Ona tiliva adabiyot



Download 11,67 Mb.
bet100/106
Sana10.03.2022
Hajmi11,67 Mb.
#487820
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   106
Bog'liq
O\'zbek tili 6-7 to\'garak .docx rejasi

MMIBDO’ __________ __________________________
Sana:__________ 20___yil 7-sinf


Mavzu:Ikki Irmoq
Darsning maqsadi:1.O’quvchilarga shart maylidagi fe’llar va ularning qo‘llanishi haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish. Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) kompetensiyalarni o’stirish. badiiy va san’at asarlarini tushunish;
2.Suv – hayot manbayi ekanligini o’quvchilarga uqtirish. Tabiiy boyliklarni asrab – avaylashga chaqirish. Suv havzalari haqidagi bilimlarni mustahkamlash. farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish; xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga chaqirish. bilimini mustaqil ravishda oshirib borish, o‘qib o‘rganganlarini o‘rtoqlari bilan muhokama qilish; o‘zgalarning milliy va etnik xususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilishni o’rgatish.
3.O’quvchilarning lug’at boyligini oshirish.Mustaqil ishlash ko’nikmasini o’stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
Darsning turi:yangi bilim beruvchi va mustahkamlovchi
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi: A) Tashkiliy qism.
Salomlashish,davomatni aniqlash,o’quvchilarni darsga tayyorlash.
“Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
B) O’tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi so’rab baholanadi. O’qilgan badiiy asarlar tahlili qilinadi.
S) Yangi mavzu:
5- topshiriq. Matnni o‘qing, ona tilingizga tarjima qiling va maz-munini so‘zlab bering.
Favvoralar
Favvoralar yozning issiq kunlarida havodagi changlarni toza-lab, atrofni salqinlantiradi. Ular charchoqni yozib, insonlarga xush kayfiyat bag‘ishlaydi. Qadim zamonlarda favvoralar pod-shoh saroylarida qurilgan. Ularni toza saqlash uchun qoidalar belgilangan. Qoidaga amal qilmaganlar qattiq jazolangan. Ke-yinchalik favvoralar shahar markazlarida ham bunyod etilgan. Bunday san’at namunalari barcha shaharlarda bor. Toshkentda birinchi favvora 1890- yilda qurilgan. 1947- yilda Alisher Navoiy nomidagi teatr maydonida, 1953- yilda Xadra maydonida, 1974-yilda Mustaqillik maydonida, 1997- yilda Temuriylar tarixi davlat muzeyi xiyobonida ajoyib ko‘rinishga ega bo‘lgan favvoralar qurildi.
Hozirgi kunda rangli, musiqali favvoralar barpo etilib, ular respublikamizning barcha shaharlari husniga husn qo‘shmoqda.
Bilib oling!
Agar so‘zi shart mayli qo‘shimchasi bilan birga qo‘llansa, shart ma’nosi kuchayadi. Masalan: Agar ahil bo‘lsak, bizni hech kim yengolmaydi.
5- mashq. Berilgan fe’llarni shart maylida tuslab, bo‘lmoq fe’li bi-lan bog‘lab gap tuzing. Ma’nolarini tushuntiring.
Aytmoq, tushuntirmoq, o‘rganmoq, ergashmoq, o‘rnak olmoq, e’lon qilmoq.
6- mashq. Matnda berilgan ma’lumotlardan foydalanib, gaplarni to‘ldiring.
1. Qadim zamonlarda favvoralar ... bo‘lgan. 2. Favvoralarni ozoda saqlash uchun .... belgilangan. 3. Favvoralar havodagi ...
tozalab, atrofni salqinlantiradi. 4. Toshkentda birinchi favvora ...
qurilgan. 5. Hozirgi kunda ... favvoralar barpo etilmoqda. 6. 1997-yilda ... ajoyib ko‘rinishga ega bo‘lgan favvoralar qurildi.
7- mashq. Gaplarni o‘qing. Shart mayli ma’nosini ifodalovchi gap-larni aniqlang.
1. Yozgi ta’tilda dam olishga ketsam kerak. 2. Agar yoz kelsa, kunlar isib ketsa, tog‘lar bag‘riga ketamiz. 3. Bu she’rni daftarimga ko‘chirib yozsam maylimi? 4. Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo‘lar chiroyli. 5. Agar katta bo‘lsam, universitetda o‘qiyman. 6. Iloji bo‘lsa, o‘zing biznikiga kel. 7. Men kelsam, ketib qolgan ekansan. 8. Agar uchrashmasak, ko‘rishguncha xar.
D)mustahkamlash.
6- topshiriq. Matnni o‘qing va savollarga javob bering.
Atrofimizdagi barcha narsa: quyosh, oy, yulduzlar, havo, tog‘lar, tekisliklarning hammasi tabiatdir. O‘simliklar, hayvon-lar va odamlar ham shu tabiatda yashaydi hamda o‘ziga kerakli barcha narsani undan oladi. Shuning uchun tabiatni zararli nar-salardan asrash, unga zarar keltirmaslik kerak. Tabiatni asra-maslik yomon oqibatlarga olib keladi. Zavod, fabrika, avtoulov-lardan chiqayotgan tutun va gazlar havoni ifloslantiradi. Havo buzilsa, odamlarning nafas olishi qiyinlashadi, har xil kasal-liklar ko‘payadi. Daryo, ko‘llarning suvi ifloslansa, jonivorlar ham zaharlanadi va nobud bo‘ladi. Atrof-muhitning ifloslanishi o‘simliklarga ham zarar keltiradi, ularning hosildorligi kamayadi. Shuning uchun tabiatni qo‘riqlash va asrash har bir insonning muqaddas burchidir.
Savollar:
1. Isrof nimaga olib keladi?
2. Moddiy boyliklar qachon barakali bo‘ladi?
3. Tejamkorlik tufayli biz nimaga erishamiz?
4. Isrofgarchilikka yo‘l qo‘ysak nima bo‘ladi?
Adabiy o‘qish Buloq (Rivoyat)
Balandda, tog‘-u toshlar orasidan buloq ko‘z ochdi. Suvi tið-tiniq, muzdek, bahorda atirgul yaprog‘iga qo‘ngan shab-namdek toza. U bu yorug‘ dunyoga chiqish uchun qanchalar kurashdi, metindek tog‘lar bag‘rini yorib o‘tib, niyatiga yetdi. Quyoshni ko‘rdi.
Buloq suvining niyati — ona-Yerni quchish, odamlar meh-riga to‘yish, o‘ziday musaffo qalbli bolalarning sho‘xligiga sherik bo‘lish, buvi va bobolarning ne-ne qiyinchiliklarga shohid bo‘lgan ko‘zlariga nur bag‘ishlash, ularning yuzlarini siypalash edi. Ammo ...
Yo‘lda to‘siqqa duch keldi. Jilg‘a bo‘ldi, so‘ngra shalolaga aylandi. Bundan-da xursand edi. Izlagan yaxshi odamlarini topdi. Ular buloq suvini avaylashdi, miriqib ichishdi, bog‘lariga ta-rashdi, ko‘zalariga to‘ldirib e’zozlashdi. Afsus, uning bu quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi. Dunyoda turfa odamlar bor ekan. Biri uning suviga e’tibor bersa, biri qadriga yetmadi — har tomonga bo‘lib yubordi. Yo‘lda nimalar qo‘shil-madi unga, bilolmadi. Rangi o‘zgardi. Ustiga-ustak tikanaklar, xas-cho‘plar qalbini pora-pora qildi. Bunga ham chidadi. Yana kimlardir mashinasini ham yuvdi. Buloq suvi bulg‘andi, ko‘l-makka aylandi, oxiri kerak bo‘lmay qoldi. U odamlarning bun-chalik befarqligidan achindi va rangi sarg‘aydi...
Topshiriq: Rivoyatni o‘qing va munosabat bildiring.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. Nimauchun „Suv — hayot manbayi“ deyiladi?
2. Suvning o‘zingiz bilgan ta’riflarini keltiring va mazmunini tushuntirib bering.
Suv — hayot
manbayi
3. „Buloq“ rivoyatidan olgan xulosangizni ayting.
F)Baholash
Uyga vazifa. Shahringizdagi favvoralar haqida yozing.

Download 11,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish