Ona tiliva adabiyot



Download 11,67 Mb.
bet92/106
Sana10.03.2022
Hajmi11,67 Mb.
#487820
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   106
Bog'liq
O\'zbek tili 6-7 to\'garak .docx rejasi

MMIBDO’ __________ __________________________
Sana:__________ 20___yil 7-sinf
Mavzu: Qo‘shma va juft ravishlarning yasalishi va imlosi
Darsning maqsadi:1.O’quvchilarga qo‘shma va juft ravishlarning yasalishi va imlosi haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish. Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) kompetensiyalarni o’stirish. badiiy va san’at asarlarini tushunish;
2.Ona Vatanni asrab-avaylash har birimizning burchimiz ekanligini o’quvchilarga uqtirish,Vatanga munosib farzand bo’lishga undash.Vatan ravnaqi yo’lida fidoiylarcha mehnat qilishga chaqirish. farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish; xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga chaqirish. bilimini mustaqil ravishda oshirib borish, o‘qib o‘rganganlarini o‘rtoqlari bilan muhokama qilish;
3.O’quvchilarning lug’at boyligini oshirish.Mustaqil ishlash ko’nikmasini o’stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
Darsning turi:yangi bilim beruvchi va mustahkamlovchi
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi: A) Tashkiliy qism.
Salomlashish,davomatni aniqlash,o’quvchilarni darsga tayyorlash.
“Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
B) O’tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi so’rab baholanadi. O’qilgan badiiy asarlar tahlili qilinadi.
S) Yangi mavzu:
5- mashq. Maqollarning ikkinchi qismini topib yozing.
Qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur. Oz bo‘lsa ham soz. Izzat tilasang, kam de. Olim so‘zi oz. Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur. O‘ylab gapir. Sihat tilasang, kam ye. O‘ynab gapirsang ham.
Bilib oling!
Ravishlar ko‘p hollarda juft va takror holda qo‘l-lanadi. Juft ravishlar ikki so‘zdan, takroriy ravishlar esa bir asosning takrorlanishidan yasaladi va chiziqcha (-) bilan yoziladi.
6- mashq. Avval juft ravishlarni, so‘ngra takroriy ravishlarni ko‘-chiring.
Namuna: Juft ravishlar: eson-omon, ...
Takroriy ravishlar: tez-tez, ...
Eson-omon, yonma-yon, ba’zi-ba’zida, tez-tez, asta-sekin, kecha-kunduz, u yoq-bu yoqqa, qayta-qayta, sal-pal, kamdan kam, hamma yoq, bugun-erta, asta-asta, uncha-muncha, qishin-yozin, zo‘rg‘a-zo‘rg‘a, onda-sonda.
7- mashq. Berilgan gaplardan juft va takroriy ravishlarni aniqlang, qo‘llanishidagi farqlarni tushuntiring.
1.Bu yo‘ldan mashinalar tez-tez o‘tadi. 2. Akam naridan beri nonushta qilib, ishga shoshib ketdi. 3. Asta-sekin tong ham ota boshladi. 4. O‘quvchilar birin-ketin sinfga kirishdi. 5. Tanlovning natijasi erta-indin ma’lum bo‘lib qolsa kerak. 6. Nodir jahl bilan u yoqdan bu yoqqa yura boshladi.
D)Mustahkamlash. Adabiy o‘qish . Chegaradan maktub
Akam chegarada xizmat qiladilar. Akam har xatlarida shu gaplarni yozadilar: „Ukajon, o‘qishlaring yaxshimi, katta bo‘l-sang sen ham chegarachi bo‘l. Chunki chegarada xizmat qi-lishning zavqi o‘zgacha. Go‘yo sen chegarani emas, butun ona-Vatanni qo‘riqlayotgandek bo‘lasan...“Qani endi tezroq katta bo‘lsam-u, akamdek xizmatga cha-qirilib, chegarachi bo‘lsam. Chegarada turib, josusni ushlasam. Bir safar xatimda akamdan shu haqda so‘radim: „Akajon, bor-di-yu men ham chegarachi bo‘lsam-u, josus ushlamay xiz-matdan qaytsam, chegarachi hisoblanamanmi?“Akam xatimga shunday javob qildilar: „Ukajonim, shuni bilki, chegaramiz juda mustahkam. Undan pashsha ham o‘tol-maydi. Agar sen postda hushyor turib, o‘z vazifangni sergaklik bilan ado etsang, haqiqiy chegarachi bo‘lasan.
Topshiriq: Maktubni o‘qing, mazmunini so‘zlab bering.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. Vatanga sadoqat, vatanparvarlik deganda nimani tushu-nasiz?
2. O‘z Vatani uchun jonini fido qilgan xalq qahramonlaridan kimlarni bilasiz?
3. Ravishlarning yasalishi va imlosi haqida so‘zlab bering.
F)Baholash.
Uyga vazifa. Maktub namunasidan foydalanib, askarlik burchini o‘tayotgan akangiz yoki tanishingizga xat yozing.

Download 11,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish