“Она тили ў?итиш махсус методикаси” номли дарслик


Grammatik  tahlil  asosidagi  orfografik  mashqlar



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/83
Sana29.12.2021
Hajmi0,75 Mb.
#77395
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   83
Bog'liq
ona tili oqitish metodikasi

 Grammatik  tahlil  asosidagi  orfografik  mashqlar.    Bunda  grammatik  va 
orfografik  hodisalar  orasidagi  munosabatni  o‘rganish  yuzasidan  ko‘nikma  xosil 
qilinadi.    Orfografik  qiyinchiliklar,    yozishda  ikkilaniladigan  o‘rinlari  aniqlanadi.  
Mashqdagi  kerakli  so‘z,  so‘z  birikmasini  o‘quvchi  o‘zi  topib,  tahlil  qilib  berishi, 
tushuntirishi,  isbotlab  berishi,  solishtirishi  zarur.    Masalan,  otlardagi  kelishik 
qo‘shimchalarining  yozilishini    tushuntirishda,    o‘qituvchi  otlarni  topish,  kelishik 
qo‘shimchalarini aniqlash, nima uchun u yoki bu kelishik qo‘shimchasi yozilganini 
tushuntirish,  shunga  o‘xshash  boshqa  misol  topish  vazifasini  beradi.    O‘quvchilar 
topshiriqni  mustaqil,  zarur  bo‘lganda  o‘qituvchining  yordami  bilan  bajaradilar.  
Orfografik  mashqlar  matnni  tahlil  qilishdan  boshlanishi  foydali.    Masalan,  matnni 
ko‘chirib  yozishdan  oldin  so‘z  ichidagi  unli  va  undosh  tovushlarni  topadilar, 
undoshlarning jarangli va jarangsizlarini anitqlab, qaysi xarf yozilishi kerakligini ani 
qlaydilar  so‘ngra  matnni  ko‘chirib,      tahlil  vaqtida  an  iqlangan  xarflarning  tagiga 
chizadilar.  
 
Tahlil  ikki  xil  o‘tkaziladi.    Matnni  ovozsiz  ko‘rib  turib  o‘qish;  ovoz  bilan 
o‘qish.  Bularning xar ikkalasi ham ahamiyatli bo‘lib,  ko‘ru uquviga, ikkinchisi esa 
eshituv uquviga asoslanadi.  
O‘quvchilar  diqqatini  faollashtirishmaqsadida    tarqatma  materiallar,  kartochkalar 
bilan  yangi  pedagogik  texnologiyalar  asosida  ishlanadi.    Masalan,  d,  t  xarflari 


 
106 
tushirib  qoldirilgan  kartochkalar  tarqatiladi.    O‘qituvchi  shu  qoidaga  oid  boshqa 
so‘zlarni  aytib,    oxirida  qaysi  xarf  yozilishini  so‘raydi,  o‘quvchilar  qo‘llaridagi 
so‘zlar  ichida  qaysi  xarf    yozilishi  kerakligini  aytadilar.    So‘zlar  yozilgach,  shu 
xarflar tagiga chiziqcha chiziladi.  
    Yangi  pedagogik  texnologiyalar  asosida  kartochkalar  bilan  ishlash  o‘quvchilar 
diqqatini  faollashtiradi,    o‘quvchilar  bilim  saviyasini,  o‘zlashtirish  darajasini 
aniqlashga yordam beradi.  
    Ko‘chirib  yozuv.      Ko‘chirib  yozish  turli  xil  bo‘ladi.    Qo‘l  yozma  xarf  bilan 
yozilgan  matnni  ko‘chirish,  bosmacha  xarfli  matnni  ko‘chirib  yozish;  ko‘chirib 
yozishni  o‘zi,  qisman  ko‘chirish,  aytgan  joylarini  topib  ko‘chirish;  turli 
topshiriqlarni bajarib, ko‘chirish va x. k.  
Ta’limning  dastlabki  davrida  ko‘rib  turib  yozish  talab  etiladi.    Keyinchalik  ish 
murakkablashib  boradi.      So‘zlar  berilgan  rasmlar  tartibida;  gap  ichida    so‘z  o‘rni  
almashtirilib  berilgan  matnni  to‘g‘ri  ko‘chirish;  matn  ichidan  kerakli  so‘z  va 
gaplarni  topib  ko‘chirish,  namunaga  qarab  yozish  va  boshqalar.    Bunda  so‘zning 
talaffuzi,  shakli  ustida  ishlash,  yoddan  yozishga  o‘rgatish  ishlari  amalga  oshiriladi.  
Ayrim  xollarda  ko‘chirib  yozish  ayrim  grammatik-orfografik  topshiriqlarni 
bajarishdan  boshlanadi.    Masalan  zarur  xarf  yoki  xarf  birikmasini  topish,  ko‘chirib 
bo‘lgandan  so‘ng  tagiga  chizish;  so‘z  turkumlarini  (ot,  sifat,  fe’l,  olmosh)  yoki 
ularning belgilarini  ( otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi, bo‘lishli va bo‘lishsiz 
fe’llar;  otlarning  egalik  va  kelishik  bilan  turlanishi;  fe’larning  shaxs-son  va 
zamonini) aniqlash va yozuvda shu so‘z oldiga  yoki qavs ichiga, ba’zan so‘z ustiga 
yozib belgilanadi.  
  
Ko‘chirib  yozuvni  orfografik  mashq  sifatida  o‘tkazishda  kuyidagi  shartlarga 
rioya  qilish  tavsiya  etiladi:  1.  o‘quvchilar  ongiga  mos  keladigan,  qiziqarli  material 
tanlash  va    tahlil  etib,  so‘ngra  ko‘chirish.    2.  Kitob  va  doskadan  ko‘chirib  yozish 
texnikasini o‘quvchilarga  o‘rgatish – avval o‘qi, o‘ylab  ko‘r,  tushunarlimi?, nimani 
yozasan?  Shu  so‘zning  yozilishini  esda  saqla.    Endi  yozib  tekshir.    Asta-sekin 
o‘quvchi nafaqat so‘zlarni, balki gap va matnlarni ko‘chirib yozishga, uni kitob yoki 


 
107 
doskadagilar  bilan  solishtirib  tekshirishga  o‘rganadi.    Buning  uchun  matnni  diqqat 
bilan o‘qiydilar, so‘zlarni bo‘g‘inlab o‘qib, xatolarini tuzatadilar.  
     Tanlab ko‘chirish -yozishning faol turi bo‘lib hisoblanadi.  Bunda matn ichidan 
ma’lum  so‘z,  gap,  iboralar,  grammatik  formalar  topib  yoziladi.    Masalan,  matn 
ichidan  bir  xil  o‘zakli  so‘zlarni  ko‘chirib  yozish,  so‘z  yasovchi  qo‘shimchalarning 
tagiga  chizish,  matndagi  birlik  va  ko‘plikdagi  so‘zlarni  ikki  ustun  shaklida  yozish; 
hayvonlar,  o‘simliklar,  kiyimlar  nomini  ko‘chirib  yozish  kabi  va  boshqa 
mashqlardan ham foydalanish mumkin.  

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish