Hayotining keyingi yillarida jahonda tinchlik o'matish, urush
xavfini tugatish, turli millat, turli maslakda bo‘lgan xalqlar
o‘rtasida do'stona munosabatlarni o‘rnatish uchun kurashdi,
xalqparvarlik g‘oyalarini tinmay targ'ib qildi. Insonning «mavjud-
ligi» tor, biqiq doiradagi, faqat o‘z rftanfaati uchun bo‘lgan
«mavjudlik»dir, deb tushuntirdi. Insonning «mavjudligi» jamiyat,
insoniyat «mavjudligi» bilan bevosita bog‘liq ekanligini isbotlab
berdi.
Jan Pol Sartming keyingi yillarda yaratgan dramatik asarla-
rida inson individual mavjudligidagi turli ziddiyatlar, qarama-
qarshiliklar ochib berildi.
Fransuz ekzistensializmining yirik namoyandalaridan biri,
mashhur publitsist Alber Kamyu (1913—1960-y.) ijodida asosiy
mavzularidan biri bema’nilikning g‘ayriinsoniy mohiyatini fosh
etishdir. Bunday olijanoblikni uning «Sizif haqida afsona» asarida
yaqqol ko'rish mumkin.
Alber Kamyuning e’tirof etishicha, bema’nilik inson ongi va
faoliyatini qadim-qadimdan qamrab olgan g'ayriinsoniy illatdir.
Uning qahramoni Sizif ana shunday g'ayriinsoniy illatga giriftor
bo'lgan kishi. Bunday g‘ayriinsoniy kasalga mubtalo bo‘lgan Siz-
ifning uzluksiz baland toqqa tosh yumalatib chiqishi, tosh yana
pastga. yumalab tushganda uni qayta-qayta toqqa olib chiqishga
urinishi — bema’nilikdan boshqa narsa emas. Alber Kamyu fa-
shizm balosini ana shunday bema’nilik (absurd), deb biladi.
O'zining bema’nihk haqidagi fikr-mulohazalarini «Vabo» roman-
ida ham davom ettirib, ikkinchi jahon urushi yillarida odamlar-
ning o‘lim qurollari yasash uchun qilgan harakatlarini Sizifning
umr bo‘yi tosh yumalatib azob tortganiga o‘xshatadi. Ana o‘sha
bema’nilik tufayli millionlab odamlar o lib ketganligiga e’tiborni
qaratadi. «Vabo» romanining qahramonlari bunday jirkanch illatga
qarshi kurashadilar. Ana shu kurash chinakamiga gumanistik ma’no
kashf etadi.
Alber Kamyu odamlaming ma’lum qismi faoliyatiga o‘mashib
olgan bema’nilikka qarshi kurashishga, uning g£ayriinsoniy mo
hiyatini fosh etishga da’vat etadi. «Agar absurd (bema’nilik —
A.Ch.) tuyg'usi bevosita harakat tuyg'usiga aylantirilsa, unda bu
tuyg‘u qotillikka ham befarq qaraydi, uni joyiz qilib qo‘yadi.
Agar hech narsaga ishonch qolmasa, agar hamma narsa ma’nosiz
bo‘lsa-yu, hech narsaning qadr-qimmati bo'lmasa, unda hamma
359
narsa mumkin — yovuzlik ham, yaxshilik ham joiz va ahamiyat-
siz bo‘lib qoladi»1. Ana shu holatga tushmaslik uchun A.Kamyu
insoniy haqiqatga suyanadi. Uning «Nemis do'stimga maktublar»
asarida insonga ishonch g‘oyasi ilgari suriladi. Bu dunyoning
m a’nosini faqat insondan izlash lozim, bu dunyoda hech
bo‘lmasa bitta haqiqat bor — bu inson haqiqatidir. Shuning
uchun, awalo, insonni har qanday bema’niliklardan qutqarish
kerak, deydi u2. Kamyuning ushbu fikrlaridan insonda mehr va
uni turli azoblardan, xususan, bema’nilikdan qutqarishga qara-
tilgan olijanob maqsad yotganligini darhol ilg‘ab olish mumkin.
XX asming 50-yillarida ekzistensializm Angliya, Amerika, Ita-
Uya, Yaponiya ziyolilari orasida keng tarqala boshladi. Ekzistensia
listik falsafa klassiklarining asarlari zudlik bilan ingliz tiliga taijima
qilindi. Ingliz tilida S.Kyerkegor, N .Berdyaev, K.Yaspers,
M.Xaydegger asarlari chop etildi. Ayniqsa, fransuz ekzistensia-
lizmining asoschilaridan Jan Pol Sartr asarlari Angliya va Ameri
ka Qo'shma Shtatlari ziyolilarida katta qiziqish uyg'otdi. Amerikalik
professor Fransua X. Lopoynt ta’kidlaganidek, Sartr Amerikada
ekzistensializmning eng yirik targ‘ibotchisi, deb tan olindi.
Amerika Qo'shma Shtatlarida va Angliyada ekzistensializm
g‘oyalarini targ‘ibot va tashviqot qilishda U.Lauri, D. Uald,
U .Berret, K.Reyngardt, R.Xarper, U .Kaufm an, K.Uilson,
A.Merdok va boshqalar fidoyilik qildilar.
XX asming oltmishinchi — yetmishinchi yillariga kelib, ekzis
tensialistik g‘oyalar sobiq Ittifoq hududida faoliyat ko‘rsatgan ba’zi
olimlar, yozuvchilar, shoirlar ijodiga ham o‘z ta’sirini o'tkazdi.
Bunday kayfiyatni mashhur fizik olim, Nobel mukofotining lau-
reati, tinchlik, adolat g‘oyalarining tolmas targ‘ibotchisi Andrey
Saxarov, faylasuf olim Aleksandr Zinovyev, mashhur rus ijodko-
rlari Aleksandr Tvardovskiy, Yevgeniy Yevtushenko, jahonga mash
hur qirg‘iz yozuvchisi, yirik davlat va jamoat arbobi Chingiz
Aytmatov, o‘zbek ijodkorlari Abdulla Oripov, Erkin Vohidov,
0 ‘lmas Umarbekov, Nurali Qobil, Tohir Malik, qoraqalpoq
yozuvchisi Tolibbergan Kaipbergenov, Sharof Boshbekov asarlari-
dan payqab olish mumkin.
Ekzistensialistik falsafada olg‘a surilgan inson to‘g‘risidagi pro-
gressiv g‘oyaIar endilikda jahonning bir qator mamlakatlari ijti-
Do'stlaringiz bilan baham: