BAG’RIKENGLIK– mehr-muruvvat, g’amxo’rlik, himoya, panoh, makon, saxiy, eshigi hamma uchun ochiq, dargohi keng; kengfe’llik. Bag’rikenglik – o’zgalarning dunyoqarashi, diniy e’tiqodi, milliy va etnik xususiyatlari, an’ana-marosimlariga hurmat-ehtiromda bo’lish, muomala-munosabatda kamsitishlar, tahqirlashlarga yo’l qo’ymaslik, insoniylikni hamma narsadan ustun hisoblab, jamoada, ish joylarida, mahalla-kuyda bunga rioya etish. Xullas, turli dindagi, turli millat va elatlarga mansub kishilarning bir mamlakat doirasida, yagona davlat tarkibida bahamjihat, osoyishta yashashidir. Bag’rikenglik ayrim shaxslarga yoki butun bir xalqqa xos xususiyat bo’lishi mumkin. Bag’rikenglik – o’zbek xalqining eng olijanob fazilatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |