Ona tiliva adabiyot



Download 11,67 Mb.
bet94/106
Sana10.03.2022
Hajmi11,67 Mb.
#487820
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   106
Bog'liq
O\'zbek tili 6-7 to\'garak .docx rejasi

MMIBDO’ __________ __________________________
Sana:__________ 20___yil 7-sinf
Mavzu: Fe’llarning tuzilishiga ko‘ra turlari. Sodda yasama fe’llar)
Darsning maqsadi:1.O’quvchilarga fe’llarning tuzilishiga ko‘ra turlari,sodda yasama fe’llar haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish. Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) kompetensiyalarni o’stirish. badiiy va san’at asarlarini tushunish;
2.Alisher Navoiy haqidagi bilimlarni mustahkamlash.Ajdodlarga munosib avlod ruhida tarbiyalash. farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish; xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga chaqirish. bilimini mustaqil ravishda oshirib borish, o‘qib o‘rganganlarini o‘rtoqlari bilan muhokama qilish;
3.O’quvchilarning lug’at boyligini oshirish.Mustaqil ishlash ko’nikmasini o’stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi va mustahkamlovchi
Darsning usuli: “Klaster”, suhbat
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi: I. Tashkiliy qism.
Salomlashish,davomatni aniqlash,o’quvchilarni darsga tayyorlash.
“Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
II. O’tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi so’rab baholanadi. O’qilgan badiiy asarlar tahlili qilinadi.
III. Yangi mavzu:
4- mashq. Berilgan qo‘shma fe’llarning birinchi qismi qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganini ayting. Ular ishtirokida 3 ta gap tuzing.
Imzo qo‘ymoq, javob bermoq, hayron qolmoq, paydo bo‘lmoq, himoya qilmoq, xursand bo‘lmoq, xafa qilmoq, milt-milt qilmoq, hurmat qilmoq, qaror qilmoq, hikoya qilmoq, rozi bo‘lmoq, tashkil etmoq, bunyod etmoq, ijod qilmoq, yomon ko‘rmoq, kasal bo‘lmoq.
5- mashq. Nuqtalar o‘rniga foydalanish uchun berilgan fe’llardan mosini qo‘yib yozing.
Alisherning otasi G‘iyosiddin badiiy adabiyotni ... va uyida tez-tez she’rxonlik kechalarini ... . Bu Alisherning yetuk shoir va katta olim bo‘lishiga ... . Ko‘p o‘tmay Alisher ham she’rlar ... .
Uning iste’dodi Lutfiy, Sharafuddin Ali Yazdiy kabi mashhur insonlarning e’tiborini ... . Alisher ilm olishni o‘zining asosiy mashg‘uloti deb ... . Bolaligida Farididdin Attorning „Mantiq ut-tayr“ asarini ... . Oradan yarim asrlik muddat o‘tgach, o‘zining „Lison ut-tayr“ dostonini ... .
Foydalanish uchun so‘zlar: sevgan, o‘tkazib turgan, sabab bo‘lgan, yoza boshlagan, qozongan, bilgan, sevib o‘qigan, yaratgan.Adabiy o‘qish
IV.Mustahkamlash.
Buyuk tarixchi bilan uchrashuv
Xonaqoh hujralaridan birining oldidagi supachaga to‘shalgan gilamcha ustida nuroniy bir mo‘ysafid o‘tiribdi. Uning oldidagi xontaxtada choynak-piyola, ikki-uch kitob turibdi. U piyoladagi choydan bir-ikki ho‘plab, tizzasidagi kitobni o‘qishga tutindi. Ko‘chada bolalarning shovqini eshitildi. Mo‘ysafid ko‘zlarini kitobdan uzib, ko‘chaga boqdi va bolalarni yoniga chaqirdi:
Qani bolalarim, bu yoqqa kelinglar-chi!
Bolalar mo‘ysafidning ovozini eshitib qochib ketishdi. Faqat birgina besh-olti yoshlardagi bola qoldi. Uning boshida oq sallacha, egnida yupqa, ixcham kamzul, oyog‘ida etikcha. U chopqillab kelib qo‘lchalarini ko‘ksiga qo‘ygancha salom berdi.
— O‘g‘lim, oting nedur? — deb so‘radi mo‘ysafid.
— Alisher, — dedi bola.
— Maktabga qatnaysanmi?
— Qatnayman.
Bolaning o‘zini tutishi, odobi mo‘ysafidga juda yoqdi.
— Men chaqirganimda o‘rtoqlaring qochib ketdi. Sen esa huzurimga kelding. So‘roqlarimga yaxshi javob qilding. Shuning uchun senga rahmat. Umring uzoq, boshing omon bo‘lsin. Fozil bo‘lib yaxshi obro‘ga erishgaysan.
Shu payt Alisherning otasi G‘iyosiddin yetib keldi. U mo‘y-safid bilan salomlashdi. Mo‘ysafid Alisherni ko‘p maqtab, duo qildi. Ota-bola mo‘ysafid bilan xayrlashib, karvonsaroy tomon yo‘l oldilar. Yo‘lda Alisher otasidan bu mo‘ysafid kimligini so‘radi.
— Bu kishi mashhur olim, tarixchi Sharafuddin Ali Yazdiy bo‘ladilar! — deya javob berdi otasi. U o‘g‘liga olimning xiz-matlari, martabasi haqida so‘zlab berdi.
Bu uchrashuv 1447- yili Taft shahrida bo‘lgan edi.
Topshiriq: Matnni o‘qing va mazmunini so‘zlab bering.
V.Baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar bilimi baholanadi.
VI.Uyga vazifa. Matnga munosabatingizni bildiring.

Download 11,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish