Олий ва ¤рта махсус таълим вазирлиги



Download 1,27 Mb.
bet99/187
Sana22.08.2021
Hajmi1,27 Mb.
#153056
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   187
Bog'liq
ona tili

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Mayda
ANIQLOVCHI

Gapda biror bo`lakning belgisini yoki bir narsa-buyumning boshqasiga qarashliligini bildiruvchi bo`lak aniqlovchi deyiladi. Aniqlovchi bog`langan bo`lak aniqlanmish deyiladi. Aniqlovchi gapda quyidagi bo`laklarga tobelanishi mumkin:



  • egaga tobelanadi: Mayda qor yog`ib turibdi. Qalandarovning hovlisi kattagina ekan.

  • ot kesimga tobelanadi: Ergash ota – bizning qadrdon qo`shnimiz.

  • to`ldiruvchiga tobelanadi: Bu sovg`ani o`quvchilar tayyorlashgan.

  • holga tobelanadi: Sevimli vatanimizda bayramlar ko`p.

Aniqlovchilar bir xil narsa-buyumning belgisini yoki narsa-buyumning kimga yoki nimaga qarashli ekanligini bildirishiga ko`ra ikki turga ajratiladi: sifatlovchi aniqlovchi va qaratqich aniqlovchi.

Sifatlovchi-aniqlovchi – predmetning belgisini bildiradi. Qanday? qanaqa? Qaysi? qancha? necha? qayerdagi? nechanchi? so`roqlariga javob bo`ladi. Quyidagicha ifodalanadi.



  • sifat bilan: Sevimli vatanimda toshqin daryodek hayot jo`sh uradi.

  • sifatdosh bilan: Yig`ilgan odamlar ichkariga kirishdi.

  • ot bilan: Asfalt ko`chadan mashinalar g`iz-g`iz o`tardi.

  • son bilan: O`n beshtacha odam yig`ildi.

  • ravish bilan: Ko`p odamlar buni bilishmaydi.

  • taqlid so`z bilan: Chug`ur-chug`ur bolalar to`planishdi.

  • ibora bilan: Qo`li ochiq odamlar ko`p.

Qaratqich-aniqlovchi – kimning? nimaning? qayerning? so`roqlariga javob bo`ladi. Belgili yoki belgisiz qaratqich kelishigidagi shakllari mavjud: Yigitning so`zlarini diqqat bilan tingladik. Og`zi bo`shning ichida gap yotmaydi. Ota-onalar majlisiga yig`ildik. Shahar ko`chalarida kezdik.

IZOHLOVCHI

Izohlovchi aniqlovchining bir ko`rinishi bo`lib, u shaxs yoki narsani boshqacha nomlaydi. Izohlovchi asosan ot bilan ifodalanadi. Izohlovchi bog`langan bo`lak izohlanmish deb yuritiladi. Izohlanmish shaxsning millati, kasbi, unBoni, jinsi, qarindoshligi kabi qo`shimcha belgilarini tavsiflab keladi:



  • unvon, amalni: Kapitan Soliev huzuriga chaqirdi. Direktor Nabiev biz bilan suhvatlashdi.

  • mashg`ulot, kasbni: Oshpaz Halima opani anchadan beri bilamiz.

  • yosh, jins, qarindoshlik darajasini: Chol bobo hamrohi bilan gaplashib o`tirar edi. Sobir amakim narigi mahallada yashaydi.

  • laqabni: Asadbek suvilonni yaxshi bilaman.

  • taxallusini: Muso Toshmuhammad o`g`li Oybek Toshkentda tug`ilgan.

  • narsa-buyumning o`xshashligini: Ona vatanimizga sodiq bo`laylik!

  • gazeta, jurnal, asarlar, muassasa va joy nomlari nomini bildirgan atoqli otlar: «Xalq so`zi» gazetasi, «Nafosat» do`koni, «Navoiy» romani, «G`uncha» dastasi.


Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish