O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ahmadjon o‘lmasov iqòisodiyot asoslari qayta ishlangan nashri



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/121
Sana21.07.2022
Hajmi1,24 Mb.
#832757
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   121
Bog'liq
105iqtisodiyot

9-BOB. IQÒISODIY O‘SISH
9.1. Milliy iqtisodiyot tushunchasi
Iqtisod ilmida mikroiqtisod va makroiqtisodiyot degan tushun-
chalar qo‘llanadi. Biz ayrim firmalar, xonadon xo‘jaligi, bozorlarda
yuz beradigan iqtisodiy hodisa va jarayonlarni ko‘rib o‘tdik, bu bilan
mikroiqtisodni o‘rgandik. Butun jamiyat, butun xalq xo‘jaligi dara-
jasidagi iqtisodiy jarayonlarni ko‘rib chiqsak, makroiqtisodiyotni o‘r-
gangan bo‘lamiz. Makroiqtisodiyot amalda milliy iqtisodiyot degani
bo‘ladi.
Milliy iqtisodiyot muayyan mamlakat mustaqilligining tayanchi
hisoblanadi. Mustaqillikka erishish milliy iqtisodiyotni yaratish va
rivojlantirishni bildiradi. Milliy iqtisodiyotning bir qator belgilari bor:
1. Milliy iqtisodiyot milliy mulkchilikka asoslanadi, ya’ni barcha
resurslar, yaratilgan tovarlar va xizmatlar, nihoyat, to‘plangan boylik
muayyan mamlakat xalqiga tegishli bo‘ladi.
2. Milliy iqtisodiyot milliy manfaatlarga xizmat qiladi, ya’ni
mamlakatning iqtisodiy qudratini oshirish, uning moddiy-ma’naviy
boyligini ko‘paytirish va nihoyat, xalqining farovon yashashiga
qaratiladi.
3. Milliy iqtisodiyot ochiq bo‘ladi, o‘z qobig‘iga o‘ralib, yakkalanib
qolmaydi, aksincha, keng ko‘lamda tashqi iqtisodiy aloqalarga, ya’ni
boshqalar bilan aloqa qilishga asoslanadi.
4. Milliy iqtisodiyot o‘zining taraqqiyot darajasi (qancha ishlab
chiqara olishi), tarkibiy tuzilishi (qanday soha va tarmoqlardan iborat
bo‘lishi)ga qarab boshqalardan ajralib turadi.
5. Milliy iqtisodiyot milliy resurslar, iqtisodiy an’analar, iqtisodiy
odatlar va ko‘nikmalarni o‘zida singdiradi.
Dunyoda qancha mamlakat bo‘lsa, shuncha milliy iqtisodiyot
bor, ularning yaxlitligi jahon iqtisodiyotini yuzaga keltiradi.
Hozirda 210 ta milliy iqtisodiyot bor. Ular 3 guruhga ajraladi:
1. Rivojlangan. 2. Rivojlanishi o‘rta. 3. Rivojlanishi zaif. Ularda
2006-yil jon boshiga YAIM hajmi quyidagicha bo‘ldi – 34701 doll –
7976 doll, nihoyat 2698 doll.
Milliy iqtisodiyot darajasiga xalq farovonligi bevosita bog‘liq
bo‘ladi.


8 5

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish