Ruhiy-ma’naviy yetuklik tomon siljib borayotgan inson ha-
misha turli xavf-xatarlar, shubha-yu gumonlardan tezroq quti-
Iish umidi bilan yashaydi. Ana shu umid, ana shu orzu uning
ruhiy-ma’naviy barkamollik pillapoyalaridan dadil ko‘tarilishi
uchun qanot baxsh etadi. Ya’ni, rijo umidvorlik — ruhiy-ma’naviy
barkamollik jarayonining muhim alomatidir.
So‘fIylarning tushuntirishicha, ruhiy-ma’naviy yetuklik to
mon odimlab borayotgan inson o‘zining amaliy faoliyatida faqat
Parvardigorga tayanishi lozim. Turmushda uchrab turadigan
quvonchlar va tashvishlar, shodliklar va musibatlarning barcha-
sini Ollohning inoyati bilan sodir bo‘lgan deb tushunishi va
bunga qattiq ishonishi tavakkuldir. Tavakkul — o‘z navbatida
inson im on-e’tiqodi ifodasi hamdir.
Inson ruhiy-ma’naviy kamolotga yetishishi jarayonining eng
oxirgi bosqichi rizodir. Kamolotning ushbu bosqichiga ko‘tarilgan
inson, endi o‘z faoliyatida ilohiy qismatga zarracha e’tiroz
bildirmaydi. Barkamollikning bunday bosqichiga ko‘tarilgan kishida
g‘azab ham, hayajon ham, gina-yu kudrat ham, xafalik ham
so‘nib qoladi. So‘fiylar tili bilan aytganimizda, inson nafs
roziligidan chiqib, Haq roziligiga kiradi va rizo — uning ruhiy-
ma’naviy yetukligini ifodalovchi muhim belgidir.
Tariqat adabining ushbu to ‘qqiz talabiga diqqat bilan nazar
solsak, ushbu qoidalar orasida mustahkam dialektik aloqadorlik
mavjud ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Xususan, ushbu talab-
larga muvofiq, barkamollikka intilayotgan kishi, awalo, o‘zini
tiya bilishi, kam yeyishi, kam uxlashi, kam gapirishi, barcha
axloqsizliklardan chetda turishi, nafaqat o ‘z tanini, balki
ma’naviyatining ham pok bo‘lishiga erishishi, o‘zini ruhan chi-
niqtirishi, uzluksiz mutolaa qilishi, xotira va zehnini o ‘tkirlab
turishi, surunkali zikr orqali Ollohning muborak nomlarini qalbiga
joylashtirishi, uning qudratiga har tomonlama qalbdan iqror
bo‘lishi lozim. Xudo vasliga yetish orzusidagi har bir kishi
tariqat qoidalariga ko‘ra dunyo lazzatlari, hirs-u havaslaridan
voz kechib, jismi-jonini ruhiy qiynoqlar girdobiga solishi, bu
tun irodasi, fikr-u zikrini Olloh yodiga yo‘naltirishi darkor.
Tariqat adabining biz yuqorida sanab o‘tgan to ‘qqiz qoidasi
talablarini bajarish odat tusiga kira borishi bilan insonda o ‘zini
222
o‘zi cheklash, ya’ni musohaba va o'zini o‘zi kuzatish, ya’ni
muroqaba, shuningdek, o‘z faoliyatini uzluksiz nazorat qilish
malakasi hosil bo‘ladi. Shu tufayli, uning ma’naviyatida ham,
ruhiyatida ham jiddiy o‘zgarish ro‘y beradi. Oqibatda, barkamollik
tomon intilayotgan kishida Ollohning ilohiy jamoli haqida tasav-
vur hosil bo‘ladi. Bunday ilohiy tasawurdan shogird qalbi zavq-
shavqqa to ‘ladi, qalbi Olloh mehri bilan to ‘lib-toshadi. Ruhiy-
ma’naviy barkamollik tomon intilayotgan shogirdning har bir
harakati ustoz tomonidan uzluksiz nazorat qilinishi, undagi
ruhiy-ma’naviy o‘zgarishIar rag‘batlantirib borilishi kerak.
Tasawufiy adabiyotlarda1 ta ’kidlanishicha, tariqat adablarini
o‘zlashtirish murakkab jarayon bo‘lib, pastdan yuqoriga qarab
boruvchi ikki qismdan iborat bo‘ladi. Birinchi qism «maqomat»
deb atalsa, ikkinchi qism «hoi» deb yuritiladi. «Maqomat»dagi
o‘zgarishlarni ifodalovchi bir necha ko‘rsatkichlar bo‘lganidek,
«hol»da bo‘ladigan siljishlarni ifodalovchi ham bir necha
ko‘rsatkichlar mavjud bo‘ladi.
Inson ruhiyatida bo‘ladigan o‘zgarishlarni quyidagi yetti
ko‘rsatkich ifodalaydi: «qurb», «muhabbat», «shavq», «uns»,
«mujohida», «mushohida», «mukoshifa».
«Qurb» — inson ruhiyatida bo‘ladigan o‘zgarishlaming dast
labki holatidir. Ushbu holat shogirdning Tangri taologa yaqin-
lashib borayotganini, Xudo vaslini bevosita seza boshlaganini
ifodalasa, «muhabbat» qalbda sodir bo'lgan kuchli tug‘yon,
betoqatlik va bezovtalik, Tangri tomon bo'lgan intilish, talpi-
nishni anglatadi. «Shavq» muhabbatning zo‘rayib borayotganli-
gidan dalolat bersa, «uns» Xudo mehriga, shafqatiga ko'nikish,
odatlanish malakasini ifodalaydi.
«Mujohida» — turli nafslarni chegaralay olish, jilovlay bi
lishga bo'lgan intilishning holati, bu borada insonning o‘z ta-
niga, jismiga ko'rsatgan ta ’siri, ma’naviyatining his-tuyg‘u usti
dan hukmronligini ta ’minlash uchun olib borgan shiddatli jan-
gi (jihod) va o‘sha kurashda g'olib chiqish san’atidir. Ana shun
day ruhiy jang-u jadallardan keyingina shogird Xudo jamolini
mushohada eta boshlaydi. Mushohada qilish jarayonida inson bilan
Do'stlaringiz bilan baham: