Ona tiliva adabiyot



Download 11,67 Mb.
bet93/106
Sana10.03.2022
Hajmi11,67 Mb.
#487820
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   106
Bog'liq
O\'zbek tili 6-7 to\'garak .docx rejasi

MMIBDO’ __________ __________________________
Sana:__________ 20___yil 7-sinf
Mavzu: ALISHER NAVOIY
Darsning maqsadi:1.O’quvchilarga fe’llarning tuzilishiga ko‘ra turlari,sodda yasama fe’llar haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish. Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) kompetensiyalarni o’stirish. badiiy va san’at asarlarini tushunish;
2.Alisher Navoiy haqidagi bilimlarni mustahkamlash.Ajdodlarga munosib avlod ruhida tarbiyalash. farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish; xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga chaqirish. bilimini mustaqil ravishda oshirib borish, o‘qib o‘rganganlarini o‘rtoqlari bilan muhokama qilish;
3.O’quvchilarning lug’at boyligini oshirish.Mustaqil ishlash ko’nikmasini o’stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
Darsning turi:yangi bilim beruvchi va mustahkamlovchi
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi: I. Tashkiliy qism.
Salomlashish,davomatni aniqlash,o’quvchilarni darsga tayyorlash.
“Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
II. O’tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi so’rab baholanadi. O’qilgan badiiy asarlar tahlili qilinadi.
III.Yangi mavzu:
Haykal
Toshkentning keng ko‘chasiga,
Gavjum yo‘lning chekkasiga
Qo‘yilgandir baland haykal,
Bu — Navoiy, shoir bobom.

Atrof go‘zal, keng xiyobon.


She’r bog‘ida go‘yo bog‘bon.
Qo‘llarida qalin devon,
Bu — Navoiy, shoir bobom.
1- topshiriq. She’rni o‘qing. Rasm va she’r asosida suhbatlashing.
1- mashq. Matnni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan gap mazmunini tu-shuntiring.
O‘zbek xalqi ma’naviy dunyosining shakllanishiga g‘oyat kuchli va samarali ta’sir ko‘rsatgan ulug‘ zotlardan biri bu Alisher Navoiy bobomizdir. Alisher Navoiy milliy adabiyotimiz-ning tengsiz namoyandasi, millatimizning g‘ururi, sha’n-u sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir. Olamda turkiy yoki forsiy tilda so‘zlovchi biron-bir inson yo‘qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa. Agar bu zotni avliyo desak, u av-liyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mu-tafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir.
Bilib oling!
Ish-harakat va holatni bildirib, nima qildi? nima qi-ladi? nima qilmoqchi? so‘roqlariga javob bo‘ladigan so‘zlar fe’l deyiladi. Fe’llarning bosh shakli -moq qo‘-shimchasi bilan hosil qilinadi. Masalan:
Sodda Qo‘shma Juft
tiniqlashmoq borib kelmoq aytdi-qo‘ydi
o‘qimoq tarjima qilmoq yozdi-oldi
2- mashq. Berilgan fe’llardan foydalanib, fe’llarning bosh shaklini hosil qiling.
N a m u n a : Yarat — yaratmoq, ...
Ayt, o‘yla, tushun, yod ol, yarat, tarqat, ishla, tik, bunyod et, ixtiro qil, g‘olib bo‘l, qur, aytib ber, dam ol, tozala.
3- mashq. 2- mashqdagi fe’llarni sodda va qo‘shma fe’llarga ajratgan holda 2 guruhga bo‘lib ko‘chiring.
Namuna: Sodda fe’llar: aytmoq, ...
Qo‘shma fe’llar: dovrug‘ taratmoq, ...
IV.Mustahkamlash. 2- topshiriq. Matnni o‘qing, mazmunini so‘zlab bering.
Buyuk mutafakkir
O‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy 1441- yil 9-fevralda Hirot shahrida tug‘ilgan. Alisherning otasi G‘iyosiddin ilm-fanni juda qadrlagan va o‘g‘lining tarbiyasiga katta ahamiyat bergan. Alisher bolaligidan juda aqlli bo‘lgan va adabiyotni sevib o‘rgangan. U 10 — 11 yoshlarida Farididdin Attorning „Mantiq ut-tayr“ („Qush tili“) dostonini mustaqil o‘rganib, yodlab ol-gan. 14 — 15 yoshlarida o‘zi g‘azallar yoza boshlagan. AlisherNavoiy birinchi bo‘lib turkiy tilda ijod qilgan va o‘zbek adabiy tilining rivojlanishida katta xizmat qilgan. Shuning uchun u o‘zbek adabiy tilining asoschisi hisoblanadi. Alisher Navoiy minglab g‘azallari, ruboiylari, „Xamsa“, „Muhokamat ul-lug‘atayn“, „Xa-zoyin ul-maoniy“ kabi asarlari bilan so‘z mulkining sultoni de-gan nomga sazovor bo‘lgan. U 1501- yil 3- yanvarda Hirot shahrida vafot etgan.
V. Baholash
VI. Uyga vazifa. Axborot vositalaridan Alisher Navoiy haqida qo‘shimcha ma’lumotlar to‘plang.



Download 11,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish