1 Камю А. Избранное. М ., 1990, 18-bet.
2 0 ‘sha joyda.
360
moiy fikrlash taraqqiyotiga sezilarli ta’sir o'tkazdi. Aniqroq qilib
aytganimizda, ekzistentsializm falsafasidagi fikr-mulohazalar ba’zi
mamlakatlarning ommaviy-ijtimoiy harakatlar dasturlaridan mu-
nosib o‘rin oldi. Shu g'oyalar ta’siri ostida jahonning bir qator
mamlakatlarida inson huquqlarini himoya qilish, qurollanish poy-
gasiga chek qo‘yish, jahonni termoyadro umshlari halokatidan saqlab
qolish, ekologik, eneigetik, demografik fojialaming sodir bo‘lishiga
yo‘l qo'ymaslik kabi umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan dastur-
lar ishlab chiqildi.
Xo‘sh, ekzistensializm falsafasi olg'a surgan asosiy konsep-
tual g‘oyaIar nimalardan iborat? Ulardan biri — inson borlig‘ini
o'rganish orqali olam borlig‘ini bilish g‘oyasidir. Boshqacha ayt
ganimizda, ekzistensializm falsafasi olamning haqiqiy manzara-
sini bilmoq uchun, eng awalo, inson borlig‘ini bilmoq darkor,
degan g‘oyani olg‘a suradi. Bunday g‘oyani birinchilardan bo‘lib
nemis ekzistensializmining asoschisi Martin Xaydegger «Borliq
va zamon» (1927-y.) asarida olg‘a surgan edi.
Martin Xaydeggeming tushuntirishicha, ekzistensialistik on-
tologiyaning birinchi asosi — inson borlig‘idir. Borliqning, in
son shaklining o ‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u nafaqat
borliqning boshqa ko'rinishlarini, balki o‘zini o‘zi bilishga ham
qodir. Shuningdek,
inson
borliqning boshqa shakllari bilan turli
munosabatlar o'rnatish xususiyatiga ega. Shuning uchun bunday
borliq, ya’ni ekzistensiya ontologiyaning funda
m enti
bo'lmog'i
darkor.
Inson borlig‘ini bunday tahlil qilish, turgan gapki, ma’lum
asosga ega bo‘ladi. Chunonchi, olamda mavjud bo‘lgan tirik mavju-
dotlaming birontasi fikrlash madaniyatiga ega emas, yoki ular
dan birontasi olam to ‘g‘risida u yoki bu fikrni bayon qila ol-
maydi. Insondan boshqa tirik mavjudot olamda o‘zi egallab tur
gan o ‘rni haqida aniq tasawurga ega emas.
Martin Xaydeggeming borliq to ‘g‘risidagi ekzistensialistik
ta ’limotiga asoslanib Karl Yaspers yangi variantdagi ontologik
ta ’limot yaratdi. Nemis ekzistensialistlari M.Xaydegger va K.
Yasperslaming inson borlig'i to‘g‘risidagi qarashlarini fransuz
faylasufi J.P.Sartr o‘zining «Borliq va hech nima» asarida yangi
dalillar bilan boyitdi. Lekin inson ekzistensiyasi haqida Sartr va
Xaydegger qarashlari o‘rtasida ayrim tafovutlar ham bor edi.
Xususan, Sartr inson borlig'i haqida fikr yuritganda asosiy
361
e’tiborni individual tanlovga, kishi mas’uliyatiga, har bir shaxs-
ning o‘ziga xos «Men»ini topishga harakat qildi. Shuningdek,
Sartr inson ekzistensiyasi haqida gapirganda, inson borlig‘i
borliqning boshqa shakllari bilan aloqador ekanligini hamisha
nazarda tutadi. Xaydegger esa butun e’tibori bilan inson borlig'ini
o‘rganish orqali olam borlig'ining mohiyatini ochib berishga
urinadi.
M.Xaydegger, J.P.Sartrlarning fikriga ko‘ra, inson ekzisten-
siyasining mohiyatini bilish yordamida uning nimalarga qodir
ekanligini bilib olish mumkin. Xuddi shu vosita yordamida in-
soniyatni boshi uzra xavf solib turgan turli dahshatlardan, ay-
niqsa, o‘z «borlig'ini unutish» fojiasidan eson-omon saqlab qolish
mumkin. 0 ‘z borlig‘ini unutgan kimsalar tabiat boyliklaridan
foydalana turib, inson va tabiat bir butun, yaxlit ekanligini
unutib qo‘ydilar. Boshqa birovlar esa inson borlig‘i — eng oliy
darajadagi umuminsoniy qadriyat ekanligini unutib, undan faqat
vosita, omil sifatida foydalanishga urinadilar.
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, inson
borlig‘ining mohiyatini bilish hoziigi zamon insonshunosligining
eng dolzarb muammolaridan biridir. Ayniqsa, ilmiy-texnika taraq-
qiyoti jadallashib borayotgan hozirgi sharoitda insonning tashvish-
lari va quvonchlari haqida, erishilgan sivilizatsiya natijalarini saqlab
qolish, atrof-muhit musafFoligini ta’minlash kabi masalalar inson
borlig‘ida vujudga kelgan muammolar ko‘p ekanligidan dalolat
beradi.
Zero, ekzistensialistlar ta ’kidlashganidek, falsafa o‘zining bu
tun e’tiborini inson borlig‘ini har tomonlama o‘rganishga qarat-
gandagina, xususan, olamni o ‘rganishni insonni o‘rganishdan
boshlagandagina chinakam hayotiy realizm yo‘lidan boradi, chi-
nakam gumanizm pozitsiyasida turadi.
Inson o‘z borlig‘ini bilishdan olam borlig‘ini bilish tomon
bora turib, olamga yangicha mazmun ato qiladi. Olam bilan biiga
qo'shilib harakat qiladi. EkzistensiaUzm tarafdorlkri klassik falsafa
tomonidan «insonga xos emas» deb hisoblangan borliqning bar-
cha ko'rinishlarini hozirgi zamon falsafasi insonparvarlashtirmog‘i
darkor, deb tushuntiradi.
XX asr ekzistensializmi inson borlig‘ining o‘ziga xos xususi-
yatlarini tushuntirib berishga harakat qildi. Jumladan, Sartr
o ‘zining «Ekzistensializm — bu gumanizm» asarida ta’kidlashicha,
362
insonning boshqa tirik mavjudotlardan farqi shundaki, u ish
qilmoqchi, xususan, bironta asbob yasamoqchi bo‘Isa, unga
qilmoqchi bo‘lgan yumushini, yasamoqchi bo‘lgan asbobni oldin-
dan tasaw ur qiladi, ya’ni tasawuridan o ‘sha asbobni keltirib
chiqaradi. Shuning uchun ham, bu yerda mohiyat — asbob yoki
narsaning mavjud bo'lishi uchun o'tmish vazifasini bajaradi.
Insonning o‘zida esa ushbu jarayon mutlaqo boshqacha kechadi.
Chunonchi, inson bolasi tug‘ilibdi, demak, u mavjud. Lekin
o'sha tirik mavjudot inson darajasiga ko'tarilishi uchun insonga
xos insoniylikning mohiyatini o‘zida mujassamlashtirmog‘i darkor.
Bu yerda mavjudlik mohiyat uchun o‘tmish vazifasini bajaradi.
Ekzistensializm falsafasining tushuntirishicha, insonning o‘ziga
xos xususiyatlaridan biri, u o'zini o ‘zi yasaydi, mavjud bo‘la
turib, o‘z mohiyatini bunyod etadi. Ekzistensializmning birinchi
qoidasi shundan iborat. Shu qoidadan, inson tabiati u yaral-
gunga qadar mavjud bo'lmaydi va individning o‘zidan boshqa
hech qanday tashqi kuch uni insonga aylantirish qudratiga ega
emas, kabi xulosalar kelib chiqadi. Mabodo, individ inson
darajasiga ko‘tarilganda uning ongi va faoliyatida jiddiy nuqsonlar
mavjud ekan, buning uchun, eng awalo, o‘sha kishining o‘zi
aybdor. Bunday g‘oyani olg‘a surish bilan ekzistensial falsafa
insonning shakllanishida uning o‘zi mas’ul ekanligiga e’tibomi
qaratadi. Insonning boshiga qanday balo-qazo yog‘ilsa, buning
uchun, eng awalo, uning o‘zi aybdor ekanligini ta’kidlaydi.
Inson borlig‘ining eng muhim xususiyatlaridan biri — u o‘zida
mavjud bo‘lgan fikrlash qobiliyati, xatti-harakati, his-tuygcularini
tekshirib ko‘ra oladi. Hatto, nafaqat borliqni qanday bo‘lsa shun-
dayligicha gavdalantirish malakasiga, balki o'sha tasawumi turli
savol-javoblar yordamida tekshirib ko‘rish qobiliyatiga ham ega
bo'ladi. Chunki inson kundalik faoliyatida nafaqat olam to‘g‘risida,
balki o‘zi to‘g‘risida ham yangi-yangi ma’lumotlami to‘plab bo-
radi.
Inson o‘z navbatida, xuddi risolalarda orzu qilinganidek,
ya’ni «loyiha»dagidek yashashga intiladi. Lekin ushbu «loyiha»
amalga oshishi ham, oshmasligi ham mumkin. Chunki individda
insoniylikning shakllanish jarayoni turli-tuman ziddiyatlar bilan
to ‘la bo‘ladi. Ushbu jarayon insonning butun umri davomida
davom etadi. Sartming tushuntirishicha, insonning individual
«loyiha»sida mavjud bo‘lmagan fazilatlar uning kundalik amaliy
363
faoliyatida ham namoyon bo'lmaydi. Xususan, inson umrida bi-
ron kishini yaxshi ko'rm agan b o ‘lsa, biron kishi bilan
do‘stlashishga moyilligi, intilishi bo'lmasa, demak, uning indi
vidual «loyiha»sida bunday tuyg‘ular yo‘q va bo'lgan emas.
Ekzistensial falsafaga ko‘ra insonning ma’naviy olamidagi eng
asosiy tuyg'u — erkinlikdir. Bunday tuyg‘u har bir individda
mavjud bo'ladi. Lekin ushbu tuyg‘uning inson uchun qanchalik
kafolatlanganligini hisoblab chiqish amri-mahol. Inson — erkin,
uning o‘zi — erkinlik, deb ta’kidlagan edi Sartr. Individning
erkin bo'lishi, unga bo'lgan e’tiborning ortib borishi, o‘z nav-
batida, uning kulfatidir. Shuning uchun shaxs muammosi —
inson shaxsiy xarakteristikasi, individual xususiyatlarini tahlil
qilish — XX asr ekzistensializmining eng sevimli mavzularidan
biridir. Ushbu mavzuga o‘z muxlislarining e’tiborini yanada oshir-
moq uchun ekzistensialistlar turli badiiy lavhalar, obrazlar,
to ‘qimalar, adabiy asarlar kolliziyalarida, falsafiy asarlardagi
abstrakt kontekstlarda hayotni har tomonlama tahlil qiladilar.
Ekzistensializm falsafasi inson faoliyatida ratsional momentning
ahamiyati beqiyos ekanligiga diqqatni qaratdi. Xususan, inson
faoliyatida turli konfliktlar sodir bo'lganda aql-zakovat hukmiga
quloq solish, aql kuchi bilan har qanday murakkab vaziyatdan
chiqish uchun yechim topish — inson amaliy faoliyatining
muhim sharti ekanligini ta’kidladi. Ekzistensializm falsafasi namo-
yandalarining aytishicha, bu yerda gap «hamma narsani biladi-
gan» olim haqida borayotgani yo‘q, balki oddiy kishilar haqida
borayotir. Xuddi o‘sha oddiy insonlarning «hushyor hisob-kito-
blari» har qanday og‘ir vaziyatda ham insonni balo-qazolardan,
turli fojia va dahshatlardan eson-omon saqlab qoladi. Eng og‘ir
damlarda ham o‘zi bilan o‘zi maslahatlashishga imkon yaratadi,
tavakkal qilib ish yuritishga yo‘l bermaydi. Ya’ni o‘z ekzisten-
siyasini topgan kishi konfliktga, dahshatga qarshilik ko‘rsatish,
uni matonat bilan yengishga jasorat, kuch-quwat topadi.
Fransuz ekzistensialistlari ikkinchi jahon urushi yillarida vu
judga kelgan «Qarshilik ko‘rsatish» antifashistik harakatida ishtirok
etgan matonatli faoliyatni xuddi shunday fikr-mulohazalar qarichi
bilan tahlil qildilar. «Qarshilik ko'rsatish» harakati qatnashchilari
butun Yevropa fashizm dahshatlari alangasi ichida qolgan bir
paytda o‘zlari bilan o'zlari maslahatlashdilar, o‘z qalblari sadosiga
o‘zlari quloq soldilar. Insoniyat boshiga ko‘z ko‘rib, quloq eshit-
364
magan dahshat, qo'rquv olib kelgan fashizmdek baloga qarshi
mardonavor kurash olib bordilar. «Qarshilik ko‘rsatish» harakati-
ning ishtirokchilari fashizmdek dahshatga bir o‘zlarining kuch-
lari yetmasligini bilar edilar. Lekin fashizmga qarshi turgan an-
tifashistik harakatning ertami-kechmi butun dunyoga yoyilishiga
qattiq ishonar va g‘alabani ham katta umid bilan kutar edilar.
Shunday qilib, inson har qanday murakkab vaziyatda ham o‘z
erki, o‘zining o‘zligi, «Men»i (o£z ekzistensiyasi) uchun kura-
shish imkoniyatiga ega bo'ladi.
XX asr ekzistensializmi olg‘a surgan eng muhim konseptual
g'oyalardan yana biri — inson olamdagi tirik mavjudotlar ichida
o ‘ta noyob ekanligi haqidagi g‘oyadir.
Ekzistensializm falsafasi insonning o‘ta noyob mavjudot ekan-
ligini isbotlovchi bir qator yangi ontologik dalillar keltiradi.
Chunonchi, inson hamisha o‘zidan boshqalarga o‘xshamaydigan
qiliqlarni, holatlarni qidiradi, boshqalarga o'xshamaydigan
«Men»ini topishga intiladi. Klassik falsafa ham har bir kishining
o ‘ziga xos individual qiyofasini aniqlashga uringan edi. Lekin
klassik falsafa XX asr ekzistensialistlari tushuntirganidek, o‘sha
«Men»ning haqiqiy qiyofasini «Men» bo'lmagan narsalar orqali
aniqlashga harakat qildi. Ayniqsa, «Men»ning mohiyatini inson-
dan tashqarida unga qarshi turgan «Men emas»dan izladi. «Men
emas» insonga xos bolm agan qiliqlar, odatlar, inson borlig'iga
dushman bo‘lgan begonalashuvning ramzi edi. Alber Kamyu
«Men emas»ni mustahkam, befarq, xavfli devorga o‘xshatdi.
Chunki «Men»da «Men emas»dan qo£rquv yashaydi. Shunday
bo£lishiga qaram asdan, inson yashashi uchun o £zini o £zi
yaratmog£i darkor. Ekzistensial falsafaning individga mo‘ljallangan
dasturi asosida «Men emas»da (ya’ni insondan tashqarida) bo‘lgan
o £zgarishlardan qo‘rqish, o‘z navbatida, unga qarshi kurashish
lozimligi haqidagi fikr yotadi.
Odamni «Men»ga dushman bo£lgan reallik sifatida talqin qi
lish XX asr ekzistensialistlari asarlaridan keng o£rin oldi. Xu-
susan, M.Xaydegger inson borlig‘ini — borliqning boshqa shak-
llari bilan birga mavjud bo£lishini tahlil qilish uchun «ekzisten
sial» tushunchasidan foydalanish lozim, deb hisoblaydi va ne-
mischa «Man» (noaniq shaklning almashishi) so‘zi bilan ifoda-
laydi. Ushbu «Man»ni «yaqinlashtirish», «tenglashtirish» tushun-
chalari yordamida tushuntirib beradi. Shunday ma’noda ekzisten-
365
sial falsafa hanuzgacha standartlash tendensiyasining dushmani
bo‘lib qolmoqda. Bunday tendensiya XX asrda ommaviy tus oldi
hamda moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishning turli sohalarida
namoyon bo‘ldi.
Sobiq Ittifoq olimlarining asarlarida «Man» — kapitalistik tur-
mush tarziga xos tushuncha, deb qoralandi. Xaydegger esa ushbu
tushunchaga abstrakt tarixiy taraqqiyotdan tashqarida tuigan ma’no
baxsh etdi, deb tanqid qilindi. Xaydegger o'zining ekzistensia
listik prinsiplarini oqlash maqsadida bunday usuldan foydalangan
edi. Chunki inson borlig‘ining o'ziga xos xususiyatlaridan biri bir-
biriga yaqinlashish, tenglashish zaruriyatining mavjud bo‘lishidir.
Xaydegger xuddi o ‘sha «Man» tushunchasi yordamida inson
borlig‘idagi mavjud ziddiyatlarni tahlil qilishga urinadi.
Martin Xaydeggeming ta’kidlashicha, inson o‘z borlig'idagi
ziddiyatli tomonlami birdaniga ilg'ab olavermaydi. Chunki inson
biri ikkinchisidan o‘i]ganadi, biri ikkinchisiga o‘rgatadi. Ana shun-
day o‘zaro muloqotlar jarayonida har bir kishi o‘z «Men»ini
bilib oladi va uni takomillashtirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bir
ibora bilan aytganda, inson o'zgalar bilan aloqada bo‘lish jara
yonida nafaqat umumiylik tomon yaqinlashadi, balki o‘z shaxsi,
o‘z borlig‘ining individual, takrorlanmas xususiyatlarini aniqlab
va mustahkamlab boradi.
Ekzistensializm falsafasi insonning kundalik hayoti, turmush
tarzi o‘ta murakkab jarayon ekanligiga e’tiborini qaratadi va undagi
umumiylikni aniqlashga harakat qiladi. Ya’ni ushbu jarayonni
o'rganish «o‘rtachalik» yoki «shaxsiy noaniqlik» degani emas.
Kishilaming umumiy boyligiga nafaqat standartlar, stereotiplar,
shablonlar, balki «o‘rtachalik»dan yuqori turuvchi holatlar —
originallik, ijodiylik, noyoblik ham kiradi. Odamlaming kundalik
aloqalarini «o'rtachalik» nuqtayi nazaridan tahlil qilish yoki
ushbu aloqalami o‘rta hoi deb hisoblash — insonning o'zaro
munosabatlarini soddalashtirishdan boshqa narsa emas.
XX asr faylasuflari «o‘rtachalik», «ommaviyiik»ning shablon
va standartlari kundalik turmushda hukmron bo'lib olganligini
chuqur his eta boshladilar. Turmushning barcha jabhalarining
«ommaviylashuvi»dan xavfsiragan ayrim faylasuflar F.Nitsshe kabi
elitar ideallami himoya qila boshladilar. Ayrim faylasuflar esa
turmush va madaniyat «ommaviylashuvi»ni unda mavjud bo‘lgan
real ziddiyatlar orqali tahlil qilmoqchi bo‘ldilar.
366
Antiklassik va noklassik falsafaning XIX asr oxiri XX asr
boshlaridagi namoyandalari ham, XX asrning o‘rtalarida ijod
qilgan faylasuflar ham olg‘a surgan g'oyalar markazida inson
ning begonalashuvi muammosini tahlil qilish yotadi.
M a’lumki, XIX asrda jahonning bir qator mamlakatlarida
ijtimoiy inqiroz tufayli odamlar jamiyatdan, hatto kishilar o‘zlari
o ‘zlaridan begonalasha boshladilar. S. Kyerkegor aytganidek, ka-
pitalistik jamiyat shaxs bilan jamiyat o'rtasidagi ziddiyatlarni
bartaraf eta olmadi. Aksincha, bu ziddiyat keskinlashib, shaxs
nivelirovkasi jarayoni kuchayib ketdi. Oqibatda, shaxs tuban-
lashdi va xudbinlashdi.
Insonning jamiyatdan begonalashuvi jarayonini K. Marks ham
har tom onlam a o'rgangan edi. Afsuski, ekzistensialistlar
o'zlarining begonalashuv jarayonini o‘rganishga bag‘ishlangan
tadqiqotlarida K. Marks fikr-mulohazalarini chetlab o‘tdilar.
K. Marks o‘zi yaratgan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya nazariya-
siga tayanib, XIX asr kapitalizm sharoitida insonning jamiyat-
dan begonalashuvi jarayonini tahlil qildi. U begonalashuv jara-
yonini ko'proq ijtimoiy munosabatlaming iqtisodiy negizi aso-
sida tadqiq etdi. Ekzistensialistlar esa K.Marksdan farqli oiaroq,
insonning jamiyatdan begonalashuv jarayonini o‘rganganda na-
faqat kapitalizm, balki turli ijtimoiy tuzumlar sharoitida shaxs
bilan jamiyat orasidagi ziddiyatlarni ham hisobga oldilar. Ayniq-
sa, inson aql-farosati, kayfiyati, ma’naviyatidagi begonalashuv
va uni vujudga keltirgan tabiiy-ijtimoiy ildizlarni aniqlash zarur
ekanligini ta’kidladilar. Ekzistensialist faylasuflarining fikriga ko‘ra,
XX asr sharoitida insonning jamiyatdan begonalashuvi ortib
borayotganligining asosiy sababi — dahshat, vahima, qo‘rquvdir.
Bu tuyg‘ulamng ortib borishi XX asr kishisi turmush tarzining
eng muhim xususiyatlaridan biridir1.
Qo‘rquv, dahshat, vahima insoniyat boshiga qora quzg'undek
yopirilib kelayotgan bir paytda, ekzistensialistlar fikriga ko‘ra,
falsafaning ma’nosi va mazmuni nafaqat begonalashuv jarayoni
ni o‘rganishdan, uni ma’qullashdan iborat bo‘lib qolmog‘i, balki
qo‘rquv, dahshat, vahimadan aqldan ozayotgan insonga yordam
qo‘lini cho‘zmog‘i darkor.
Ekzistensializm falsafasining tushuntirishicha, hozirgi zamon
Do'stlaringiz bilan baham: |