O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ahmadjon o‘lmasov iqòisodiyot asoslari qayta ishlangan nashri



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/121
Sana21.07.2022
Hajmi1,24 Mb.
#832757
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   121
Bog'liq
105iqtisodiyot

8.4. Mehnatga talab
Mehnatga talab muayyan vaqtda necha nafar ishlovchilarni qancha
ish haqi to‘lash sharti bilan ishga qabul qilinishi mumkinligini bildiradi.
Mehnatga talab u keltirgan foydaga bog‘liq va doimo o‘zgarib
turadi. Ish haqi yuqori bo‘lsa, mehnatga talab qisqaradi, agar u past
bo‘lsa, aksincha, talab ortadi. Past ish haqi sharoitida albatta foyda
ortadi. Ish beruvchilar ish haqini kamaytirishga intilsa, ishchilar uni
oshirishga intiladi, chunki har qanday tovar egasi uni yaxshi pullashga
harakat qiladi. Ammo ish haqi ortgan sharoitda ham mehnatga talab
ko‘payishi mumkin, chunki ish haqiga nisbatan mehnat unumdorligi
tezroq ortib borishi yuz beradi. Natijada ish haqiga ketgan qo‘shimcha
sarfni mehnat unumdorligining ortishi qoplaydi va hatto uning
tejalishiga ham olib keladi. Buni bir soatlik ish haqi va unumdorlik
misolida ko‘rib chiqamiz (8.1-jadval).
Ko‘rsatkichlarni tahlil etsak, ish haqi 25 foiz (2500/2000x100=125)
oshgani holda, unumdorlik (1500/100x100=150) 50 foizga ortganini
ko‘ramiz. Natijada mahsulot birligiga ketgan ish haqi sarfi 20 foiz
(1,6/2x100=80) qisqargan, bu esa foydani ko‘paytirgan.
Mehnat bozorida ham talab qonuni amal qiladi. Unga ko‘ra
mehnatga talab uning narxi bo‘lmish ish haqi miqdoriga nisbatan
teskari mutanosiblikda bo‘ladi, ya’ni ish haqi oshsa, mehnatga talab
qisqaradi, agar u pasaysa, mehnatga talab oshadi. Bunday hodisani
quyidagi chizmadan ko‘rish mumkin:
8.1-jadval
Ko‘rsatkichlar
Oldingi ish haqi davrida Ish haqi oshgandan so‘ng
Bir soatli mehnat uchun
berilgan ish haqi, so‘m
Bir soatlik mehnat yaratgan
mahsulot miqdori (bir soatlik
mehnat unumdorligi), dona
Mahsulot birligiga (bir
donasiga) ketgan ish haqi
sarflari, so‘m
2000
2500
1000
1500
2
1,6
S
oat
ba

is
h
h
aq
i,
s
o‘
m
da
Ishlovchilar soni
Mehnatga talab
800
700
500
400
200
100
100 300 500 700 900


7 7
Chizmadan ko‘rib turibmizki, soatbay ish haqi 500 so‘m bo‘lganda,
ishlash uchun 500 kishi talab qilingan, mehnat arzonlashib, soatbay haq
400 so‘mga tushganda mehnatga talab ortib, bu jami 700 kishidan iborat
bo‘lgan. Aksincha, ish haqi 700 so‘mga yetganda, mehnatga talab
300 kishidan iborat bo‘lgan. Birinchi holda ish haqining 20 foiziga
(400/500½100=80) pasayishi mehnatga talabni 40 foizga (700/500½100=140)
oshirgan. Ish haqining 40 foiz oshishi (700/500½100=140) mehnatga
talabni 40 foizga (300/500½100=60) kamaytirgan. Demak, ish haqiga
qarab mehnatga talabning o‘zgarishi yuz bergan.

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish