KESIM VA UNING IFODALANISHI
Gapni yuzaga keltirish, fikr ifodalash jihatidan kesim gapdagi eng ahamiyatli bo`lak sanaladi. Kesim gapda asosiy fikr - hukmni ifodalaydi, gaplikning asosiy belgilarini ko`rsatuvchi eng muhim bo`lak sanaladi. Kesim ifodalanishiga ko`ra ikki xil bo`ladi: fe’l kesim va ot kesim
Fe’l kesim fe’lning turli shakllari bilan ifodalanadi: Odamlar tarqala boshladi. Fe’l kesimlar quyidagi shakllarga ega:
sof fe’l kesimlar: Halol mehnat kishini ulug`laydi.
ravishdosh bilan ifodalangan kesim: Ishning boshi boshlanguncha.
sifatdosh bilan ifodalangan kesim: Yurtimizda ulkan qurilishlar boshlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |