AXLOQIY TAFAKKUR-axloq masalalariga bag’ishlangan fikrlar, qarashlar g’oyalar, har bir insonnning axloqiy me’yorlar va qadriyatlarni anglash, ilmiy mushohada qilish jarayoni.
AXLOQIY FAZILATLAR-inson xulq-atvori, yurish-turishidagi eng yuksak, ijobiy hatti-harakatlar, o’y-fikrlar va ezgu amallar majmuasi: ezgulikka intilish, yaxshilik qilish, izzat-hurmatli bo’lish, mehnaSevarlik, or-nomusli bo’lish, vatanparvarlik, insonparvarlik, saxovatlilik, halollik, pokizalik kabi xislatlarning namoyon bo’lishi
AXLOQSIZLIK-jamiyatda qabul qilingan axloqiy me’yorlardan chetga chiqish: boqimandalik, yolg’onchilik, ichkilikbozlik, fohishabozlik, o’g’rilik, hasad, g’iybat, tuhmat, vatanfurushlik, e’tiqodsizlik va shular kabi barcha salbiy xislatlarning namoyon bo’lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |