ADOLAT — yuksak ma’naviy tushuncha bo’lib, uning E. va YO. hamda YA. va YO. dan asosiy asosiy farqi shundaki, A. ning o’zi birorbir qadriyatni anglatmaydi, lekin qadriyatlar orasidagi nisbatni belgilaydi, ularni baholash maqomiga ega. SHu bois unda jamiyatni tartibga soluvchilik xususiyati bor; A. da ikki ma’naviy jihat – ham axloqiy, ham huquqiy talablar mujassamlashgan. Uni ma’lum ma’noda axloq sohasidagi miqdor o’lchovchi ham deyish mumkin: u talab b-n taqdirlashni o’lchab turadigan tarozidir. A. bor joyda ijtimoiy jabrga, beboshlikka yo’l yo’q. Eng oddiy, ibtidoiy fazilatlar, m., mehribonlik, shafqat, muruvvat hayvonlarda ham mavjud, lekin hayvonlarda ular o’z guruhiga, eng avvalo, o’z zurriyotiga qaratilgan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |