Mustaqil va nomustaqil kesim shakllari. Shaxs-son va zamon shakllaridagi fe’l kesimlar hamda bog`lamali va bog`lamasiz qo`llangan ot kesimlar mustaqil kesim sanaladi: Jahl - dushman, aql - do`st. Bu qiz Gulnor edi. Qaydadir bo`g`otdan suv tomchilaydi.
Shart mayli shaklidagi kesim nomustaqil kesim shakli sanaladi. Ular asosan ergashgan qo`shma gaplarda ergash gaplarning kesimi vazifasida qo`llanadi: Agar shu ko`rganlarini hikoya qilib bersa, hech kim ishonmaydi. Havo bulut bo`lsa ham, yomg`ir yog`madi. Mehmonlar kelishsa, biz ularni samimiy kutib olamiz.
Istak gaplarning kesimi, garchi ular shart mayli shaklida qo`llansa ham, mustaqil kesim sanaladi: Qani edi, hamma sizga o`xshasa. Bugun bir osh qilsak.
Do'stlaringiz bilan baham: |