Олий ва ¤рта махсус таълим вазирлиги



Download 1,27 Mb.
bet97/187
Sana22.08.2021
Hajmi1,27 Mb.
#153056
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   187
Bog'liq
ona tili

1. vaziyat (ravish) holi – ish-harakatning qanday tarzda bajarilganligini bildiradi, qay holda? qanday? qanday qilib? so`roqlariga javob bo`ladi. Quyidagicha ifodalanadi:

  • holat ravishlari bilan: astoydil gapirmoq, ketma-ket joylashmoq, tez yurmoq, sekin gapirmoq.

  • ravishdosh bilan: shoshib chiqmoq, yura-yura charchamoq, tusmollab sanamoq.

  • sifat bilan: samimiy gaplashmoq, yaxshi o`qimoq, go`zal ko`rinmoq.

2.O`rin holi – ish-harakatning bajarilish o`rnini bildiradi qayerda? qayerga? qayerdan? so`roqlariga javob bo`lib, quyidagicha ifodalanadi:

    • ot bilan: uyga bormoq, maktabdan chiqmoq, xonada joylashmoq.

    • o`rin ravishlari bilan: olisdan ko`rinmoq, ichkarida o`tirmoq, oldinda yurmoq.

O`rin holi o`zi ergashgan so`zga boshqaruv yo`li bilan bog`lanadi. O`rin holi makon, zamon kelishiklari (jo`nalish, o`rin-payt, chiqish) kelishigidagi so`zlar, ko`makchili otlar va o`rin ravishlari bilan ifodalanadi.

3.Payt holi - ish-harakatning bajarilish paytini bildirib, qachon? qachongacha? qachondan beri? so`roqlariga javob bo`ladi. Payt holi quidagicha ifodalanadi:

  • payt ravishlari bilan: yildan yilga kuchaymoq, kechadan beri kutdi, bir ozdan keyin keldi.

  • ravishdosh bilan: qaytguncha kutdi, keta ketguncha so`radi.

  • ot bilan: Tongda yo`lga chiqdi.

  • payt ma’noli ko`makchili so`z birikmalari bilan: Bundan besh yil ilgari uchrashgan edik. O`sha kundan beri bu Voqeani unutolmayman.

4.Daraja-miqdor holi – ish-harakatning miqdorini va darajasini bildirib, qancha? qay darajada? necha marta? necha? kabi so`roqlarga javob bo`ladi. Quyidagicha ifodalanadi:

  • miqdor ravishlari bilan: ko`p o`qiydi, sal qiynaldi, juda qiynaldi, kam o`qiydi.

  • son bilan: Bir gapirib o`n kuladi.,Yuz marta eshitgandan bir marta ko`rgan yaxshi.

  • olmosh bilan: shuncha kutdi, buncha kekkaydi, uncha gapirmang.

5.Sabab holi – ish-harakatning yuzaga kelish sababini bildiradi, nima uchun? nima sababdan? so`roqlariga javob bo`ladi.Quyidagicha ifodalanadi.

  • -lik, -sizlik qo`shimchalarini olgan otlar bilan: Tashnalikdan lablari qaqrab ketdi. Suvsizlikdan ekinlar qurib qoldi.

  • -gani qo`shimchali sifatdoshlar bilan:Qo`rqqanidan bir og`iz ham gapirolmadi.

  • sababli, tufayli, uchun ko`makchili qurilmalar bilan: Tinchlik tufayli yurt obod. Yaxshi o`qigani uchun mukofotlandi.

Shu o`rinda sabab holli sodda gaplar sabab ergash gapli qo`shma gaplardan farqlash lozim: U dars tayyorlamagani uchun kelmadi.

O`qituvchi kelmagani uchun dars bo`lmadi.

6.Maqsad holi – ish-harakatning yuzaga kelish maqsadini bildiradi. Nima uchun? nima maqsadda? nima qilgani? so`roqlariga javob bo`ladi. Maqsad holi quyidagicha ifodalanadi:

  • maqsad ravishdoshlari bilan: ko`rishgani qo`l uzatdi, o`qigani kelganmiz;

  • ot+ko`makchi shaklida: Tinchlik uchun kurashamiz.

  • sifatdosh+ko`makchi shaklida:

  • harakat nomi+ko`makchi shaklida: Qoratoy uni surishtirish uchun yelib yugurdi.

  • maqsad ravishlari bilan: Bizlar atayin sizni izlab keldik. Maqsad holli sodda gaplarni maqsad gapli qo`shma gaplardan farqlash lozim:

Mashina po`lat etakdagi paxtani bo`shatish uchun chetga chiqdi.

Bola tinch uhlashi uchun xona salqin bo`lishi lozim.

7.Shart holi - ish-harakatning yuzaga kelish shartini bildiradi. Gapning asosi-kesimga bog`lanib, fe’lning shart mayli shaklida bo`ladi. Mashina charchasa to`xtaydi.Talaba izlansa yutadi.

Shart holli sodda gaplarni ergashgan qo`shma gaplardan farqlash lozim: Havo bulut bo`lsa yomg`ir yog`adi. Men borsam, siz kelasiz.– qo`shma gap.



Karim o`qisa biladi. Dildora maktabni tugatsa keladi. – shart holli sodda gap.

8.To`siqsizlik holi kesimga bog`lanib, ish-harakatning yuzaga kelishida to`siq bo`la olmagan holatni bildiradi. Fe’lning shart mayli shakli –sa +ham yuklamasi shaklidagi so`zlar yoki birikmalar bilan ifodalanadi: U charchasa ham ishini davom ettirdi. Bola qancha o`qisa ham masalaga tushunmadi.

Bunday qurilmalarni to`siqsiz ergash gapli qo`shma gaplardan farqlash lozim:Havo bulut bo`lsa ham yomg`ir yog`madi.


Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish