Ona tiliva adabiyot



Download 11,67 Mb.
bet95/106
Sana10.03.2022
Hajmi11,67 Mb.
#487820
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   106
Bog'liq
O\'zbek tili 6-7 to\'garak .docx rejasi

MMIBDO’ __________ __________________________
Sana:__________ 20___yil 7-sinf
Mavzu:Fe’l yasovchi qo‘shimchalarning qo‘llanishi
Darsning maqsadi:1.O’quvchilarga fe’l yasovchi qo‘shimchalarning qo‘llanishi haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish. Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish) kompetensiyalarni o’stirish. badiiy va san’at asarlarini tushunish;
2.Alisher Navoiy haqidagi bilimlarni mustahkamlash.Ajdodlarga munosib avlod ruhida tarbiyalash.San’atni his qilishni o’rgatish, badiiy adabiyotga, kitobxonlikka bo’lgan qiziqishni o’stirish. farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish; xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga chaqirish. bilimini mustaqil ravishda oshirib borish, o‘qib o‘rganganlarini o‘rtoqlari bilan muhokama qilish;
3.O’quvchilarning lug’at boyligini oshirish.Mustaqil ishlash ko’nikmasini o’stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
Darsning turi:yangi bilim beruvchi va mustahkamlovchi
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi: A) Tashkiliy qism.
Salomlashish,davomatni aniqlash,o’quvchilarni darsga tayyorlash.
“Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
B) O’tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi so’rab baholanadi. O’qilgan badiiy asarlar tahlili qilinadi.
S) Yangi mavzu:
1- topshiriq. Berilgan rasm asosida suhbatlashing.
1- mashq. Matnni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan gaplarga e’tibor bering.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi
Toshkent shahrida 1870- yilda Toshkent ommaviy kutubxo-nasiga asos solingan. 1948- yilda Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi munosabati bilan kutubxonaga shoir nomi berilgan. U 2002- yildan boshlab Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi deb faoliyat yuritib kelmoqda. Unda 15 mingdan ortiq nodir kitoblar saqlanadi. Kutubxona fondida O‘rta Osiyoning XX asr boshlarigacha bo‘lgan tarixi, etnografiyasi, geografiyasi va madaniyatiga oid 594 jilddan iborat noyob ensik-lopediya to‘plamlari bor.
2010- yilda ushbu kutubxonaning tashkil etilganiga 140 yil to‘ldi.
(„ Ma’naviyat qalb quyoshi“ ma’lumotnomasidan)
Bilib oling!
Son, ong so‘zlariga -a, -la fe’l yasovchi qo‘-shimchalari qo‘shilganida, asosdagi o tovushi a tovushiga aylanadi va shunday yoziladi: ong — angla, son — sana kabi.
2- mashq. Gaplarni o‘qing. Yasama fe’llarni toping va ular tarkibida sodir bo‘lgan tovush o‘zgarishlarini tushuntiring.
1.G‘iyosiddin Kichkina o‘z o‘g‘lini Alisher deb atadi. 2. Yosh Alisherni atrofda sodir bo‘layotgan adolatsizliklar qiynaydi.
5. O‘rtoqlari bilan o‘ynab yurgan Alisherning ko‘zi beixtiyor tarixchi olim Sharafuddin Ali Yazdiyga tushdi. 4. Hazrat Navoiy bir umr xalq manfaatini o‘ylab yashadi. 5. Men shoirning hik-matli so‘zlarida chuqur ma’no borligini qalbdan angladim.
D)Mustahkamlash.
2- topshiriq. Berilgan ma’lumotlarni o‘qing va shu ma’lumotlar asosida o‘zaro suhbatlashing.
— „Xamsa“ („Beshlik“) asari Alisher Navoiy ijodining eng cho‘qqisi hisoblanadi.
— „Xamsa“ turkiy tilda yaratilgan bo‘lib, beshta dostondan iborat.
— 1985- yilda „Xamsa“ning 500 yilligi nishonlangan.
— Navoiy asarlari lug‘ati 1972- yilda G‘afur G‘ulom nomi-dagi adabiyot va san’at nashriyoti tomonidan chop etilgan.
— Alisher Navoiyning „Farhod va Shirin“ dostoni 1968-yilda Boku shahrida ozarbayjon tilida (Hamid Orasli) nashr etilgan.
— Moskva shahrida 2006- yil bo‘lib o‘tgan „Kitob san’ati“ uchinchi xalqaro tanlovida „Boqiy satrlar“ turkumida chop etilgan besh kitobdan iborat Navoiyning „Xamsa“ asari nashri oltin medalga sazovor bo‘ldi.
— Moskva, Tokio va Boku shaharlarida Alisher Navoiy xotirasiga muhtasham haykallar o‘rnatilgan.
F) Baholash
Uyga vazifa. „Alisher Navoiy“ spektakli yoki filmini ko‘ring va taassurotlaringizni so‘zlab bering.

Download 11,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish