O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ahmadjon o‘lmasov iqòisodiyot asoslari qayta ishlangan nashri


Ishsizlik ishlashga bo‘lgan talabning qondirilmay qolishi yoki



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/121
Sana21.07.2022
Hajmi1,24 Mb.
#832757
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   121
Bog'liq
105iqtisodiyot

Ishsizlik ishlashga bo‘lgan talabning qondirilmay qolishi yoki
mehnatga qobil kishilarning ishlab pul topishiga zarurat bo‘lgan
holda bekor qolishidir.
S
oat
ba

is
h
h
aq
i,
s
o‘
m
da
Ishga olinganlar soni
700
600
500
400
300
200
100
100 200 300 400 500 600 700 800 900
A
M
S
D
B


7 9
Mehnat yoshidagi kishilardan ma’lum qismining ishlashga bo‘lgan
talabi qondirilmaydi, natijada ular ishga joylasha olmaydilar. Mana
shular ishsizlarni tashkil etadi (8.2-rasm).
Ishsizlikning sababi mehnatga bo‘lgan bozor talabining uning
taklifidan oz bo‘lishidir. Òexnika taraqqiyoti tufayli mashinalarni
ko‘plab ishlatish ish kuchiga bo‘lgan talabni qisqartiradi. Firmalar
mehnat unumdorligini oshirib, ozchilik mehnati bilan ko‘proq
mahsulot ishlab chiqarish vositasida foyda olishni ta’minlaydilar.
Masalan, firmada 50 ta stanok bo‘lib, 2 smenada 100 kishi ishlar
edi, ular kuniga 10 mln so‘mlik mahsulot yaratishadi, shu mahsulotni
sotish firmaga 1 mln so‘mlik foyda keltiradi. Firma 40 ta yangi,
unumi yuqori stanok sotib oladi va 80 kishini ishlatib 12 mln so‘mlik
mahsulot va 1,2 mln so‘mlik foyda oladi. Natijada 20 kishi ishdan
bo‘shatiladi.
Mehnatga talab u yaratgan tovarlarga bo‘lgan talabga ham bog‘liq.
Òovarlar yaxshi sotilib turilsa, ularni ko‘paytirish uchun texnika
o‘zgarmagan sharoitda qo‘shimcha ish kuchi kerak bo‘ladi. Aksincha,
tovarlar sotilmay tursa, ularni ishlab chiqarishni qisqartirish kerak,
bu ish kuchiga talabni kamaytiradi.Iqtisodda tushkunlik bo‘lgan paytda
ishlab chiqarish qisqaradi, ishlab turganlarning bir qismi bo‘shatiladi.
Bunga Yaponiyada 1999 –2001-yillardagi iqtisodiy tanglik sharoitida
ishsizlarning ko‘payishi misol bo‘la oladi.
Ish haqi oshib ketganda ham ish joyi qisqaradi, chunki, masalan,
10 kishi oladigan ish haqi 8 kishiga berilsa, 2 kishi ishsiz qoladi. Bu,
ayniqsa, yangi texnika kiritilganda yuz beradi, chunki malakasi yuqori
kishilar ishga olinib, ularga yuqori haq to‘lanadi. Malakasi pastlar
8.2-rasm.
Bandlar va ishsizlar.
ISHXONA
MEHNAT BIRJASI


8 0
ishsiz qoladi. Ishlab chiqarishda eski tarmoqlar qisqarib, yangilari rivoj
topganda eski kasblarga talab qisqarsa, yangisiga talab ortadi. Lekin
bu o‘zgarishlar miqdoran mos kelmay qoladi. Masalan, eski kasbga
talab 40 foiz qisqarsa, yangi kasbga talab 25 foiz ortadi. Yangi kasbni
egallab ulgurganlar ishga joylashadi, ulgurmaganlar ishsiz qoladi.
Mehnatga talabning mavsumiy o‘zgarishi ham ishsizlikka olib keladi.
Masalan, yoz mavsumida quruvchilar mehnatiga talab oshadi, yog‘in-
sochin mavsumida talab qisqarib, quruvchilarning bir qismi ishsiz
qoladi. Eski ishdan bo‘shagach, yangi ishga joylashguncha ham kishilar
ishsiz bo‘lishi mumkin. O‘z ixtiyori bilan ishsiz qolish ham mumkin.
Ish qobiliyati bor bo‘laturib or-nomusini yo‘qotib, sang‘ib yuruvchi
bekorchilar (bomjlar) bor. Ular ishlash imkoni bo‘lsa-da, turli tasodifiy
daromadlar bilan kun ko‘rish (tilanchilik qilish, xayr-ehson hisobiga
yashash)ni afzal biladilar. Ishsizlikning sababi, aholining tez ko‘payishi
ham bo‘ladi, bu iqtisodi zaif mamlakatlarga xos bo‘ladi. Bu yerda
mehnat resurslari tez ko‘payib, mehnatning taklifi jadal ortadi, iqtisod
kuchsiz bo‘lganidan mehnatga talab sekin o‘sadi. Natijada ishsizlik
hosil bo‘ladi. Shunday sharoitda ortiqcha ish kuchi sohiblari, asosan
yoshlar ish qidirib chet elga ravona bo‘ladilar.

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish