EGALI VA EGASIZ GAPLAR
Gapning grammatik asosi ega va kesimdan iborat bo`lsa egali gaplar, faqat kesim qismidan iborat bo`lsa egasiz gaplar deyiladi. Masalan: Men gullarni yaxshi parvarish qilyapman. Derazadan ko`chaga tikilaman.
Egali (ikki bosh bo`lakli) gaplarda ega ham kesim ham qatnashadi: Uquvi yo`q har joyda qoqiladi. Chumchuqdan qo`rqqan tariq ekmaydi.
Egasiz gaplar shaxs tushunchasi ifodalanishiga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi: Egasi yashiringan gaplar va egasiz gaplar. Egasi yashiringan gaplarda gapning kesimi orqali uning bajaruvchisiga - shaxsiga ishora qilinadi: Katta tanaffusda zalga to`plandik. Sanamay sakkiz dema.
Egasi yashiringan gaplar ikki turli bo`ladi: egasi (shaxsi) ma’lum gaplar va egasi (shaxsi) umumlashgan gaplar.
Do'stlaringiz bilan baham: |