O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


  Georg  Vilgelm  Fridrix  Gegel  1770-yilda  Germamyaning  Shtutgart  shahrida



Download 10,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet340/412
Sana12.09.2021
Hajmi10,33 Mb.
#172143
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   412
Bog'liq
Inson falsafasi. Choriyev A



Georg  Vilgelm  Fridrix  Gegel  1770-yilda  Germamyaning  Shtutgart  shahrida 

yirik  amaldor  oilasida  dunyoga  kelgan.  Tyubinigen  ilohiyot  institutitini  tugatgan. 

1783— 1800-yillarda  Bem da  xonadon  o'qituvchisi  bo'Igan.  1801-yildan  e ’tiboran 

Yena  universitetida  o'qituvchilik,  1808—1816-yillarda  esa  Nyurenberg  shahridagi 

gimnaziyalardan  biriga  direktorlik  qilgan.  1816-yilda  Geydenberg,  1818-yilda  Berlin 

universitetlarida  professor  b o‘lib  ishlagan.  Berlin  universitetining  rektori  b o ‘lgan. 

1831-yilda  Berlinda  vafot  etgan.  Uning  inson  to ‘g ‘risidagi  qarashlari  «Xalq  va 

xristianlik»,  «Insonning  hayoti»,  «Ruh  fenomenologiyasi»  asrlarida  bayon  etilgan.

334



mohiyat  va  hodisa  (voqea),  sabab  va  oqibat,  miqdor  va  sifat, 

imkoniyat  va  voqelik,  tasodif  va  zaruriyat,  erkinlik  ko‘rinishlarida 

namoyon  bo'ladi.  Ushbu  kategoriyalar  sof  aqlning  turli  bos- 

qichlarini  ifodalaydi.

Gegelning  fikriga  ko‘ra,  inson  —  dunyoviy  ruhning  begona- 

lashuvidan  boshqa  narsa  emas.  Xuddi  shunday  pozitsiyadan  turib 

inson  inson  bo'lib  shakllanish  jarayonini  tahlil  qildi.  Insonning 

inson  bo‘lib  shakllanishida  axloq  hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega 

bo‘ladi.  Uning  tushuntirishicha,  axloqiy  normalar,  prinsiplar 

insoniy  munosabatlaming  turli-tuman  shakllaridan  tashkil  topa- 

di  va  dunyoviy  aql  xohish-irodasiga  mos  bo‘ladi.  Kishilar  xulq- 

atvorini  ifodalovchi  turli  axloqiy  normalar,  prinsiplar  ular  amaliy 

faoliyati  tufayli  emas,  balki  dunyoviy  ruh  rivojlanishining  lah- 

zasi  (momenti)  sifatida  vujudga  keladi.

Gegel  inson  faoliyatining  shakllari,  individual  va  ijtimoiy  ong, 

o‘zini  o ‘zi  anglash,  shaxs  erkinligi  haqida  bir  qator  chuqur 

dialektik  qoidalami  bayon  qildi.  Uning  asarlarida  insonning  inson 

darajasiga  ko‘tarilishida  mehnatning  roli,  kishilar  turmushida  mehnat 

qurollarining  ahamiyati  haqida  bir  talay  fikr-mulohazalar  bayon 

etilgan.  Lekin  Gegel  insonning  shakllanish  jarayoni  davrlarini 

ruhning  rivojlanishi  prizmasidan  o'tkazib  tahlil  qildi.  Chunki  xuddi 

o‘sha  ruh  «ruh  haqidagi  esdaliklarni,  uning  o‘z  o‘zidan  qanday 

mavjud  bo‘lib  tuiganligi  va  qanday  qilib  ular  o‘zlarining  hukm- 

ronliklarini  tashkil  qilib  turganliklarini»1  ifodalovchi  yo‘lni  bosib 

o'tishi  lozim.

Gegelning  mehnat  to ‘g‘risidagi  qarashlari  absolut  ruh  faoli- 

yatiga,  begonalashuv  haqidagi  mulohazalari  esa  anglash  bilan 

o‘z  o'zini  anglash  orasidagi  qarama-qarshilikka  borib  taqaladi. 

Xulosa  qilib  aytganda,  Gegel  falsafasida  inson  muammosi  —  o‘z 

o‘zini  anglash  fenomenologiyasi  muammosidir.  Uning  uchun 

insoniylikning  mohiyati  o‘zini  o‘zi  anglash  bilan  bab-barobardir.

Inson  bilan  jamiyat,  individ  bilan  davlat  orasidagi  o ‘zaro 

aloqadorlik  masalalari  haqida  fikr  yuritgan  Gegel  —  tarixda  shaxs­

ning  roli  haqidagi  subyektiv  qarashlami  tanqid  qildi.  Uning 

fikricha,  buyuk  shaxslar  —  tarixiy  zaruriyatni  boshqalarga  qara- 

ganda  to‘la  va  chuqur  tushunuvchi  kishilardir.  Lekin  tarixiy  zaru-




Download 10,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish