Diskret – uzlukli.
Differentsiatsiya – butunning turli-tuman qismlar, bosqichlar, shakllarga bo`linishi, parchalanishi, ajralishi.
Ideal – mutlaq barkamollik, bunday barkamollik haqidagi tasavvur.
Ierarxiya – bir narsaning funktsional ahamiyati yoki xizmat mavqeiga ko`ra ikkinchi narsaga, uchinchi narsaga va hokazolarga bo`ysunishi.
Ijtimoiy prognoz qilish kelajakni muayyan tarzda davriylashtirishni nazarda tutadi
Izotrop – barcha yo`nalishlarda bir xil.
Indeterminizm – determinizmga qarama-qarshi ta’limot.
Integratsiya – birlashish, birikish, yaxlit bir butunning shakllanishi.
Introvertiv – o`ziga, o`z ichki dunyosiga qarab mo`ljal oluvchi.
Imitatsiya – taqlid qilish, soxtalashtirish.
Axborot inqilobi – fan-texnika inqilobining rivojlanish bosqichi bo`lib, bunda axborot o`ta muhim resursga aylanadi.
Irratsionalizm – borliqni oqilona mantiqiy bilish imkoniyatini rad etuvchi nuqtai nazar.
Kauzallik – sababiyat, sabab va oqibatning qonuniy aloqasi.
Kommunikatsiya (keng ma’noda) – muloqot. Ekzistentsializmda – muloqot turi bo`lib, uning yordamida «Men» o`zini boshqa odamda topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |