O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


  Iogani  Gotlib  Fixte  1762-yilda  tug'ilgan.  A w al  Iena,  keyinroq  Lepsig  uni-



Download 10,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet337/412
Sana12.09.2021
Hajmi10,33 Mb.
#172143
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   412
Bog'liq
Inson falsafasi. Choriyev A



Iogani  Gotlib  Fixte  1762-yilda  tug'ilgan.  A w al  Iena,  keyinroq  Lepsig  uni- 

versitetlarini  tugatgan.  Xonadon  o ‘qituvchisi  b o‘lib  ishlagan.  1755-yilda  Iena  uni- 

versitetida  professor  b o‘lgan.  1805—1806-yillarda  Erlangen  va  Kenigsberg  univer- 

sitetlarida  m a’ruzalar  o ‘qigan.  1810-yilda  Berlin  universitetining  dekani  bo'lgan. 

1814-yilda  vafot  etgan.  U ning  falsafiy  qarashlari  «Fanshunoslik»  (1794),  «Yopiq 

savdo  davlati»  (1800)  asarlarida  bayon  etilgan.

330



yati  shundan  iboratki,  u  ong  bilan  faoliyat  orasidagi  o‘zaro 

aloqadorlik  mexanizmining  mohiyatini  ochib  berishga  harakat 

qildi.  Uning  e’tirof  etishicha,  inson  ongi  bilan  faoliyati  birli- 

gining  asosida  doimo  harakatda  bo‘lgan  inson  o‘zligining  ifo- 

dasi  «Men»  yotadi.  «Men»  insonning  fikrlash  doirasida  mavjud 

bo'lgan  barcha  o ‘zgarishlarni  o'ziga  qamrab  oladi,  shuning 

uchun  ham  «Men»  yuksak  faollikka  ega  bo‘lgan  fikrlovchi 

subyektdir.

Fixtening  ta’kidlashicha,  inson  «Men»idan  tashqarida  tur­

gan  «Men  emas»  ham  borligini  unutmaslik  darkor.  «Men  emas», 

shubhasiz,«Men»ga  o‘z  ta’sirini  o‘tkazadi.  Hatto  uning  maz- 

munini  ham  belgilab  berishi  mumkin.  Faylasufning  e’tirof 

etishicha,  insonning  fizik  tabiati  uning  tabiiy  mayllaridan  tarkib 

topgan.  Shuning  uchun  ham,  ba’zan  «Men  emas»  «Men»ning 

rivojlanishiga  ichki  stimul  beradi.  Xuddi  shu  holat,  o‘z  navbati­

da,  insonning  axloqiy  burchini  bajarishiga  to ‘siq  bo'ladi,  inson 

axloqini  yemiradi.  Insondagi  «Men  emas»  qancha  kuchli  bo‘lsa, 

«Men»ning  axloqiy  imkoniyatlari  shuncha  zaif  bo‘ladi.  Shunday 

qilib,  Fixte  inson  «Men»i  bilan  «Men  emas»  orasidagi  o‘zaro 

aloqadorlik,  o‘zaro  ta ’sir  mexanizmining  mohiyatini  ochib 

berishga  harakat  qiladi.

Fixtening  fikriga  muvofiq,  «Men»  bilan  «Men  emas»ning  o‘zaro 

aloqadorligi  ulaming  bir-biriga  mos  tushishi  yoki  tushmasligi  in­

son  ongi  va  faoliyatining  birligini  ta’minlovchi  qudratli  omildir. 

Xuddi  shu  qoida  Fixte  dialektikasining  mag'zini  tashkil  etadi. 

Lekin,  deb  ta’kidlaydi  faylasuf,  «Men»  bilan  «Men  emas»  orasida­

gi  o'zaro  aloqadorlik,  o'zaro  ta’sir  mexanizmining  mohiyatini 

faqat  aql  imkoniyatlari  yordamida  emas,  balki  uni  bilishda  ong­

sizlik  elementlari  ham  ishtirok  etadi.  Ko‘rinib  turibdiki,  Fixte 

insonning  ongi  bilan  faoliyati  orasidagi  o'zaro  aloqadorlikni,  o‘zaro 

ta’simi  bilishda  nafaqat  onglilik,  balki  ongsizlik  ham  ishtirok  etishini 

e’tirof  etadi.

Fixte  «Men»  bilan  «Men  emas»  orasida  ziddiyat  mavjudligi, 

o‘sha  ziddiyat  inson  ongi  va  faoliyati  orasidagi  o‘zaro  aloqador­

lik,  o‘zaro  ta’sir  mexanizmi  o'zgarib  turishi  uchun  ichki  stimul 

berishini  isbotlab  berdi.  U  «Men»  bilan  «Men  emas»  oarsidagi 

o'zaro  aloqadorlik,  o'zaro  ta ’sir  mexanizmining  mohiyati  man- 

zarasini  quyidagicha  ta ’riflaydi.  Chunonchi:

331



1. «Men»  o'zining  mavjudligini  rasman  tasdiqlaydi  (tezis).

2. «Men»  «Men  emas»ning  mavjudligini  rad  etadi  (antitezis).

3. «Men»  «Men  emas»ning  mavjudligiga  iqror  bo'ladi  (sin- 

tez).


Fixtening  tushuntirishicha,  «Men  emas»  «Men»ga  o‘xshash 

yoki  uyqash  emas,  balki  u  inson  ongining,  ya’ni  «Men»ning 

mahsulidir.  Ushbu  holat  inson  atrofini  o‘rab  turgan  butun  olam 

inson  ongiga  bog'liq  emasligidan  dalolat  beradi.  «Men»  va  «Men 

emas»  haqida  fikr-mulohaza  yuritganda  falsafiy  fikrlash  madani- 

yatining  turli  qirralari,  bir  ibora  bilan  aytganda,  inson  o‘zligini 

ifodalovchi  dastlabki  subyekt  «Men»  haqida  so'zlaymiz.

Fixtening  inson  ongi  va  faoliyati  orasidagi  o'zaro  aloqador- 

lik,  o'zaro  ta’sir  haqida  fikr-mulohazalaridan  ko‘rinib  turibdiki, 

«Men»  «Men  emas»ni,  o‘z  navbatida,  «Men  emas»  «Men»ni 

vujudga  keltiradi.  Doimo  harakatda  bo‘lgan  bunday  g'ildirak  holatni 

tavsiflash  uchun  nemis  mutafakkiri  «intellektual  intuitsiya»  tus- 

hunchasini  falsafiy  muomalaga  kiritadi.

Intellektual  intuitsiya  insonning  aqliy  faoliyatiga  ichki  stimul, 

quw at  berib  turadi.  Intellektual  intuitsiya  inson  erkinligi  bilan 

bog‘liq.  Shuning  uchun  ham  Fixte  inson  erkinligining  holati, 

darajasini  aniqlash  —  falsafaning  eng  muhim  vazifalaridan  biri 

bo‘lmog‘i  lozim,  deb  hisoblaydi  va  inson  erkinligi  namoyon 

bo‘lishining  turli  ko‘rinishlarini  o‘zida  mujassamlashtiruvchi  sis- 

temani  yaratishga  kirishadi.  0 ‘zi  tuzib  chiqqan  ijtimoiy  siste- 

mani  «erkinlikning  dastlabki  sistemasi»,  deb  ataydi.  Ushbu  sis- 

tema  insonni  turli  ijtimoiy  zug‘umlardan,  ularning  quli,  cho'risi 

bo‘lish  kabi  yaramas  g‘ayriinsoniy  illatlardan  himoya  qiladi.

Fixtedagi  inson  erkinligi  muammolari  haqidagi  fikrlash  fran- 

suz  ma’rifatparvarlari  ta’sirida  hosil  bo‘lgan  edi.  Insonning  erkin­

lik  tomon  intilishi  zaruriyatga  asoslangan  amaliyot  natijasida 

sodir  bo'ldi.  Nemis  mutafakkirining  fikricha,  inson  erkinligi 

darajasini  kishilardagi  donishmandlikdan  emas,  balki  o‘sha  kishi 

faoliyat  ko‘rsatayotgan  tarixiy  davr,  tarixiy  shart-sharoitdan 

izlash  lozim.  Shuning  uchun  ham  odamlar  faoliyatidagi  xud- 

binlik,  ichi  qoralik  sabablarini  Germaniyadagi  ijtimoiy-iqti- 

sodiy  tuzumning  qoloqligidan  qidiradi.  Kishilar  insoniy  fazilat- 

lari,  xislatlarini  yanada  rivojlantirmoq  uchun  Germaniyadagi 

ijtimoiy  qoloqlikni  tugatish  zarur,  deb  hisoblaydi  va  mam-

332



lakatda  «biqiq  savdo  davlati»  barpo  etishga  qaratilgan  bir  qa- 

tor  takliflar,  loyihalar  ishlab  chiqadi.  Fixte  ishlab  chiqqan 

loyihada  Germaniya  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishining  o'ziga  xos 

xususiyatlarini  aniqlab  berish  bilan  birga,  nemislami  ilohiy- 

lashtirishga,  uni  boshqa  millatlardan  ustun  qo'yishga  qaratilgan 

ba’zi  mulohazalar  ham  bor  edi.

Insonning  aqliy  faoliyati  bilan  uning  onggi  orasidagi  o‘zaro 

aloqadorlik  muammolari  haqida  nemis  klassik  falsafasining  namo- 

yandalaridan  biri  Shelling  Fridrix  Vilgelm  Iozef1  ham  bir  talay 

fikr-mulohazalarni  bildirdi.  Shelling  ong  deganda  «intellektual  in- 

tuitsiya»  natijasi,  hosilasini  tushundi.  Lekin  uning  fikriga  ko‘ra, 

«intellektual  intuitsiya»  hamma  kishiga  xos  xislat  emas,  balki  mumtoz 

kishilaiga,  ayrim  talantli  odamlaiga  xosdir,  deb  tushuntirdi.

Insondagi  ong,  eng  awalo,  o‘z  zaruriyati  uchun  xizmat 

qiladi.  Ana  shu  ma’noda  inson  ongi  erkin  bo‘ladi.  Lekin  kishi- 

laming  erkin  fikrlashi  qandaydir  qonun  asosida  sodir  bo'ladi. 

Boshqacharoq  aytganimizda,  inson  erkin  fikrlashi  qandaydir 

qonuniyat  asosida  ro‘y  beradigan  jarayondir.  Shellingning  fikriga 

ko'ra,  xuddi  shu  jarayonda  ruh  bilan  tabiat,  subyekt  bilan 

obyekt,  erkinlik  bilan  zaruriyat  qo'shilib-qorilib  ketadi.

Shelling  ta’limotining  asosiy  mavzusi  —  bilish  jarayonidagi 

obyekt  bilan  subyekt  orasidagi  o'zaro  aloqadorlikni  o'rganishga 

qaratilgan.  Uning  tushuntirishicha,  bilish  jarayonida  obyekt  bi­

lan  subyekt  aloqadorligi  ayniyat  qonuni  asosida  sodir  bo‘ladi. 

Bu  qonunga  muvofiq  inson  aqliy  faoliyati  birlikdan  ko'plik  tomon 

siljib  boradi.  Ana  shu  jarayonda  inson  o‘zini  o‘zi  anglaydi.

Shelling  falsafasida  inson  erkinligi  muammolari  asosiy  o‘rin 

egallaydi.  Uning  «Inson  erkinligining  mohiyati  haqidagi  va  shu 

bilan  bog'liq  predmetlar  to ‘g‘risidagi  falsafiy  tadqiqot»  (1809-y.) 

asarida  xuddi  shu  muammoga  katta  e’tibor  berildi2.




Download 10,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish