hindistonnikidan yuqori,
chunki 34784,1 > 3458,4.
Do'stlaringiz bilan baham: |