III. Yangi mavzuni tushuntirish.
‒ Men sizlarga topishmoq aytaman, javobini topingchi.
Shahari bor, odami yо‗q,
Daryosi bor, suvi yо‗q.
‒ Xarita.
‒ To‗g‗ri, bu topishmoqning javobi – xarita. Xarita haqida nimalarni bilasiz?
O„qituvchilar uchun qo„shimcha ma‟lumot.
Xarita (yunoncha
«
chartes
»
so‗
zidan olingan bo‗lib,
varaq yoki xat
yoziladigan papirus kabi ma‘nolarni anglatadi) — yer yuzasi, boshqa osmon
jismlari yoki kosmik fazoning matematik aniq belgilangan, kichraytirilgan,
umumlashtirilgan tasviri.
Xaritalar masshtabiga, ularda tasvirlangan hududning ko‗lamiga, mazmuni,
vazifasi va tuzilishiga ko‗ra bir qancha turlarga bo‗linadi. Xaritalarda nima
tasvirlanganligi va hududning ko‗lamiga qarab quyidagi turlarga bo‗linadi:
yulduzlar xaritasi, sayyoralar va Yer xaritasi, yarim sharlar xaritalari, materiklar va
okeanlar xaritalari, tabiiy geografik o‗lkalar va dengizlar xaritalari, mamlakatlar
xaritalari, ma‘muriy birliklar xaritalari, maxsus hududlar xaritalari,
shahar va viloyatlar, tumanlar xaritalari. Mazmuniga ko‗ra xaritalar
ikkiga b
o‗
linadi: umumiy geografik xaritalar va mavzuli xaritalar.
Mavzuli xaritalar yana ikki guruhga—tabiiy va iqtisodiy xaritalarga
bo‗linadi. Vazifasiga ko‗ra xaritalar yana
«
ilmiy
»
,
«
madaniyat va
targ‗ibot
»
,
«
texnik
»
,
«
sayohat xaritalari
»
,
«
o‗quv xaritalari
»
ga
bo‗linadi.
Yangi mavzu e‘lon qilinadi. «Xarita». (Normurod Norqobilov). I qism.
O‗qituvchi hikoya muallifi
Normurod Norqobilov
haqida qisqacha ma‘lumot
beradi.
Normurod
Norqobilov 1953-yil
7-iyulda
Qashqadaryo
viloyatining
Yakkabog‗ tumanidagi Qishliq qishlog‗ida tug‗ilgan. 1976-1982-yillarda Toshkent
Davlat universitetining juralistika fakultetida o‗qigan. Yozuvchi zavod va
fabrikalarda slesar, temir yo‗l depolarida vagon tuzatuvchi, stansiyalarda yuk
tushiruvchi bo‗lib ishlagan va turli toifadagi kishilar bilan yaqin muloqotda bo‗lib,
ularning xarakter hususiyatlarini, dunyoqarashlarini o‗rgangan. Keyin u tabiat
shaydosiga aylanib, O‗zbekistondagi ko‗pgina tog‗ va qirlarni, dala-dashtlarni
qadamma-qadam kezib chiqqan. Oqibat hayvonot dunyosiga oid bir qancha
asarlari yuzaga keldi. «Changalzor iti», «Oqbo‗yin», «Tog‗ odami», «Pahmoq»,
«Ovul oralagan bo‗ri» kabi qissalari shular jumlasidandir. Shu paytgacha yozuvchi
o‗ndan ortiq kitob chop ettirdi. «Unutilgan qo‗shiq», «Zangori ko‗l», «Yuzma –
yuz», «Pahmoq», «Arazchi chumchuq», «Sariqgul», «Jo‗shqin daryo» shular
jumlasidan. Normurod Norqobilovning asarlari o‗zbek, qozoq, qoraqalpoq, qirg‗iz
tili darsliklariga kiritilgan, bir necha tillarga tarjima qilingan. U «Shuhrat» medali
bilan mukofotlangan.
O‗qituvchi «Xarita» hikoyasini ifodali o‗qib beradi.
Hikoyada uchragan notanish so‗zlar yuzasidan lugʻat ishi o‗tkaziladi.
21
Do'stlaringiz bilan baham: |