O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ahmadjon o‘lmasov iqòisodiyot asoslari qayta ishlangan nashri



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/121
Sana21.07.2022
Hajmi1,24 Mb.
#832757
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   121
Bog'liq
105iqtisodiyot

8.5. Mehnat taklifi
Mehnatga bildirilgan talabga javoban bozorda mehnat taklif etiladi.
Òaklifni ishlab pul topishga zarurati bor kishilar bildiradi.
Bozor qoidasiga ko‘ra, mehnat taklifi ham uning narxiga qarab
o‘zgarib turadi. Ish haqi oshsa, mehnat taklifi ko‘payadi, kamaysa,
taklif qisqaradi. Demak, 
mehnat 
taklifi ish haqiga nisbatan to‘g‘ri
mutanosiblikda bo‘ladi. Ammo mehnatni tirik odam taklif etganidan,
bu mehnat ahlining nimani afzal ko‘rishiga ham bog‘liq. Moddiy
muhtojlik sharoitida ko‘p ishlab, ko‘p pul topishga intilish ustunlik
qiladi. Moddiy to‘kinchilik sharoitida ishlab qo‘shimcha pul topishga
nisbatan dam olish afzal ko‘riladi.
Nimani afzal ko‘rishga qarab to‘la ishlash, kam ishlash yoki
butunlay ishlamaslik o‘rtasida muqobil tanlov yuz beradi. Shunga
qarab mehnat taklifi kelib chiqadi. Ishlashga talabgorlar taklifi,
shubhasiz, ish haqi miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Quyidagi chizmada soatbay ish haqining ortishiga qarab mehnat
taklifi ortishini ko‘rish mumkin. Bu mehnat taklifining mehnat narxiga
javobini ko‘rsatadi.
Mehnat taklifi muayyan vaqt davomida o‘z ish kuchini ma’lum
narxda sotishga hozir bo‘lgan kishilarning sonidir.
S
oat
ba

is
h
h
aq
i,
s
o‘
m
da
Mehnatini taklif etgan kishilar soni
Mehnat taklifi
700
600
500
400
300
200
100
100 200 300 400 500 600 700 800 900


7 8
8.6. Ishsizlik
Mehnat bozorida ham talab-taklif o‘yini mavjud. Ular
tenglashganda muvozanat hosil bo‘ladi. Bu muvozanat ma’lum ish
haqi miqdori darajasida paydo bo‘ladi. Buni yaqqol tasavvur etish
uchun quyidagi talab-taklif chizmasini hosil etamiz:
Chizmada talab chizig‘i 
AB
taklif chizig‘i 
DS
bilan 
M
nuqtada
kesishgan. Bu nuqta muvozanat bo‘lib, talab bilan taklif miqdoran
tenglashganini bildiradi. Ish haqi 500 so‘m bo‘lganda firmaning 500
kishi mehnatiga talabi qondiriladi, ish qidirgan 500 kishi ishga
joylashadi, demak, ish kuchining bundan ortig‘i kerak bo‘l-
maydi.
Mehnat bozoridagi talab va taklif doimo muvozanatda
bo‘lmasligi mumkin. Ish kuchi taklifi unga talabdan oshib ketganda
ishsizlik
paydo bo‘ladi, aksincha, talab taklifdan oshib ketganda
ish kuchi yetishmay, uning taqchilligi (defitsiti) kelib chiqadi.
Ishsizlik degan hodisa aholining mehnatga qobiliyatli qismiga
taalluqli bo‘ladi.
Aholining mehnatga qobiliyatsiz qismi (yosh bolalar, keksalar,
nogironlar) ishlamasligi tabiiy. Shuningdek, mehnatga qobiliyati bo‘la
turib pul topishga zarurat bo‘lmaganidan ishlamay yurish ham ishsizlik
emas, albatta. Xo‘sh, bo‘lmasa ishsizlik nima?

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish